You are here

Mol-mulkni sug‘urtalash

(asosiy shartlar)

Sug‘urta himoyasi

 

Mol-mulkning suv toshqini, bo‘ron, dovul, jala quyishi, do‘l, ko‘p qor yog‘ishi, ag‘darilish, yer cho‘kishi, ko‘chki, yer osti suvlarining ta’siri, yong‘in, portlash, o‘g‘irlik, uchinchi shaxslarning noqonuniy harakatlari oqibatida kutilmagan jismoniy yo‘kotish yoki shikastlanish natijasida zararlanishi qoplanadi

Mazkur sug‘urta mahsuloti bilan sug‘urtalanishi mumkin bo‘lgan mol-mulk

Ushbu sug‘urta quyidagilarga tadbiq etilmaydi:

- pul belgilari, oltin quymalari, tangalar, cheklar, markalar, qimmatbaho toshlar, san’at asarlari, antikvar buyumlar, qimmaitli qog‘ozlar, obligatsiyalar;

- transport vositalari, harakatlanadigan temir yo‘l tarkibi, havo va suv kemalari va vositalari;

- hayvonlar, qushlar, baliqlar va boshqa tirik mavjudodlar;

- o‘rmon va boshqa o‘simliklar;

- yer, ko‘priklar, kanallar, yo‘llar, tunnellar, temir yo‘l liniyalari (agar ular sug‘urta qildiruvchining binolarida joylashmagan bo‘lsa), dambalar yoki rezervuarlar (sisternalardan tashqari) va ularning ichidagilari.

 

Asosiy istisnolar

 

Quyidagilar natijasida mol-mulk yo‘kolsa yoki zararlansa, qoplama to‘lanmaydi:

- kuya, parazitlar, termitlar yoki boshqa hasharotlar, tabiiy kamchiliklar, yashirin nuqsonlar, tabiiy eskirish, kasallanish, zanglash, quruqlik va namlik natijasida yemirilish, mog‘orlash, atmosfera namligi natijasida, smog yoki havo harorati ta’sirida zararlanish yoki nobud bo‘lish;

- mol-mulkka ishlov berish, yangilash yoki ta’mirlash,

- nuqsonli loyiha, materiallar yoki bajarilgan ish,

- quritish, parlanish, og‘irlikni yo‘qotish, yorug‘likka ta’sirchanlik, rangi, tekstura yoki ta’mi  o‘zgarishi,

- elektr asbob-uskunalari, simlari ishlashining buzilishi.

 

Shartnomada boshqa istisnolar nazarda tutilishi mumkin.

 

Franshiza

Franshiza (shartsiz) – zararning qoplanmaydigan qismi. Franshiza miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, siz bizning xizmatlarimiz uchun shuncha kam to‘laysiz. Qoplama to‘layotganda franshiza undan chegirib qolinadi.

 

Qoplama tartibi

mol-mulk yo‘kolsa yoki nobud bo‘lsa – franshizani chegirib qolgan holda sug‘urta puli chegarasida zararlangan mol-mulkning sug‘urta shartnomasini tuzish paytidagi haqiqiy qiymatida;

mol-mulk zararlanganda – franshizani chegirib qolgan holda sug‘urta puli chegarasida tiklash xarajatlari miqdorida.

 

IPOTEKANI SUG‘URTALASH

(asosiy shartlari)

 

Sug‘urta himoyasi

Quyidagi hollarda zarar qoplanadi:

- ipoteka obyektining yo‘kolishi, nobud bo‘lishi yoki zararlanishi;

- ipoteka obyektiga egalik qilish, undan foydalanish, uni idora qilish natijasida uchinchi shaxslarning mol-mulki va/yoki hayoti, sog‘lig‘iga zarar yetishi;

- ipoteka obyektiga egalik qilish huquqini yo‘qotish natijasida undan mahrum bo‘lish;

- uchinchi shaxslar oldidagi javobgarlik va mulkdorlik huquqi yo‘qotilishi yuzaga kelganda huquqiy himoya bilan xarajatlar.

