You are here

STOMATOLOGIK XIZMATLAR UCHUN XARAJATLARNI SUG‘URTALASH

Sug‘urta obyekti bo‘lib Sug‘urtalangan shaxsga ko‘rsatilgan stomatologik xizmatlar uchun xarajatlar bilan bog‘liq Sug‘urta qildiruvchining/Sug‘urtalangan shaxsning mulkiy manfaatlari hisoblanadi.

Sug‘urta xodisasi bo‘lib Sug‘urtalangan shaxsning tishlari yoki og‘iz bo‘shlig‘idagi quyidagilarga olib kelgan jarohati va/yoki kasallanishi hisoblanadi:

3.1.1. flyuoroz;

3.1.2. giperesteziya;

3.1.3. tishlarning travmatik jarohatlanishi;

3.1.4. yuzaki kariyes – faqat to‘qimaning emaliga yetkazilgan zararlar, dentin va/yoki dentinning qatta qismi buzilishiga olib kelgan o‘rtacha va  chuqur kariyes bundan mustasno;

3.1.5. pulpa tomirlarining  kasallanishi;

3.1.6. pulpa nekrozi;

3.1.7. pulpit;

3.1.8. parodontopatiya;

3.1.9. gingivit;

3.1.10. jarohat natijasida kataral gingivit;

3.1.11. jarohat natijasidagi stomatit.

26.06.2014