Yuridik shaxslar uchun

chop etish versiyasi

Majburiy turdagi xizmatlar

Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish (TVEFJMS)

Shartnoma boʻyicha quyidagilar sugʻurtalanishi mumkin: Transport vositalari egalarining transport vositasidan foydalanish vaqtida jabrlanuvchilarning hayotiga, sogʻligʻiga va (yoki) mulkiga yetkazilgan zararni qoplash boʻyicha qonunchilikka muovifiq fuqarolik javobgarligining yuzaga kelishi bilan bogʻliq boʻlgan mulkiy manfaatlari. Sugʻurta qoplamasini toʻlash tartibi: Jabrlanuvchining mulkiga zarar yetkazilganda sugʻurta qoplamasining miqdori sugʻurta summasining 35 foizidan oshmasligi lozim. Jabrlanuvchining hayoti yoki sogʻligʻiga zarar yetkazilganda sugʻurta qoplamasining miqdori sugʻurta summasining 65 foizidan oshmasligi lozim. Sugʻurta qoplamasi Sugʻurta hodisasi toʻgʻrisidagi dalolatnoma imzolangan kundan boshlab 5 (besh) kun ichida toʻlab beriladi.:

Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish (IBFJMS)

Shartnoma boʻyicha quyidagilar sugʻurtalanishi mumkin: Xodim oʻz mehnat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq holda mehnatda mayib boʻlishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan uning hayoti yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash boʻyicha ish beruvchining fuqarolik javobgarligi vujudga kelgandagi Ish beruvchining mulkiy manfaatlari Majburiy sugʻurta boʻyicha sugʻurta qoplamasi quyidagi koʻrinishda toʻlanadi: - jabrlanuvchi mehnatda mayib boʻlguniga qadar olgan oʻrtacha oylik ish haqiga nisbatan foiz hisobida, uning kasbga oid mehnat qobiliyatini yoʻqotganlik darajasiga muvofiq belgilanadigan har oylik toʻlov yoki kasb kasalligi aniqlanguniga qadar olgan oʻrtacha oylik ish haqiga nisbatan foiz hisobida belgilanadigan har oylik toʻlov; - marhumning oʻrtacha oylik ish haqi miqdoridagi, uning oʻziga va qaramogʻida boʻlgan, lekin yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishiga haqli boʻlmagan, mehnatga qobiliyatli shaxslarga toʻgʻri keladigan ulush chegirib tashlangan holdagi har oylik toʻlov; - qonun hujjatlarida belgilangan hollarda jabrlanuvchiga yoki naf oluvchiga bir yoʻla beriladigan nafaqa toʻlovi; - xodim vafot etgan taqdirda ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasida belgilangan miqdorda, qonunchilikda belgilangan 3 ta minimal ish haqidan koʻp boʻlmagan miqdoridagi dafn etish xarajatlari; - ish beruvchining qoʻshimcha xarajatlari qonun hujjatlariga muvofiq kompensatsiya qilinadi.

Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish (TFJMS)

Shartnoma boʻyicha quyidagilar sugʻurtalanishi mumkin:

Tashuvchining yoʻlovchilar hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash boʻyicha fuqarolik javobgarligi yuzaga kelgan chogʻdagi mulkiy manfaatlari.

Sugʻurta qoplamasini toʻlash tartibi:

Tashuvchininng fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha yoʻlovchining hayoti yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zarar uchun qoplama miqdori toʻlovlar jadvaliga muvofiq belgilanadi.

Tashuvchininng fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha yoʻlovchining mulkiga yetkazilgan zarar quyidagi tartibda aniqlanadi:

- yoʻlovni mulki yoʻqolishi yoki yetishmasligi – yoʻqtilgan yoki yetishmayotgan mulk qiymati miqdorida;

- yoʻlovni mulkiga zarar yetganda (buzilganda) – mulkning pasaygan qiymati miqdorida, zararlangan (buzilgan) mulkni tiklash imkoniyati boʻlmagan taqdirda – uning qiymati miqdorida;

- tashuvga topshirilganda narxi eʼlon qilingan yoʻlovchi mulki yoʻqotilganda – yoʻqotilgan mulkning eʼlon qilingan narxi miqdorida;

- yoʻlovchining yoʻqotilgan, yetishmayotgan yoki zarar yetgan (buzilgan) mulkining qiymatini aniqlashning imkoniyati boʻlmagan  holda - yoʻqotilgan, yetishmayotgan yoki zarar yetgan (buzilgan) mulkning har bir kilogrammi uchun tashuvchininng fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi tuzilayotgan kundagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha yigirma besh dollar ekvivalentidagi summa miqdorida.

