You are here

«O'zbekinvest» eksport-import milliy sug'urta kompaniyasining xalqaro reytingi tasdiqlandi

2016 yilning noyabr oyida «Moody’s Investors Service Ltd.» xalqaro reyting agentligi (Buyuk Britaniya) «O'zbekinvest» eksport-import milliy sug'urta kompaniyasining xalqaro moliyaviy reytingini «barqaror» prognozi bilan Ba3 ga baholadi.

Ushbu nufuzli tashkilot tomonidan kompaniya reytingi ilk marta 2009 yilda B1ga baholangan edi va kompaniyaning o'tgan yillar davomidagi faoliyatida erishilgan ijobiy natijalari ushbu reytingni Ba3ga ko'tarilishiga xizmat qildi.

Reyting agentligi tahlilchilarining fikricha, kompaniya ko'rsatkichlarining doimiy o'sishi, xususan sug'urta mukofotlarini yig'ish, o'z faoliyatini diversifikasiyalash bo'yicha barqaror o'sish ko'rsatkichlari, shuningdek, sug'urta portfeli kapitalizatsiyasining yuqori darajasi, milliy sug'urta bozoridagi kuchli o'rni, kompaniya ulushida davlatning ishtiroki va shu kabi boshqa omillar «O'zbekinvest» kompaniyasining xalqaro reytingi barqarorligini ta'minlashda muhim omil hisoblanadi.

Respublika iqtisodiy dasturlarining eng muhim ustuvor yo'nalishlarini amalga oshirish yuzasidan Hukumatimiz tomonidan Kompaniyaga yuklatilgan vazifalar bajarilishi ta'minlash bo'yicha olib borayotgan faoliyat tufayli bugungi kunda «O'zbekinvest» kompaniyasi O'zbekiston Respublikasi moliya bozorida «Moody’s» agentligining eng yuqori xalqaro reytingini qo'lga kiritgan yagona tashkilot hisoblanadi.

 

«O'zbekinvest» EIMSK Axborot xizmati