You are here

Haydovchilar diqqatiga. Jarimalardan qanday yiroq yurish mumkin?

Kecha men bilan yoqimsiz holat yuz berdi: YHXB xodimi hujjatlarimni tekshirish uchun meni to‘xtatdi. Ma’lum bo‘lishicha, avtomobilimning sug‘urta hujjati muddati ikki hafta oldin tugagan ekan.

Foto: PlayMobileQanday qilib, men uni yangilashni unutgan bo‘lishim mumkin! Ammo unutishim tabiiy edi. Chunki ishda muammolar ko‘p, uyda yangi tug‘ilgan farzand. Bunday paytda, sug‘urta u yoqda tursin, hatto ovqatlanishni ham tez-tez esdan chiqarib qo‘yardim.

Biroq nima ham qila olaman, YHXB xodimi haq, qo‘limdan hech narsa kelmaydi. Uning ma’lum qilishicha, qonunga ko‘ra, “temir otim”ni jarima-maydonchasiga olib borib qo‘yishga to‘g‘ri kelar ekan.

Yuqoridagi noxush holatdan so‘ng, yana eng kam oylik ish haqining bir barobaricha jarima to‘lashimga ham to‘g‘ri keldi. Juda ham yoqimsiz holat ekanligini rad eta olmaysiz.

G‘am chekish va shunchaki bekorga sarflangan kunni ortda qoldirib, birinchi duch kelgan sug‘urta kompaniyasining dilerlik punktiga yetib bordim. U yerda navbatda turib, ko‘zim bir flayerga tushdi. Unda yozilishicha, muddati tugagan sug‘urta sabab jarima, avtomobilni jarima-maydonchasiga evakuatsiya qilish kabi istalgan turdagi yoqimsiz holatlardan yiroq yurish uchun bor-yo‘g‘i SMS-OSAGO* xizmatini yoqib qo‘yish yetarli ekan.

Bu haqda eshitmaganmisiz? Afsuski, men ham shu paytgacha bundan xabarim bo‘lmagan ekan. Hammasi juda sodda: sug‘urta polisini rasmiylashtirayotgan paytda, kompaniya xodimidan telefon raqamingizni bazaga kiritib qo‘yishingizni so‘rang. Shundan so‘ng, bildirishnomalarga obuna bo‘lganingiz haqida telefoningizga xabar keladi.

Sug‘urta polisi muddati yakunlanishiga ozroq muddat, aniqrog‘i bir hafta qolganda, bu haqda sizni ogohlantiradigan va sug‘urta muddatini uzaytirishni so‘raydigan SMS-bildirishnoma qabul qilasiz. Uni qabul qilgach esa sug‘urta kompaniyasining istalgan dilerlik punktiga borasiz va sug‘urta muddatini uzaytirib, hurmatli YHXB xodimlari bilan yana bir bor ortiqcha uchrashishdan yiroq bo‘lasiz.

Shunday sodda va qulay SMS-bildirishnomalar xizmati PlayMobile kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. U barcha avtomobil shaydolarining turmushini yengillashtiradi. Xizmat esa mutlaqo bepul. Tavsiya qilaman!

Shuningdek, qo‘shimcha sifatida ma’lum qilmoqchimanki, bu xizmat barcha sug‘urta kompaniyalarida ham mavjud emas. Faqatgina zamonaviy informatsion texnologiyalar bilan do‘stlasha olgan hamda zamon bilan hamnafas kompaniyalarda bor.

Bunday imkoniyat, masalan, “O‘zbekinvest”, “O‘zagrosug‘urta”, Alfa Invest, Kafolat, Alskom, Gross Insurance, “Universal Sug‘urta”, “Kapital Sug‘urta” va “Ishonch” kabi kompaniyalarda mavjud.

Shuning uchun, agar avtomobilingizning sug‘urtasi yuqoridagi kompaniyalarda qilingan bo‘lsa, sizga omad ikki marta kulib boqibdi!

Batafsil ma’lumotni playmobile.uz saytidan yoki 207-11-11 raqamidan olish mumkin.

*OSAGO — Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish.

Reklama huquqi asosida.

https://daryo.uz