Sugʻurta qoplamasi bevosita jabrlanuvchiga yoki Naf oluvchiga Sugʻurta hodisasi toʻgʻrisidagi dalolatnoma imzolangan kundan boshlab besh ish kunidan kech boʻlmagan muddatda toʻlab beriladi.

Xavfli ishlab chiqarish obʼektida avariya yuz bergan taqdirda boshqa shaxslarning hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof-muhitga zarar yetkazganlik uchun fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish

Xavfli ishlab chiqarish obʼektida avariya sodir boʻlgan taqdirda boshqa shaxslarning hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof-muhitga yetkazilgan zararni foydalanuvchi-sugʻurta qilinuvchi tomonidan qoplash boʻyicha fuqarolik javobgarligi paydo boʻlishi bilan bogʻliq boʻlgan sugʻurtalanuvchining mulkiy manfaatlari

Sugʻurta qoplamasini toʻlash tartibi:

Sugʻurta qoplamasi miqdori (sugʻurta summasi) Kompaniya tomonidan avariya sabablarini texnik taftishi toʻgʻrisidagi dalolatnoma, sugʻurta hodisasining roʻy berish sabablari va vaziyatlari, shu jumladan boshqa shaxslarga yetkazilgan zarar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan sud qarorlari va boshqa materiallarga asosan aniqlanadi.

Sugʻurta qoplamasi (sugʻurta summasi)ni toʻlash sugʻurta shartnomasida belgilangan sugʻurta summasi doirasida amalga oshiriladi.

Sugʻurta qoplamasi (sugʻurta summasi) bevosita jabrlanuvchiga toʻlab beriladi. Zararni kamaytirish xarajatlarini qoplash uchun toʻlovlar bevosita Sugʻurtalovchiga amalga oshiriladi. Sugʻurta qoplamasi (sugʻurta summasi) toʻlovi Sugʻurta hodisasi toʻgʻrisidagi dalolatnoma imzolangandan soʻng 10 ish kuni ichida amalga oshiriladi.

Qurilish-montaj qaltisliklarini majburiy sugʻurta qilish

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 20 dekabrdagi 532-sonli qaroriga muvofiq Kompaniya quyidagi sugʻurta himoyasini taqdim qiladi:

Bevosita quyidagi qaltisliklardan moddiy zarar yetish holatida Sugʻurtalanuvchi (Naf oluvchi)ning mulkiy manfaatlari:

a) yongʻin, yashin urishi, portlash, uchish apparatlarining qulashi, oʻz-oʻzidan yonish;

b) oʻgʻirlash va uchinchi shaxslarning noqonuniy hatti-harakatlari;

v) suv bosishi va sel kelishi, trubalarning yorilishi, boʻron, dovul;

g) zilzila, sel, koʻchki, yer koʻchishi, yer oʻpirilishi;

d) qisqa tutashuv, kuchlanish oshishi, elektr yoylari;

e) mashina va mexanizmlar, qurilish materiallari va konstruktsiyalarining qulashi;

j) masʼuliyatsizlik bilan nuqsonli materiallardan va konstruktsiyalardan foydalanish oqibatida yetgan zarar.

Sugʻurtalovchi quyidagilar uchun fuqarolik javobgarligiga ega boʻlgan holatlardagi Sugʻurtalovchining mulkiy manfaatlari:

a) uchinchi shaxslarning hayoti, sogʻligʻiga zarar yetkazilishi;

b) sugʻurta amal qilish davrida sugʻurtalangan shaxslar tomonidan shartnomaga koʻra qurilish maydonining oʻzida yoki unga bevosita yondosh boʻlgan joyda qurilish yoki montaj ishlarini oʻtkazish bilan bogʻliq holda uchinchi shaxslarning mulkiga yetkazilgan zararlar yoki shikastlar.

Ixtiyoriy turdagi xizmatlar

 

Yuridik shaxslarning yuklarini sugʻurta qilish

Sugʻurta shartnomasi boʻyicha quyidagilar sugʻurtalanishi mumkin:

Sugʻurtalovchining yuklarga egalik qilish, ulardan foydalanish va idora qilish bilan bogʻliq boʻlgan mulkiy manfaatlari.

