You are here

IXTIYORIY TIBBIY SUG‘URTA

Sug‘urta himoyasi

Tibbiy dastur (Tibbiy dastur – siz tanlaydigan xizmatlar ro‘yxati) va sug‘urta puli doirasida o‘tkir kasallik, surunkali kasallikning xuruji, jarohat, zaharlanish, baxtsiz hodisa yuz berganda ko‘rsatilgan xizmatlar uchun Sug‘urta kompaniyasi bilan hamkorlik qiluvchi tibbiyot muassasalariga xarajatlar qoplab beriladi.

Asosiy istisnolar

Sug‘urtalangan shaxs tibbiyot muassasasiga quyidagilar munosabati bilan murojaat etganda ko‘rsatilgan tibbiy xarajatlar qoplanmaydi:

- alkogol, giyohvand yoki toksik moddalrdan mast bo‘lish holatida olingan jarohatlar;

- o‘ziga-o‘zi qasddan jarohat yetkazsa, o‘zining fuqarolik burchini ado etayotganda yoki uchinchi shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i va sha’nini himoya qilayotganda olingan jarohatlar bundan mustasno;

- shish tabiyatli onkologik kasalliklar, ularning asoratlari, qonning shish tabiyatli  kasallanishi;

- tanosil kasalliklari, OIT-infeksiyasi va uning asoratlari;

- qandli diabet (1 va 2 turi);

- homilador bo‘lish, bola tug‘ilishi va ular bilan bog‘liq asoratlar;

- gemodializ talab etiladigan surunkali jigar yetishmovchiligi;

- organlarning trasnplatatsiyasini talab etuvchi tana a’zolarining va to‘qimalarining kasalliklari;

- kosmetik va/yoki plastik jarrohlik.

Sug‘urta shartnomasida boshqa istisnolar ham nazarda tutilishi mumkin.

 

To‘lov tartibi

Tibbiy yordam olish zaruriyati tug‘ilsa, sug‘urtalangan shaxs tegishli tibbiyot muassasasiga yuborilishi uchun polisda ko‘rsatilgan telefon orqali Dispetcherlik markaziga murojaat qilishi lozim. Tibbiy xarajatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri tibbiyot muassasasiga to‘lab beriladi.

Batafsil ma’lumotlarni «O‘zbekinvest Hayot» sug‘urta kompaniyasining saytidan olishingiz mumkin: www.uzhayot.uz.

Bizning telefonlarimiz:

2359243, 2359280, 2359285

e-mail: hayot@uzbekinvest.uz