You are here

«O'zbekinvest» kompaniyasining Toshkent viloyati filiali ko'chma savdo shahobchalarini tashkil etmoqda

O'zbekiston mustaqilligining 25 yillik bayramini munosib kutib olish hamda mijozlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida «O'zbekinvest» kompaniyasining Toshkent viloyati filiali tomonidan ko'chma savdo shahobchalari tashkil etilmoqda.

Viloyatning tuman va shaharlaridagi aholi turar joylari, bozorlar atrofi va aholi gavjum joylarda haftaning dam olish kunlari tashkil etilyotgan ushbu ko'chma savdo shahobchalarida fuqarolar sog'lig'i, ularning mol-mulki sug'urtasi, tadbirkorlik faoliyati sug'urtasi, transport vositalari egalari va ish beruvchilarning fuqarolik javobgarligi majburiy sug'urtasi haqida ma'lumotlar berish bilan birga iste'molchilarga ko'plab sug'urta mahsulotlari taklif etilmoqda.

O'tkazilayotgan tadbirlar natijasida fuqarolar o'zlari va oila a'zolari uchun zarur bo'lgan maslahatlar va ma'lumotlarga ega bo'lib, o'zlarini qiziqtirgan ona va bola sog'ligi, tibbiy sug'urta, sog'lom bola, baxtsiz hodisalarni hamda yuqumli kasalliklar oldini olish kabi bir qator sug'urta turlari bo'yicha sug'urta polislarini xarid qilishmoqda.

Ma'lumot o'rnida ta'kidlash lozimki, «O'zbekinvest» kompaniyasi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari hamda aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida yangi sug'urta bo'linmalarini ochish va respublika hududlarida faoliyat geografiyasini kengaytirish borasida doimiy ish olib bormoqda. Ayni paytda Kompaniya 14 ta hududiy filiallar va 145 ta bo'linmalari hamda 167 ta savdo shahobchalari orqali butun respublika bo'ylab o'z xizmatlarini taqdim etib kelmoqda. Shuningdek, «Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi majburiy sug'urtalash», «Baxtsiz hodisalardan sug'urtalash», «Tibbiy sug'urta», «Mol-mulk sug'urtasi» kabi 10 turdagi sug'urta mahsulotini internet orqali sotib olish imkoniyati yaratilgan.

Ko'chma savdo shahobchalarini viloyatning barcha tuman va shaharlarida muntazam ravishda tashkil etish rejalashtirilgan.

 

«O'zbekinvest» EIMSK Axborot xizmati

Tel: 120-03-53

e-mail: site-admin@uzbekinvest.uz