You are here

Oktyabr oyida Toshkentda sugʻurta boʻyicha xalqaro forum boʻlib oʻtadi

SAIPRO Axborot-reyting agentligining xabariga koʻra, 2017 yil 5 – 8 oktyabr kunlari Toshkent sugʻurta va qayta sugʻurta boʻyicha X xalqaro forumi boʻlib oʻtadi.  Mazkur forum iqtisodiyotni, xususan sugʻurta va qayta sugʻurtani yanada rivojlantirish va liberallashtirish boʻyicha respublikada oʻtkazilayotgan chora-tadbirlarni yoritib beradi, ishbilarmonlik muhiti, shuningdek xalqaro sugʻurta va moliya hamjamiyati vakillari – forum qatnashchilarini Oʻzbekistonning turistik salohiyati bilan tanishtiradi.

uzreport.uz