Sugʻurta shartnomasi quyidagi shartlarda tuziladi:

“Barcha qaltisliklarga javobgarlik bilan”, unga koʻra, quyilagilar qoplanishi koʻzda tutiladi:

- yukning barchasi yoki bir qismi zararlanishi yoki toʻliq nobud boʻlishi;

- umumiy avariya boʻyicha zararlar, xarajatlar va badallar;

- yukni qutqarish, zararni kamaytirish va zarar miqdorini aniqlash boʻyicha barcha zaruriy va maqsadga yoʻnaltirilgan ravishda amalga oshirilgan xarajatlar.

Sugʻurta qoplamasini toʻlash tartibi:

Shartnoma doirasida yukga yetgan zarar, uning nobud boʻlishi (yoʻqotilishi) quyidagi tartibda qoplanadi:

a) yukning barchasi yoki bir qismi toʻliq nobud boʻlishi (yoʻqotilishi)da – Sugʻurtalanuvchi tomonidan koʻrilgan zarar miqdorida, lekin sugʻurta summasidan katta boʻlmagan miqdorda.

b) yukning barchasi yoki bir qismiga zarar yetganda – tiklash xarajatlari miqdorida, lekin sugʻurta summasidan katta boʻlmagan miqdorda.

Tiklash xarajatlari oʻz ichiga quyidagilarni oladi:

a) taʼmirlash (tiklash) uchun zarur boʻlgan materiallar va ehtiyot qismlar uchun xarajatlar;

b) taʼmirlash boʻyicha ishlar haqini toʻlash uchun;

v) taʼmirlash joyiga materiallarni yetkazib keltirish xarajatlari va sugʻurtalangan yukni bevosita sugʻurta hodisasi roʻy bergunga qadar boʻlgan holatiga qaytarib tiklash uchun zarur boʻlgan boshqa xarajatlar.

Yuridik shaxslarning mulkini kompleks sugʻurta qilish

Sugʻurta shartnomasi boʻyicha quyidagilar sugʻurtalanishi mumkin:

1-Sektsiya boʻyicha. Mulkni barcha qaltisliklardan sugʻurtalash

Kompaniya Sugʻurtalovchi/Naf oluvchining mulkiy manfaatlari boʻyicha mol-mulkka har qanday bevosita kutilmagan tasodifiy jismoniy zararlanishi, talofat yetishi, yoʻqotilishi yoki buzilishidan sugʻurta himoyasini taqdim qiladi.

2-Sektsiya boʻyicha. Asbob-uskuna (jihoz)larni buzilib qolishidan sugʻurtalash

Mazkur boʻlimga koʻra, Shartnomada koʻrsatilgan asbob-uskuna (jihoz) Sugʻurta joyida boʻlganida, quyish vaqtidagi yoki material nuqsonlari, loyihadagi xatolik, ishlab chiqarishdagi brak yoki sifatsiz montaj, malakasiz foydalanish, yetarlicha boʻlmagan tajriba, ehtiyotsizlik, qozonxonalarda suvning yetarli emasligi, jismoniy portlash, markazdan qochma kuchlar taʼsirida yirtilib (yorilib) ketish, qisqa tutashuv, toklar taʼsiri yoki boshqa sabablarga koʻra sodir boʻluvchi, uni taʼmirlash yoki almashtirishni talab qiluvchi kutilmagan va toʻsatdan moddiy zarar yetishi yoki uning nobud boʻlishi,

 

Sugʻurta qoplamasini toʻlash tartibi:

Yetgan zarar, buzilishlar va shikastlar Shartnoma doirasida quyidagi tartibda qoplanadi:

Mulkni sugʻurta qilganda:

a) mulk yoʻqotilganda (toʻliq nobud boʻlganda) – zararlangan mulkning sugʻurta hodisasi roʻy belgan sanadagi haqiqiy qiymatida, lekin sugʻurta summasidan koʻp boʻlmagan miqdorda;

b) mulkka zarar yetishi (qisman buzilishi)da – tiklash xarajatlari qiymatida, lekin sugʻurta summasidan koʻp boʻlmagan miqdorda;

