You are here

Kompaniya Axborot xizmati

Ma’lum voqealar (sug’urta hodisasi) yuz berganda jismoniy va yuridik shaxslarining mulkiy manfaatlari himoyasi bo’yicha munosabatlarni sug’urta tartibga soladi.

«O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug’urta kompaniyasi mamlakatimizda maqbul narxlardagi yuqori sifatli sug’urta xizmatlarini taqdim etish orqali O‘zbekiston Respublikasi sug’urta bozorini rivojlanishiga ko’maklashmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 22 sentabrdagi «Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining jamoatchilik bilan aloqalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 203-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida, «O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug’urta kompaniyasining 2013 yil 10 yanvardagi Nizomiga asosan Axborot xizmati tashkil etilgan.

Bu borada «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi»ga muvofiq ishlab chiqilgan va 2014 yil 5 mayda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari ochiqligi to’g’risida»gi Qonuni katta ahamiyatga ega bo’ldi.

Kompaniya Axborot xizmati tomonidan yurtimizning barcha ommaviy axborot vakillari uchun axborot ochiqligi ta’minlangan bo’lib, «Xizmatda foydalanish uchun» va «Maxfiy» ma’lumotlardan tashqari so’ralgan barcha turdagi axborotlar yuzasidan ma’lumotlarni etkazish yo’lga qo’yilgan.

 

«O‘zbekinvest» eksport-import milliy sugurta kompaniyasi Axborot xizmati quyidagilar uchun mas’ul:

- Kompaniya axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirish;

- Milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida Kompaniyaning asosiy faoliyati, shuningdek, mamlakat tashqi iqtisodiy va sug’urta sohasidagi muhim davlat dasturlarining bajarilishida Kompaniya faoliyati bo’yicha informatsion materiallar chop etilishni ta’minlash;

- Kompaniyaning rasmiy www.uzbekinvest.uz saytiga sug’urta sohasiga oid yangiliklar, Kompaniya faoliyati bilan bog’liq ma’lumotlarni joylashtirish va muntazam ravishda yangilab borish.

«O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi Axborot xizmati yurtimizdagi barcha ommaviy axborot vositalari bilan yaqin ijodiy hamkorlik qilishga tayyor!

 

Bog'lanish uchun ma'lumotlar:

 

«O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi Axborot xizmati yetakchi mutaxassisi

Norov Ortiqxo’ja Isroilovich

Aloqa uchun telefon: 

(8-371) 120-03-53 
Faks: (8-371) 120-03-53

e-mail: 

site-admin@uzbekinvest.uz

Funktsiyalari va vazifalari

 

«O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug’urta kompaniyasi Axborot xizmati o’z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarorlari, Farmonlari va Vazirlar Mahkamasi Qarorlari, Kompaniya Ustavi, shuningdek boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga va Kompaniyaning ichki idoraviy hujjatlariga amal qiladi.

 

Ахборот xizmati zimmasiga yuklatilgan vazifalar asosida «O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi tarkibiy tuzilmalari, hududiy filiallari, maxsuslashtirilgan sho’ba korxonalar hamda respublikaning boshqa vazirliklari va idoralari bilan hamkorlikda o‘z faoliyatini yuritadi.

 

Axborot xizmatining asosiy vazifalari

Quyidagilar Axborot xizmatining asosiy vazifalari hisoblanadi:

«O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi tarkibiy tuzilmalari, hududiy filiallari, maxsuslashtirilgan sho’ba korxonalari faoliyati to‘g‘risida, shuningdek sug’urta sohasidagi yangiliklar va o‘zgarishlarni jismoniy va yuridik shaxslarga ommaviy axborot vositalari orqali yetkazilishini ta’minlash;

«O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasida o‘tkaziladigan yig‘ilishlar, konferetsensiyalar va boshqa tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida yoritilishini ta’minlash;

«O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi hududiy filiallari, maxsuslashtirilgan sho’ba korxonalarining ommaviy-axborot vositalari bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiradigan aloqalari va munosabatlarini ta’minlash va muvofiqlashtirish.

