You are here

«O'zbekinvest» sug'urta kompaniyasi iyul oyida qariyb 1,3 mlrd so'm sug'urta qoplamalarini to'lab berdi

«O'zbekinvest» eksport-import milliy sug'urta kompaniyasi joriy yilning iyul oyi davomida sug'urta hodisalari bo'yicha mijozlardan kelib tushgan murojaatlar hamda sug'urta da'vo arizalari asosida sug'urta to'lovlarini amalga oshirdi. Xususan, iyul oyi davomida Kompaniya tizimida qariyb 1,3 mlrd. so'm hajmidagi sug'urta qoplamalarini to'lab berdi.

Masalan, sodir bo'lgan sug'urta hodisalari bo'yicha berilgan da'vo arizalarini ko'rib chiqilishi natijasida neftni qayta ishlash sohasida mulk sug'urtasi bo'yicha 65 mln. so'm, elektr tarmog'i sohasida mulk sug'urtasi bo'yicha 15 mln. so'm, Jizzax viloyatidagi namunaviy uy-joylar sug'urtasi bo'yicha jismoniy shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplab berish uchun 19,5 mln. so'm sug'urta qoplamalari to'lab berildi.

Shuningdek, joriy yilning iyul oyi davomida transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi majburiy sug'urtasi bo'yicha 47,3 mln. so'm va ish beruvchining fuqarolik javobgarligi majburiy sug'urtasi bo'yicha 143 mln. so'm miqdorida sug'urta to'lovlari amalga oshirildi.

«O'zbekinvest» EIMSK Axborot xizmati