Tiklash xarajatlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

a) taʼmirlash (tiklash) uchun materiallar va ehtiyot qismlar uchun xarajatlar;

b) taʼmirlash ishlari haqini toʻlash xarajatlari;

Asbob-uskuna (jihoz)larni buzilishdan sugʻurtalashda:

a) asbob-uskuna (jihoz) yoʻqotilganda (toʻliq nobud boʻlganda) - zararlangan mulkning sugʻurta hodisasi roʻy belgan sanadagi haqiqiy qiymatida, lekin sugʻurta summasidan koʻp boʻlmagan miqdorda. Haqiqiy qiymat maʼlum bir Mol-mulk uchun qoʻllaniladigan, uni tiklash qiymatidan tegishli amortizatsiya qiymatini ayirib tashlash yoʻli bilan aniqlanadi;

b) asbob-uskuna (jihoz)ga zarar yetganda (qisman buzilganda) - tiklash xarajatlari qiymatida, lekin sugʻurta summasidan koʻp boʻlmagan miqdorda. Tiklash qiymati - asbob-uskuna (jihoz)ni holati shunga teng boʻlgan shunday asbob-uskuna (jihoz)ga almashtirish boʻyicha xarajatlarni anglatadi.

Tiklash xarajatlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

a) taʼmirlash (tiklash) uchun zarur boʻlgan materiallar va ehtiyot qismlar uchun xarajatlar;

b) taʼmirlash uchun ish haqi toʻlovi;

v) materiallarni taʼmirlash joyiga yetkazib keltirish va sugʻurtalangan asbob-uskuna (jihoz)ni bevosita sugʻurta hodisasi roʻy bergunga qadar boʻlgan holatiga qaytarish uchun zarur boʻlgan xarajatlar

Kompaniya tomonidan Sugʻurtalovchi/Naf oluvchiga sugʻurta qoplamasini toʻlash Sugʻurta hodisasi toʻgʻrisidagi dalolatnoma imzolangandan keyin 15 (oʻn besh) bank kuni ichida amalga oshiriladi.

Qurilish-montaj qaltisliklarini sugʻurta qilish

Sugʻurta shartnomasi boʻyicha quyidagilar sugʻurtalanishi mumkin:

Moddiy zarar: Kompaniya sugʻurtaning amal qilish davrida sugʻurta joyida qurilish ishlarini olib borishdagi mol-mulka zarar yetkazilishi holatida Sugʻurtalovchining mulkiy manfaatlarini barcha qaltisliklardan sugʻurta himoyasi bilan taʼminlaydi.

Uchinchi shaxslar oldidagi fuqarolik javobgarligi: 

Kompaniya sugʻurtaning amal qilish davrida sugʻurta joyida yoki unga bevosita yondosh boʻlgan joyda qurilish yoki montaj ishlarini oʻtkazish bilan bogʻliq holda uchinchi shaxslarning hayoti, sogʻligʻiga yetkazilgan zararlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksiga muvofiq Sugʻurtalovchining javobgarligi yuzaga kelish holatida Sugʻurtalovchining mulkiy manfaatlarini sugʻurta himoyasi bilan taʼminlaydi.

Sugʻurta qoplamasini toʻlash tartibi:

a) mulkning nobud boʻlishi (yoʻqotilishi)da – Sugʻurta shartnomasini tuzish sanasidagi mulkning haqiqiy qiymatida, franshizani chiqarib tashlagan holda, mulkning zilzila, vulqon otilishi, tsunami, boʻron, tsiklon, suv toshishi, suv koʻtarilishi, yer koʻchishi qaltisliklari natijasida nobud boʻlishi (yoʻqotilishi) holatlari bundan istisno.

b) mulkka zarar yetganda – franshizani chiqarib tashlagandagi tiklash ishlari miqdorida, lekin sugʻurta summasidan koʻp emas, mulkning zilzila, vulqon otilishi, tsunami, boʻron, tsiklon, suv toshishi, suv koʻtarilishi, yer koʻchishi qaltisliklari natijasida nobud boʻlishi (yoʻqotilishi) holatlari bundan istisno.

Mulkka zilzila, vulqon otilishi, tsunami, boʻron, tsiklon, suv toshishi, suv koʻtarilishi, yer koʻchishi natijasida nobud boʻlishi (yoʻqotilishi) holatlarida Shartnomada koʻrsatilgan tegishli qaltislik boʻyicha qoplab berish limitlari va franshiza qoʻllaniladi.