 

Axborot xizmatining funksiyalari

Axborot xizmati quyidagi funksiyalarni bajaradi:

«O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug’urta kompaniyasi rahbariyati va mutaxassislarining ommaviy axborot vositalarida chiqishlari reja-jadvalini tuzadi va belgilangan tartibda amalga oshiradi;

«O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug’urta kompaniyasi hududiy filiallari, maxsuslashtirilgan sho’ba korxonalarining ommaviy axborot vositalari bilan ijodiy hamkorligini yo‘lga qo‘yilishini va amalga oshirilishini ta’minlaydi;

Sug’urtaga oid qonun hujjatlaridagi yangiliklar va ularga kiritilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Kompaniyaning tegishli tarkibiy tuzilmalaridan oladi va ularni belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalarida va Kompaniyaning internetdagi rasmiy saytida e’lon qilinishini ta’minlaydi;

Respublika va xorijiy ommaviy axborot vositalarida sug’urta hamda Kompaniya to‘g‘risida berilayotgan ma’lumotlar va materiallar haqida «O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi rahbariyatini muntazam ravishda xabardor qilib boradi;

Ommaviy axborot vositalari uchun xabarlar (press-relizlar) tayyorlaydi va tarqatadi.

 

«ТАСДИҚЛАЙМАН»

«Ўзбекинвест» ЭИМСК

Бош директори

Ф.Саидахмедов

24 декабрь 2015 й.

«Ўзбекинвест» экспорт-импорт миллий суғурта компанияси томонидан

2016 йил 1-ярмида матбуот анжуманларини ўтказиш бўйича иш режаси

Матбуот анжумани мавзуси Матбуот анжумани мақсади ва йўналиши Ўтказилиш муддати Масъуллар
1.

«Ўзбекинвест» ЭИМСКнинг

2015 йилдаги фаолияти якунлари ва 2016 йилдаги фаолиятининг асосий йўналишларига бағишланган матбуот анжумани

- «Ўзбекинвест» компаниясининг 2015 йилдаги фаолиятининг якунлари ва «Кексаларни эъзозлаш йили» Давлат дастури доирасида амалга оширилган ишлари тўғрисида кенг жамоатчиликни хабардор этиш.

- Компаниянинг 2016 йилдаги фаолиятининг асосий йўналишлари ва «Соғлом она ва соғлом бола йили» Давлат дастурининг бажарилишида компаниянинг иштироки.

Февраль О.Норов
2. «Ўзбекинвест» ЭИМСК томонидан суғуртанинг моҳиятини тушунтириш ва аҳолининг суғурта маданиятини ошириш бўйича олиб борилаётган ишларга бағишланган матбуот анжумани

- Суғуртанинг моҳиятини тушунтириш ва аҳолининг суғурта маданиятини ошириш.

- Компания томонидан суғурта хизматлари сифатини ошириш юзасидан олиб борилаётган фаолият ҳақида кенг жамоатчиликни хабардор этиш.

Апрель О.Норов
3. Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик субъектлари учун ишлаб чиқилган суғурта маҳсулотлари тақдимоти (брифинг) - Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик субъектлари учун ишлаб чиқилган суғурта маҳсулотлари тўғрисида тадбиркорлик субъектлари ва ОАВ вакилларини хабардор этиш. Май

О.Норов,

С.Мирзоев

 

«ТАСДИҚЛАЙМАН»

«Ўзбекинвест» ЭИМСК

Бош директори

Ф.Саидахмедов

13 июнь 2016 й.

 

«Ўзбекинвест» экспорт-импорт миллий суғурта компанияси томонидан 2016 йил 2-ярмида матбуот анжуманларини ўтказиш бўйича иш режаси

Матбуот анжумани мавзуси Матбуот анжумани мақсади ва йўналиши Ўтказилиш муддати Масъуллар
1. Ўзбекистон Мустақиллигининг 25 йили давомида «Ўзбекинвест» компаниясининг ютуқларига бағишланган матбуот анжумани ўтказиш. - Ўзбекистон Мустақиллигининг 25 йили мобайнида Компания фаолияти ҳақида аҳолининг кенг қатламини хабардор қилиш ва аҳолининг суғурта маданиятини ошириш. Август

О.Норов

 

 

Изоҳ: заруратдан келиб чиқиб, анжуманларни ўтказиш муддати ва жойига ўзгартиришлар киритилиши мумкин.

plan_press_konf_1_2016 (.doc,  39 Kb)

plan_press_konf_2_2016 (.doc,  34 Kb)

15.09.2016