 

Asosiy istisnolar

Agar ipoteka obyekti quyidagilar natijasida zararlansa yoki yo‘kotilsa qoplama to‘lanmaydi:

- kuya, parazitlar, termitlar yoki boshqa hasharotlar, tabiiy kamchiliklar, yashirin nuqsonlar, tabiiy eskirish, kasallanish, zanglash, quruqlik va namlik natijasida yemirilish, mog‘orlash, atmosfera namligi natijasida, smog yoki havo harorati ta’sirida zararlanish yoki nobud bo‘lish;

- mutasaddi idoralar yozma roziligisiz tuzilma va planirovkaning o‘zgartirilishi;

- mol-mulkni tushuntirilmagan holda qisman yoki butunlay yo‘kolishi;

- zanglash, chirish, o‘zidan-o‘zi yonish yoki predmetlarning boshqa tabiiy xususiyatlari;

- mol-mulkni xato loyixalashtirilishi;

- o‘zgartirilishi, ta’mirlanishi yoki nuqsonli materialni yoki kamchiliklarni bartaraf etilishi;

 

shuningdek quyidagilar qoplanmaydi:

- O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini buzganlik uchun mol-mulkni musodara etilishi natijasida ko‘rilgan bevosita yoki bilvosita zaralar;

- shartnoma majburiyatlarini bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik uchun yuzaga kelgan javobgarlik, shuningdek oldi-sotdi operatsiyalarni amalga oshirishda yuzaga kelgan javobgarlik;

- suv toshishi va/yoki santexnika tizimlari yorilishi natijasida yuzaga kelgan zararlar;

- sud amaliyotlari natijasida daromad, foyda, yo‘kotilishi bilan bog‘liq xarajat va zararlar;

- kreditlar bo‘yicha foizlar;

- jarima, penya, neustoykalar.

 

Shartnomada boshqa istisnolar nazarda tutilishi mumkin.

 

Franshiza

Franshiza (shartsiz) – zararning qoplanmaydigan qismi. Franshiza miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, siz bizning xizmatlarimiz uchun shuncha kam to‘laysiz. Qoplama to‘layotganda franshiza undan chegirib qolinadi.

 

Qoplama tartibi

Mol-mulk nobud bo‘lganda yoki zararlanganda – franshiza pulini chegirib qolgan hrlda  sug‘urta pulidan oshmagan tiklash xarajatlari miqdorida.

Uchinchi shaxslar oldidagi javobgarlik yuzaga kelganda – kelishuv bitimi bilan yoki  sud qarori bilan belgilangan sug‘urta pulidan oshmagan miqdorda.

 

Mulkdorlik huquqi tugatilishi natijasida mol-mulkdan mahrum bo‘lganda:

- Sug‘urtalanuvchining nomiga mol-mulkni qayta rasmiylashtirish xarajatlari miqdorida va/yoki

- agar yo‘qotilgan mulkdorlik huquqini to‘lik tiklashning imkoni bo‘lmaganda sug‘urta pulidan oshmagan holda ko‘rilgan zarar miqdorida.

 

Huquqiy himoya bilan bog‘liq xarajatlar:

- sud aktlari bilan bog‘liq pochta xarajatlari;

- sud tayinlagan tekshiruvni o‘tkazish uchun to‘lanadigan pullar;

- guvohlarni chaqirtirish, voqea joyida isbotlarni ko‘rikdan o‘tkazish xarajatlari;

- huquqni himoya qilish bo‘yicha advokat uchun xarajatlar;

- mutaxassislar, guvoxlar va tarjimonlarning izmatlari uchun pullar va ularning xizmat vazifalaridan tashqari holatda sudga kelishlari uchun xarajatlar;

- sud tomonidan belgilangan ishni sudda ko‘rib chiqish bilan bog‘liq davlat boji.

 

ELEKTRON USKUNALARNI SUG‘URTALASH

(asosiy shartlar)

 

Sug‘urta himoyasi

 

Quyidagilar qoplanadi:

- elektron uskuna yo‘qotilishi yoki zararlanishida ko‘rilgan zararlar,

- elektron uskuna yo‘qotilishi yoki zararlanishidan avvalgi kunlik o‘rtacha daromadning kamayishi,

- tashqi axborot saqlovchi vositalardagi (disketa, magnit lentalar, kompakt disklar, zip-disklar.yu lazer disklar) axborotlarni va ularning o‘zini tiklash xarajatlari.

 

Asosiy istisnolar

Quyidagilar qoplanmaydi:

- sug‘urta kompaniyasi tomonidan o‘rnatilgan plombasi shartnoma bo‘yicha qoplanmaydigan qaltislkilar natijasida shikastlangan elektron uskunaga yetkazilgan zararlar,

- shartnomada ko‘rsatilmagan qismlarning (asosiy plata, tovush va/yoki video karta, ichki modem, CD-Rom, CD-writer, disk qurilmasi, monitor, klaviatura, sichqon va boshqalar) yaroqsizlanishi, zararlanishi yoki nobud bo‘lishi;

kuya, zararkunandalar, termitlar yoki boshqa hashorotlar, tabiiy kamchiliklar, yashirin nuqsonlar, tabiiy ravishda eskirib borish, virus yuqishi, zanglash, quruqlik va namlik natijasida yemirilish, mog‘orlash, atmosfera namligi natijasida, chang-tutun yoki ob-havoning harorati ta’sirida zararlanish, nobud bo‘lish yoki shikastlanish;

elektron uskuna ishlab chiqaruvchisining va/yoki sotuvchisining amaldagi kafolati bo‘lgan elektron uskuna yoki uning qismlarining buzilishi, zararlanishi yoki nobud bo‘lishi, agar ushbu kafolatlar yetkazilgan zararni qoplasa;