Tiklash xarajatlari oʻz ichiga quyidagilarni oladi:

a) taʼmirlash (tiklash) uchun materiallar va ehtiyot qismlar uchun xarajatlar;

b) taʼmirlash uchun ish haqi toʻlovi;

v) materiallarni taʼmirlash joyiga yetkazib keltirish va sugʻurtalangan mulkni bevosita sugʻurta hodisasi roʻy bergunga qadar boʻlgan holatga keltirish maqsadida tiklash uchun zarur boʻlgan boshqa

Sugʻurtalovchining fuqarolik javobgarligini sugʻurtalashda sugʻurta qoplamasi Kompaniya tomonidan sugʻurta daʼvosini koʻrib chiqish jarayonida belgilangan zarar miqdorida toʻlanadi, lekin sugʻurta summasidan yuqori boʻlmagan miqdorda.

Kompaniya tomonidan Sugʻurtalovchi/Naf oluvchiga sugʻurta qoplamasini toʻlash Sugʻurta hodisasi toʻgʻrisidagi dalolatnoma imzolangandagn keyin 15 (oʻn besh) bank kuni ichida amalga oshiriladi.

Garovga qoʻyilgan mulkni sugʻurta qilish

Sugʻurta shartnomasi boʻyicha quyidagilar sugʻurtalanishi mumkin:

Sugʻurta hodisasi roʻy berganda zarar yetishi mumkin boʻlgan, garovga qoʻyilgan sugʻurtaga olingan mulkka egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf qilish bilan bogʻliq boʻlgan Sugʻurtalovchining mulkiy manfaatlari.

Sugʻurta shartnomasiga koʻra Kompaniya Shartnomada koʻrsatilgan mulkni Bevosita quyidagi qaltisliklar roʻy berganda yuzaga kelgan sugʻurta hodisasidan sugʻurta himoyasi bilan taʼminlaydi: boʻron, dovul, jala, doʻl, moʻl qor yogʻishi, yer choʻkishi, yer koʻchishi, sel, yashin urishi, zilzila, yongʻin, portlash, buzib qilingan oʻgʻirlik, uchinchi shaxslarni qonunga xilof hatti-harakatlari.

Sugʻurta qoplamasini toʻlash tartibi:

a) mulk toʻliq yoki qisman nobud boʻlganda (yoʻqotilganda) – ushbu mulkning sugʻurta hodisasi roʻy belgan sanadagi haqiqiy qiymatida, lekin sugʻurta summasidan koʻp boʻlmagan miqdorda;

b) sugʻurtalangan mulkning barchasi yoki bir qismiga zarar yetganda – tiklash xarajatlari miqdorida, lekin mulkning har bir qismining sugʻurta summasidan katta boʻlmagan miqdorda.

Tiklash xarajatlari oʻz ichiga quyidagilarni oladi:

a) taʼmirlash (tiklash) uchun materiallar va ehtiyot qismlar uchun xarajatlar;

b) taʼmirlash uchun ish haqi toʻlovi;

v) Sugʻurtalangan mulkni bevosita sugʻurta hodisasiga qadar boʻlgan holatga keltirish uchun tiklash maqsadida materiallarni taʼmirlash joyiga yetkazib keltirish boʻyicha xarajatlar.

Kompaniya tomonidan Sugʻurtalovchi/Naf oluvchiga sugʻurta qoplamasi toʻlovi Sugʻurta hodisasi toʻgʻrisidagi dalolatnoma imzolangan kundan boshlab 15 (oʻn besh) kun ichida amalga oshiriladi.

Lizing obʼektlarini sugʻurta qilish

Sugʻurta shartnomasi boʻyicha quyidagilar sugʻurtalanishi mumkin:

Sugʻurta hodisasi roʻy berganda zarar yetishi mumkin boʻlgan mulk – lizing obʼektiga egalik qilish, undan foydalanish, tasarruf etish bilan bogʻliq Sugʻurtalovchining mulkiy manfaatlari.

Sugʻurta shartnomasiga koʻra Kompaniya Shartnomada koʻrsatilgan mulkni Bevosita quyidagi qaltisliklar roʻy berganda yuzaga kelgan sugʻurta hodisasidan sugʻurta himoyasi bilan taʼminlaydi: suv bosishi, boʻron, dovul, jala, doʻl, moʻl qor yogʻishi, yer choʻkishi, yer koʻchishi, sel, yashin urishi, zilzila, yongʻin, portlash, buzib qilingan oʻgʻirlik, uchinchi shaxslarni qonunga xilof hatti-harakatlari.

