You are here

"O'zbekinvest Hayot" sug'urta kompaniyasi aholi hayoti va salomatligini sug'urtalash bo'yicha xizmatlar ko'rsatib kelmoqda

Ma'lumki, inson uchun eng qadrli narsa bu – uning hayoti va salomatligidir. Bir inson turmushining osoyishtaligi esa bevosita jamiyat farovonligi bila bog'liq. «O‘zbekinvest Hayot» sug'urta kompaniyasi tomonidan taqdim etiluvchi ijtimoiy toifadagi hayot va salomatlik sug'urtasi kutilmagan yoki oldindan ma'lum xarajatlarning yuzaga kelishi xatarini kamaytirishga imkon berib, har qanday vaziyatda hayot darjasining saqlanishi uchun sharoitlar yaratadi.   

«O‘zbekinvest Hayot» sug'urta kompaniyasi aholi hayoti va salomatligini sug'urtalash bo'yicha xizmatlar ko'rsatish maqsadida 2003 yilda tashkil etilgan. Bugungi kunda, kompaniya tomonidan mazkur yo'nalishga oid qator sug'urta mahsulotlari ishlab chiqilib, muvaffaqiyatli tarzda hayotga tatbiq qilinmoqda. Ta'lim olish, nikohga doir hayot sug'urtasi, shuningdek bonuslar to'lanuvchi hayot sug'urtasi kabilar shular jumlasidandir.

“Ta'lim olish uchun jamg'ariluvchi hayot sug'urtasi kabi mahsulot ota-onalarga farzandlari oliy o'quv yurtiga kirganida shartnoma pulini to'lash imkonini beradi. Ushbu sug'urta turi shartlaridan biri shuki, shartnomaning muddati eng kamida 13 oyni tashkil qilishi kerak. 13 oy davomida ota-ona sug'urta to'lovlarini amalga oshirib boradi. Mablag' har oyda, har chorakda, yarim yilda bir marta yoki bir vaqtning o'zida to'lanishi mumkin. To'lovlar oylik maoshidan ushlab qolgan tarzda ham amalga oshirilishi mumkin. Masalan, odam ma'lum joyda ishlaydi va maoshining bir qismini avtomat ravishda shu kabi hayot sug'urtasi artnomasi to'lovi uchun o'tkazadi”, - deya ta'kidladi «O‘zbekinvest Hayot» SHXJ Hayot sug'urtasi va annuitetlar bo'limi bosh menejeri Natalya Borisova.

Qayd etish kerakki, kompaniyada nikoh bo'yicha jamg'ariluvchi hayot sug'urtasi xizmati ham taqdim etiladi. Bu mahsulot ota-ona oldindan ma'lum mablag' jamlash va kelajakda farzandi turmush qurayotganida to'y xarajatlari uchun to'lov olish va hayot yoki salomatlikka ta'sir qiluvchi xolatlar oqibatida yuzaga keladigan xatarlar darajasini kamaytirish imkoniga ega bo'ladi. Bundan tashqari, kompaniya bonus to'lovilik hayot sug'urtasini ham amalga oshiradi. Bunda sug'urta qilingan odamning o'limi yuz berishi holatidan sug'urta qilishdan tashqari, qulay shartlarda mablag' to'plash imkoni yaratiladi.

“Jamg'ariluvchi hayot sug'urtasi bo'yicha mahsulotlardan tashqari, bizda yana hayot sug'urtasiga oid xizmatlar ham ko'rsatiladi. Ya'ni, bundaboquvchisiz qolgan odamlarning turmush darajasini sezilarli pasaytirishi mumkin bo'lgan oila va inson hayotida yuz bergan noxush voqealar vaziyatida hayot darajasini saqlab qolish imkonini beruvchi mahsulotlar tushuniladi. Mazkur sug'urta turida sug'urta to'lovlari kichik bo'lib, o'z navbatida sug'urta qoplamasi sug'urta mkofotiga nisyuatan ko'proq bo'lishi mumkin. Bundan tashqari, kompaniyamizda banklar yoki tashkilotlardan qarz olgan jismoniy shaxslarning o'limi yuz berganida yoki salomatligiga zarar yetib, qarzini qaytarish imkoni bo'lmaganida olingan kreditlarning qaytarilishini ta'minlab beruvchi qarz oluvchi hayotini sug'urtalash xizmati yo'lga qo'yilgan. Sug'urta kompaniyasi ushbu mablag'larni bevosita bankka to'lab beradi va bunda bank o'z xatarlarini boshqarish imkoniga ega bo'ladi”, - deya qo'shimcha qildi Natalya Borisova.

Hayot sug'urtasi mahsulotlarining ijtimoiy ahamiyatini hisobga olgan holda, respublikamiz hukumati tomonidan ayrim soliq imtiyozlari taqdim etilgan. Unga ko'ra, hayot sug'urtasi shartnomalari bo'yicha to'lovlar uchun yuboriluvchi mablag'dan daromad solig' olinmaydi. Hayot sug'urtasi uchun maoshning bir qismi o'tkazilganida hisobxona shu vaqtning o'zida amaldagi imtiyozlarga muvofiq, hisoblarni amalga oshirishi mumkin. Eslatib o'tamiz, yuqorida sanab o'tilgan barcha mahsulotlar eng kutilmagan vaziyatlar yuzaga kelgan taqdirda oila turmushi darajasi himoyasi va saqlanishiga yo'naltirilgan.