Jismoniy shaxslar uchun

chop etish versiyasi

Oilaviy tibbiy sug‘urta polisi bo‘yicha sug‘urta muddati mobaynida o‘tkir kasallanganda, jarohat olganda, muzlaganda, kuyganda hamda siz yoki oila a’zolaringiz boshqa kasallikka uchraganda tibbiy yordam olishingiz mumkin.

Tezkor xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash uchun siz uzluksiz assistans xizmatiga sug‘urta polisida ko‘rsatilgan telefoni orqali murojaat etishingiz lozim. Asistans xizmati sizni yoki sizning qarindoshingizni tegishli tibbiyot muassasasiga yuboradi yoki tez kasalxonaga olib borishni tashkil qiladi.

Sizga va sizning yaqinlaringizga ko‘rsatilgan barcha xizmatlar uchun xarajatlarni biz to‘lab beramiz.

Sug‘urta polisini sotib olsangiz, Siz o‘zingizni tabiiy ofatlar, yong‘in, portlash, santexnika, isitish, oqava suvlar tizimlarining avariyasi, transport vositalarining urib ketishi natijasida yetkazilgan zararlar bilan bog‘liq kutilmagan xarajatlardan himoyalaysiz. Bundan tashqari sug‘urta puli chegarasida sugurtalangan mol-mulkdan foydalanish natijasida, masalan, qo‘shni uyiga suv toshtirib yuborganda uchinchi shaxslarning hayoti va sog‘ligi va/yoki mol-mulkiga zarar yetishi sababli fuqarolik javobgarligi qoplab beriladi. Bunda siz qaltisliklar, franshiza turi va miqdorini (zararning siz tarafingizdan qoplanadigan qismi) va fuqarolik javobgarligini sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta pulini o‘zingiz tanlaysiz.

Avtotransport vositasini birinchi qaltislikgacha sug‘urtalash polisi bo‘yicha sizning avtomobilingizning qismlariga YTH, tabiiy ofatlar, yong‘in, portlash, predmetlar zarbasi, uchuvchi vositalarning qulashi va uchinchi shaxslarning noqonuniy harakatlari natijasida zararlanishidan sug‘urta himoyasi taqdim etiladi.

«Birinchi qaltislikkacha» sharti sug‘urta qoplamasi sug‘urta puliga teng yoki undan kamligidan qat’iy nazar bizning majburiyatlarimiz bitta hodisa bo‘yicha to‘lovni amalga oshirgandan so‘ng to‘xtatiladi. Sug‘urtalayotganda siz qaltisliklar, franshiza turi va miqdorini (zararning siz tarafingizdan qoplanadigan qismi) va fuqarolik javobgarligini sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta pulini o‘zingiz tanlaysiz, biz esa sug‘urta pulining eng kam miqdorini belgilaymiz (avtotransport vositasining 20 foizi miqdorida). Shu sababli siz sug‘urta xizmatini avtomobilning to‘liq narxidan hisoblanganidan ko‘ra kamroq bahoda sug‘urtalash imkoniga ega bo‘lasiz.

Sizning avtotransport vositangizga yetkazilgan zararlar sug‘urta pulining 3 foizidan oshmasa, sug‘urta hodisasini tergov qilishga vakolati bor organlarning ma’lumotnomalarini taqdim etilishi shart emas.

Mazkur sug‘urta turi bo‘yicha Siz o‘zingiz yoki oila a’zolaringiz bilan sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kutilmagan xarajatlardan himoyalaninshingiz mumkin. Baxtsiz hodisa sodir bo‘lsa, Sizda dispetcherlik xizmatiga murojaat etish imkoniyati va tibbiy yordam olish yoki olingan jarohatning og‘irlilik darajasidan kelib chiqib sug‘urta pulining foizida kompensatsiya to‘lovini olish imkoniyati mavjud. Siz oilangiz uchun umumiy sug‘urta pulini tanlab, barcha oila a’zolaringiz ushbu pul chegarasida sug‘urtalashingiz mumkin. Bu polisni har bir oila a’zosiga alohida sug‘urta puli o‘rnatilmaganligi sharti bilan ancha arzon bo‘lishiga olib keladi.