Sugʻurta qoplamasini toʻlash tartibi:

a) mulk toʻliq yoki qisman nobud boʻlganda (yoʻqotilganda) – ushbu mulkning sugʻurta hodisasi roʻy belgan sanadagi haqiqiy qiymatida, lekin sugʻurta summasidan koʻp boʻlmagan miqdorda;

b) sugʻurtalangan mulkning barchasi yoki bir qismiga zarar yetganda – tiklash xarajatlari miqdorida, lekin mulkning har bir qismining sugʻurta summasidan katta boʻlmagan miqdorda.

Tiklash xarajatlari oʻz ichiga quyidagilarni oladi:

a) taʼmirlash (tiklash) uchun materiallar va ehtiyot qismlar uchun xarajatlar;

b) taʼmirlash uchun ish haqi toʻlovi;

v) materiallarni taʼmirlash joyiga yetkazib keltirish xarajatlari hamda sugʻurtalangan mulkni bevosita sugʻurta hodisasi roʻy berishidan oldingi holatiga tiklash uchun zarur boʻlgan xarajatlar.

Kompaniya tomonidan Sugʻurtalovchi/Naf oluvchiga sugʻurta qoplamasi toʻlovi Sugʻurta hodisasi toʻgʻrisidagi dalolatnoma imzolangan kundan boshlab 15 (oʻn besh) kun ichida amalga oshiriladi.

Kompleks ipoteka sugʻurtasi

Sugʻurta shartnomasi boʻyicha quyidagilar sugʻurtalanishi mumkin:

  1. Mulk sugʻurtasi
  2. Uchinchi shaxslar oldidagi fuqarolik javobgarligi sugʻurtasi
  3. Egalik huquqi tugatilganlik natijasidagi yoʻqotishlardan sugʻurta qilish
  4. Huquqiy himoya bilan bogʻliq xarajatlardan sugʻurta qilish.

Mulkni sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta hodisasi quyidagilar hisoblanadi:

- Shartnomada koʻrsatilgan sugʻurtalangan mulkning har qanday bevosita, tasodifiy, jismoniy zararlanishi, talofat yetishi, yoʻqotilishi yoki vayron boʻlishi

Uchinchi shaxslar oldidagi fuqarolik javobgarligi sugʻurtasi boʻyicha sugʻurta hodisasi quyidagilar hisoblanadi:

Sugʻurta davri ichida mulkka egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf qilish natijasida uchinchi shaxslarning mulki va/yoki hayotiga yetkazilgan zarar uchun Sugʻurtalovchining fuqarolik javobgarligining yuzaga kelishi.

Egalik huquqi tugatilganlik natijasidagi yoʻqotishlardan sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta hodisasi quyidagilar hisoblanadi:

- Sugʻurta davri ichida Sugʻurtalovchining mulkka boʻlgan huquqi tugatilishi natijasida mulkning yoʻqotilishi, buning natijasida Kompaniyaning Naf oluvchiga sugʻurta qoplamasini toʻlash majburiyati yuzaga keladi.

Huquqiy himoya bilan bogʻliq xarajatlardan sugʻurta qilishda sugʻurta hodisasi quyidagilar hisoblanadi:

Sugʻurtalovchining huquqiy himoyasi bilan bogʻliq xarajatlar natijasida Sugʻurtalovchining mulkiy manfaatlariga zarar yetkazilishi.

Sugʻurta qoplamasini toʻlash tartibi:

Mulkning nobud boʻlishi yoxud unga talofat yetganda – tiklash xarajatlari miqdorida, lekin Shartnomada koʻrsatilgan sugʻurta summasidan katta boʻlmagan miqdorda, franshiza summasini chiqarib  tashlagan holda.

Tiklash xarajatlari oʻz ichiga quyidagilarni oladi:

- taʼmirlash (tiklash) uchun materiallar va ehtiyot qismlar uchun xarajatlar;

- taʼmirlash uchun ish haqi toʻlovi;

- materiallarni taʼmirlash joyiga yetkazib keltirish va sugʻurtalangan mulkni bevosita sugʻurta hodisasi roʻy bergunga qadar boʻlgan holatga keltirish maqsadida tiklash uchun zarur boʻlgan boshqa  xarajatlar.