- test, tajriba o‘tkazish yoki boshqa profilaktika ishlari oqibatida kelib chiqqan yo‘qolish, zararlanish yoki nobud bo‘lish;

- Sug‘urtalanuvchiga ma’lum bo‘lgan nuqson yoki kamchiliklar oqibatida kelib chiqqan, bu Kompaniyaga ma’lum yoki noma’lum bo‘lganligidan qatyiy nazar, yo‘qolish, zararlanishi yoki nobud bo‘lishi;

- dasturlashda, ma’lumot kiritishda, belgilashda, ma’lumotni o‘chirishda xato qilishi yoki ehtiyotkorsizligi oqibatida yaroqsizlanishi, zararlanishi yoki nobud bo‘lishi, shuningdek axborotning magnit maydonlari va viruslar ta’sirida zararlanishi;

- elektron uskunaning elektr toki bilan uzluksiz ta’minlovchi qurilmaga (elektr toki kuchlanishining stabilizatoriga) ulanmaganligi natijasida elektr kuchlanishining pasayishi yoki ko‘tarilishi ta’sirida zararlanishi yoki nobud bo‘lishi;

- elektron uskuna ishlab chiqaruvchisining va/yoki sotuvchisining amaldagi kafolati bo‘lgan elektron uskuna yoki uning qismlarining buzilishi, zararlanishi yoki nobud bo‘lishi, agar ushbu kafolatlar yetkazilgan zararni qoplasa;

- terrorchilik harakatlari, har qanday harbiy harakatlar oqibatida elektron uskunaning yaroqsizlanishi, zararlanishi yoki nobud bo‘lishi;

- soliqlar yoki soliq stavkalaridagi, soliqqa tortish bazasidagi o‘zgarishlar.

- Sug‘urtalanuvchiga amaldagi qonunchilikka muvofiq yuklatilgan jarimalar, penyalar va boshqa shu kabi to‘lovlar.

- amaldagi qonunchilik yoki litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib qo‘yish oqibatida amalda bo‘lgan qonunchilikni buzish yoki litsenziya amal qilishining to‘xtatib qo‘yilishi bilan bog‘liq bo‘lgan holatlarda biznesni bekor qilish, yo‘q qilish, to‘xtashi.

Shartnomada boshqa istisnolar nazarda tutilishi mumkin.

 

Franshiza

Franshiza (shartsiz) – zararning qoplanmaydigan qismi. Franshiza miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, siz bizning xizmatlarimiz uchun shuncha kam to‘laysiz. Qoplama to‘layotganda franshiza undan chegirib qolinadi.

Qoplama tartibi

elektron uskunalar yo‘kotilganda (to‘liq nobud bo‘lganda yoki o‘girlanganda) – sug‘urta qoplamasi sug‘urta pulidan franshizani chegirib qolish yo‘li bilan hisoblanadi;

elektron uskunalar zararlanganda (qisman buzilganda) – sug‘urta qoplamasi tiklash xarajatlaridan franshizani chegirib qolgan holda hisoblanadi.

daromad kamayganda - Qoplash davri chegarasida Kutish davri tugaganidan so‘ng olingan kundalik daromadni elektron uskunaning doimiy turish joyiga tiklash va doimiy turar joyiga o‘rnatish kuniga qadar bo‘lgan har bir kun bo‘yicha hisoblangan kundalik o‘rtacha daromaddan chegirib tashlash yo‘li bilan aniqlanadigan summa miqdorida. Kutish davri tomonlarning kelishuviga binoan belgilanadi.

ma’lumotlar va/yoki ularning saqlovchi vosita yo‘qolsa yoki zaralansa - ma’lumot saqlovchi tashqi vositalardagi (disketlar, magnit lentalar, kompakt disklar, zip-disklar, lazer disklardagi) yo‘qotilgan yoki zararlangan ma’lumotlarni Sug‘urtalanuvchiga berilgan hisob bo‘yicha tiklash xarajatlari miqdorida, shuningdek, uskunani tiklash ishlari bajariladigan joyga eltish va uni doimiy foydalanish yoki turish joyiga qaytarishga sarflangan xarajatlar

Sug‘urta xizmatlarini rivojlantirish departamenti Sizning xizmatingizga muntazir

Tel. 2357801, 2357802

e-mail: center@uzbekinvest.uz