You are here

“O'zbekinvest” kompaniyasi Ostonada tashkil etilgan ko'rgazma va biznes-forumda ishtirok etdi

“O'zbekinvest” kompaniyasi O'zbekiston va Qozog'iston o'rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida joriy yilning 22-23 mart kunlari Ostona shahrida tashkil etilgan O'zbekiston milliy sanoat ko'rgazmasi va o'zbek-qozoq biznes forumida ishtirok etdi.

Ko'rgazma doirasida tadbir ishtirokchilari, xususan, «Pana inshurans» sug'urta kompaniyasi, Qozog'iston Respublikasi tadbirkorlari milliy palatasi, «KAZNEX INVEST» eksport va investitsiyalar bo'yicha milliy agantligi, «KazKauchuk», TOO «Company NurGaz», «Navruz Plastic» va boshqa korxonalar vakillari uchun “O'zbekinvest” kompaniyasi tomonidan taqdim etilayotgan sug'urta xizmatlari bo'yicha taqdimot o'tkazildi.

O'zbek-qozoq biznes forumi davomida “O'zbekinvest” kompaniyasi va boshqa ishtirokchilar o'rtasida muzokaralar o'tkazildi va “KazakhExport” eksport sug'urta kompaniyasi bilan ma'lumotlar almashish, malaka oshirish va treninglar tashkil etish sohasida, eksport kreditlari va investitsiyalarni sug'urtalashda hamkorlik qilish bo'yicha kelishuv imzolandi.

“O'zbekinvest” EIMSK axborot xizmati