Uchinchi shaxslar oldida javobgarlik yuzaga kelganda – hakamlik kelishuvi yoxud sud qarorida belgilangan summada

Egalik huquqi tugatilganlik natijasida mulk yoʻqotilganda:

-  mulkka egalik huquqini Sugʻurtalovchi nomiga qayta rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlar

- mulkka boʻlgan egalik huquqi yoʻqotilgan taqdirda uni toʻliq tiklashning imkoniyati boʻlmagan holda – koʻrilgan zarar miqdorida, lekin sugʻurta summasidan katta boʻlmagan miqdorda.

Huquqiy himoya bilan bogʻliq xarajatlarda:

- sud hujjatlarini yuborish bilan bogʻliq pochta xarajatlari; 

- sud tomonidan tayinlangan holda oʻtkazilgan ekspertizalar uchun toʻlanishi lozim boʻlgan summalar; 

- guvohlarni chaqirish, dalillarni joyida koʻzdan kechirish xarajatlari – agar bular Sugʻurtalovchiga sud tomonidan yuklangan hamda Kompaniya bilan yozma ravishda kelishilgan boʻlsa;

- Sugʻurtalanuvchining huquqlarini himoya qilish boʻyicha xizmatlar uchun advokatga sarflangan xarajatlar;

- ekspertlarga, guvohlarga va tarjimonlarga ularning xizmatlari va sudga kelib-ketishi uchun sarflargan xarajatlari uchun toʻlanishi lozim boʻlgan summalar, agar ular Sugʻurtalovchi tomonidan Kompaniya bilan yozma ravishda kelishilgan holda yollangan boʻlsa hamda bu majburiyatlar ularning xizmat majburiyatlariga sirasiga kirmasa;

- ishni sudda koʻrib chiqilishi munosabati bilan toʻlanadigan davlat boji, agar u sud tomonidan Sugʻurtalovchi zimmasiga yuklangan boʻlsa.

Kompaniya tomonidan Sugʻurtalovchi/Naf oluvchiga sugʻurta qoplamasi toʻlovi Sugʻurta hodisasi toʻgʻrisidagi dalolatnoma imzolangan kundan boshlab 15 (oʻn besh) kun ichida amalga oshiriladi.

Ishchilarni ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan kompleks sugʻurta qilish

Sugʻurta shartnomasi boʻyicha quyidagilar sugʻurtalanishi mumkin:

Sugʻurtalangan shaxslarning hayoti, sogʻligʻi va mehnatga layoqati bilan bogʻliq boʻlgan mulkiy manfaatlari.

Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa – Sugʻurtalangan shaxsning ixtiyoriga bogʻliq boʻlmagan holda, ish vaqtida ishlab chiqarish jarayonida toʻsatdan, qisqa vaqt ichida roʻy beruvchi hodisa boʻlib, inson organizmiga tashqaridan taʼsir oʻtkazadi va buning oqibatida travmatik jarohat, sogʻliqning  buzilishi, oʻlim kelib chiqadi.

Sugʻurta qoplamasini toʻlash tartibi:

Baxtsiz hodisa tufayli Sugʻurtalangan shaxs tomonidan vaqtinchalik mehnat layoqatining yoʻqotilishi holatida, sugʻurta toʻlovi moddiy daromadning pasayishi uchun kompensatsiya sifatida boʻlib, mehnatga layoqatsizlikning har bir kuni uchun, toʻxtovsiz davolanishning 7-kunidan boshlab, personal sugʻurta summasining 0,27 foizi miqdorida belgilanadi va 90 (toʻqson) kundan ortiq boʻlmagan davr uchun amalga oshiriladi.

Sugʻurtalangan shaxsga nogironlik guruhi tayinlansa, sugʻurta toʻlovi quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

- Sugʻurtalangan shaxsga I guruh nogironlik belgilansa – personal sugʻurta summasining 100 % miqdorida;

- Sugʻurtalangan shaxsga II guruh nogironlik belgilansa – personal sugʻurta summasining 75 % miqdorida;

- Sugʻurtalangan shaxsga III guruh nogironlik belgilansa – personal sugʻurta summasining 50 % miqdorida;

Sugʻurtalangan shaxsning oʻlimi holatida sugʻurta toʻlovi  miqdori personal sugʻurta summasining 100 % ni tashkil qiladi.

