You are here

Investitsiyalarni sug‘urtalash

«UZBEKINVEST INTERNATIONAL INSURANCE Co.» sug‘urta kompaniyasi

Xorijiy banklar va kompaniyalar tomonidan investitsiya loyihalarini hamda tashqi savdo shartnomalarini moliyalashtirilishi uchun  qulay shart-sharoitlarni yaratish hamda O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining ustuvor yo‘nalishlariga xorijiy investitsiyalarni jalb etilishini ragbatlantirish  maqsadida «O‘zbekinvest» EIMSK yirik moliyaviy guruh «Amerikan Interneshnld grupp» (AIG) bilan birgalikda 1995 yilda «O‘zbekinvest Interneshnl» qo‘shma kompaniyasi tashkil etildi.

Siyosiy qaltisliklar sohasidagi jahon sug‘urta bozorining markazi bo‘lgan London shaxrida joylashgan va 100 mln. AQSH dollari kapitaliga ega (80%- «O‘zbekinvest», 20%-AIG) «O‘zbekinvest Interneshnl» mavjud xususiy qo‘shma sug‘urtalash kanallarini hisobga olgan holda bozordagi yirik kapital qo‘yilmalarini sug‘urtalash bo‘yicha keng imkoniyatlarga ega.

Mamlakatning iqtisodiy, huquqiy va ma’muriy rivojlanishi va O‘zbekiston investitsiya iqlimini yaxshilash maqsadida kompaniya qo‘yidagi sug‘urta turlarini taklif etadi:

 

Investitsiyalarni sug‘urtalash

Musodara, ekspropriatsiya, milliylashtirish, urush, fuqarolar tartibsizliklari, xorijiy hamkor yoki mamlakatga nisbatan tanlab kamsitish, eksport/import embargosini joriy etilishi, litsenziyasi chaqirtirib olinishi, Hukumat kafolatining chaqirtirib olinishi, Hukumat bitimining bekor qilinishi., dividendlarni o‘tkazilishi mumkin bo‘lmay qolishi.

 

Asosiy qaltisliklar:

• Musodara

• Ekspropriatsiya

• Milliylashtirish

• Olib qo‘yish

 

 

Qo‘shimcha qaltisliklar:

• Tanlab qamsitish

• Zo‘rlab olib qo‘yish

• Eksport / import embargosi

• Litsenziya chaqirtirib olinishi

• Valuta konvertatsiya qilinmasligi

• Urush, fuqarolar tartibsizliklari

• Hukumat bitimining bekorn qilinishi

• Hukumat kafolatining chaqirtirib olinishi

 

Savdo va kreditlarni sug‘urtalash

Shartnoma bekor qilinishidan sug‘urtalash

Sug‘urtaning mazkur turi xorijiy hamkorni quyidagi qaltisliklarga ko‘ra o‘zbek tomoni o‘z shartnoma majburiyatlarini bajarmasligidan sug‘urtalaydi: urush, fuqarolar tartibsizliklari, g‘alayon, eksport/import embargosi, litsenziyani chaqirtirib olinishi, Hukumat kafaolitini chaqirtirib olinishi, tomonlar o‘z majburiyatlarini bajarishlariga to‘sqinldik qiluvchi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini kiritilishi.

 

Asosiy qaltisliklar:

• Shartnomani bir tomonlama bekor qilinishi

• Shartnoma bo‘yicha to‘lovni amalga oshirmaslik

 

Qo‘shimcha qaltisliklar:

• Eksport/import embargosi

• Litsenziyani chaqirtirib olinishi

• Urush, fuqarolar tartibsizliklari

• Valutaning o‘tkazilishi

• Hukumat kafolati

 

Kafolatni noqonuniy talab etilishi

Sug‘urtaning mazkur turi bo‘yicha shartnoma shartlarini bajarilmasligi harbiy harakatlar yoki mamlakat hukumatining litsenziyani bekor qilinishi, eksport/importga embargo joriy etilishi, qonun hujjatlarni o‘zgarishi kabi harakatlari natijasida kelib chiqqan bo‘lsa.  shartnomaga muvofiq kafillik yoki kafolat bo‘yicha to‘lovni noqonuniy talab qilinishi natijasida yetkazilgan zararlarni qoplanadi.

 

Asosiy kaltisliklar:

• Hukumat xaridori kafolatni noqonuniy talab qilishi

Qo‘shimcha qaltisliklar:

• Urush, fuqarolar tartibsizliklari

• Eksport/import embargosi

• Qonun hujjatlarining o‘zgarishi

 

Toshkentdagi bog‘lanish telefonlari:

Eksport qaltisliklari va investitsiyalarni sug‘urtalash departamenti

 

Tel. 235-92-30

e-mail: export@uzbekinvest.uz

 

 

«O‘zbekinvest Interneshnl» QK bog‘lanish (London sh.):

Manzil:  8 th Floor, AIG Building, 58 Fenchurch str., London EC3M 4 AB

 

Telefon:      +44 (0207) 95 48 397

Faks:   +44 (0207) 95 48 872

E-mail:   uzbekistan.London@aig.com

Web-site: www.uzbekinvest-london.com