You are here

Qurilish-montaj qaltisliklarini sug‘urtalash

(asosiy shartlar)

Sug‘urta himoyasi

Mazkur sug‘urta bo‘yicha quyidagilar qoplanadi:

- qurilish ishlari mobaynida mol-mulkning yo‘qolishi yoki zararlanishi natijasida ko‘rilgan ziyon;

- sug‘urta joyi yoki unga bevosita tutash hududda qurilish ishlarini amalga oshirish oqibatida uchinchi shaxslarning hayoti, sog‘lig‘iga zarar yetkazganlik uchun fuqarolik javobgarligi kelib chiqishi natijasida ko‘rilgan zarar;

- qurilish ishlari mobaynida mol-mulk yo‘kolishi yoki zaralanishida hududlarni tozalash xarajatlari.

 

Asosiy istisnolar

Quyidagilar sababli mol-mulk yo‘qolishi yoki zararlanishi qoplanmaydi:

- qurilish obyektida sug‘urta foydasiga tuzilgan shaxslarga yoki ularning vakillariga sug‘urta hodisasidan avval ma’lum xato, kamchiliklar yoki nuqsonlar;

- ishlarni loyiha-smeta hujjatlarida ko‘rsatilmagan holatda qisman yoki umuman to‘xtatilishi;

- zanglash, chirish, tabiiy eskirish, o‘zidan-o‘zi yonish yoki alohida predmetlarning tabiiy xususiyatlari;

- qurilish mashinalari va mexanizmlarning tashqi omillar ta’sirsiz ichki buzilishi;

- inventarizatsiya natijasida aniqlangan zararlar;

- yer, yonuvchan va moylovchi materiallar, kmiyoviy moddalar, sovituvchi suyuqliklar va sug‘urtalangan obyekt tomonidan ishlab chiqarilgan boshqa yordamchi materiallar (sug‘urtalangan qurilish obyektlari uchun zarur bo‘lganlaridan tashqari), qimmatbaho materiallar, toshlar, san’at asarlari, qimmatli qog‘ozlar, hujjatlarning zararlanishi hamda inventarizatsiya mobaynida yetkazilgan yoki yo‘kotilgan foyda yoki shartnoma bo‘yicha jarima kabi bilvosita zararlar;

- pudratchi(lar)ning, buyurtmachining yoki qurilish ishlarini amalga oshirayotgan boshqa firmaning xodimlari yoki ishchilari tan jarohati olishi yoki kasal bo‘lishi;

- pudratchi(lar), buyurtmachi yoki qurilish ishlarini amalga oshirayotgan boshqa firmaga qarashli, uning qaramog‘ida bo‘lgan, unda saqlanayotgan yoki u nazorat qilayotgan mol-mulkni nobud bo‘lishi yoki zararlanishi natijasida uchinchi shaxslar oldidagi javobgarligini yuzaga kelishi;

- yo‘llarda foydalanish uchun ruxsat etilgan trasnport vositalari, suzuvchi voistalar yoki samolyotlar tomonidan kelib chiqqan baxtsiz hodisalar;

 

Sug‘urta shartnomasida boshqa istisnolar ham ko‘rsatilishi mumkin.

 

Franshiza

Franshiza (shartsiz) – zararning qoplanmaydigan qismi. Franshiza miqdori qanchalik katta bo‘lsa, Siz bizning xizmatlarimiz uchun shunchalik kam to‘lasiz. Franshiza hisoblangan zarar pulidan chegirib qolinadi.

 

To‘lov tartibi

Mol-mulk nobud bo‘lsa (yo‘qolsa) – franshizani chegirib qolgan holda sug‘urta shartnomasini tuzilgan paytdagi haqiqiy qiymati miqdorida, mol-mulk zilzila, vulqon, sunami, bo‘ron, siklon, cho‘kish, suv toshqini, ko‘chki natijasida nobud bo‘lishi bundan mustasno.

Mol-mulk zararlanganda – franshizani chegirib qolgan holda uni tiklash xarajatlari miqdorida,  mol-mulk zilzila, vulqon, sunami, bo‘ron, siklon, cho‘kish, suv toshqini, ko‘chki natijasida zararlanishi bundan mustasno.

Sug‘urta xizmatlarini rivojlantirish departamenti xizmatingizga muntazir

Tel. 235-78-01, 235-78-02

e-mail: center@uzbekinvest.uz