Kompaniya tomonidan Sugʻurtalovchi/Naf oluvchiga sugʻurta qoplamasi toʻlovi Sugʻurta hodisasi toʻgʻrisidagi dalolatnoma imzolangan kundan boshlab 15 (oʻn besh) kun ichida amalga oshiriladi.

Ishchilarni baxtsiz hodisalardan kompleks sugʻurta qilish

Sugʻurta shartnomasi boʻyicha quyidagilar sugʻurtalanishi mumkin:

Bojxona toʻlovlari va foizlarni toʻlay olmaslik uchun Naf oluvchi oldida fuqarolik javobgarligi yuzaga kelishi holatida Sugʻurtalovchining mulkiy manfaatlari.

Sugʻurta hodisasi quyidagilar hisoblanadi:

- bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash muddati oʻtgandan soʻng bojxona toʻlovlarini toʻlamaslik holati. Qarzdorlik paydo boʻlgan kun deb, kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash muddati tugagandan keyingi kun hisoblanadi;

- Tovarlar chiqarilgandan keyin bojxona nazorati oʻtkazilishi natijasida kelib chiquvchi qoʻshimcha bojxona toʻlovlari. Qoʻshimcha bojxona toʻlovlarida, qarzdorlik paydo boʻlgan kun deb bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni uzish toʻgʻrisidagi talabnoma taqdim etilgan kun, va boshqa holatlarda Bojxona kodeksida koʻzda tutilgan holatlar hisoblanadi.

Kafillikka olingan mulki uchun javobgarlikni sugʻurta qilish

Shartnoma boʻyicha quyidagilar sugʻurtalanishi mumkin

Bojxona brokerlarining professional javobgarligini sugʻurta qilish

Shartnoma boʻyicha quyidagilar sugʻurtalanishi mumkin

Ekspeditorlarning professional javobgarligini sugʻurta qilish

Shartnoma boʻyicha quyidagilar sugʻurtalanishi mumkin

Bojxona tashuvchilarining professional javobgarligini sugʻurta qilish

Shartnoma boʻyicha quyidagilar sugʻurtalanishi mumkin

Davolash muassasalarining javobgarligini sugʻurta qilish

Shartnoma boʻyicha quyidagilar sugʻurtalanishi mumkin

Tovar ishlab chiqaruvchilarning javobgarligini sugʻurta qilish

Shartnoma boʻyicha quyidagilar sugʻurtalanishi mumkin

Auditorning tashkilotlarining professional javobgarligini sugʻurta qilish

Shartnoma boʻyicha quyidagilar sugʻurtalanishi mumkin

Baholovchilarning professional javobgarligini sugʻurta qilish

Shartnoma boʻyicha quyidagilar sugʻurtalanishi mumkin

Sud boshqaruvchilarining professional javobgarligini sugʻurta qilish

Shartnoma boʻyicha quyidagilar sugʻurtalanishi mumkin

Umumiy fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish

Shartnoma boʻyicha quyidagilar sugʻurtalanishi mumkin

Yuristlarning professional javobgarligini sugʻurta qilish

Shartnoma boʻyicha quyidagilar sugʻurtalanishi mumkin

Xavfli yuklarni tashishdagi fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish

Shartnoma boʻyicha quyidagilar sugʻurtalanishi mumkin

Uy egalarining javobgarligini sugʻurta qilish shartnomasi

Shartnoma boʻyicha quyidagilar sugʻurtalanishi mumkin

Yuridik shaxslarning avtotransport vositalarini sugʻurta qilish

Shartnoma boʻyicha quyidagilar sugʻurtalanishi mumkin

Garovga quyilgan avtotransport vositalarini sugʻurta qilish

Shartnoma boʻyicha quyidagilar sugʻurtalanishi mumkin

Mulkni va daromadni yoʻqotilishidan sugʻurtalash shartnomasi

Shartnoma boʻyicha quyidagilar sugʻurtalanishi mumkin

Umumiy ovqatlanish obʼektlarini sugʻurtalash shartnomasi

Shartnoma boʻyicha quyidagilar sugʻurtalanishi mumkin

Tekshiruvchi organlarning professional javobgarligini sugʻurta qilish

Shartnoma boʻyicha quyidagilar sugʻurtalanishi mumkin