You are here

"O'zbekinvest" EIMSK tomonidan milliy eksportchilarga 189 mlrd. so'mdan ortiq sug'urta xizmatlari ko'rsatilgan

Hozirgi kunda “O'zbekinvest”  eksport import milliy sug'urta kompaniyasi mijozlarga sug'urtaning 100 dan ortiq turlari bo'yicha xizmat ko'rsatib kelayotgan bo'lib, uning  asosiy vazifasi Respublikamizga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, milliy eksporterlarga kompleks sugurta xizmatlarini ko'rsatish hamda O'zbekiston aholisini sifatli va ommabop sug'urta xizmatlari bilan ta'minlashdan iboratdir.

Kompaniya   mijozlarga  qulay   sharoitlar  yaratish   maqsadida,  Respublikamizning barcha hududlarida 14 ta filial va 115 ta tuman   va shahar bo’linmalariga ega bo'ldi. Hisobot davrida yana 21 ta yangi sugurta bo'linmasi ochildi. Kompaniya “SAIPRO” Reyting agentligining milliy reyting tizimida eng yuqori UZA++ (eng a'lo moliyaviy barkaror) ko'rsatkichiga ega. Bundan tashqari, kompaniya “Moody’s” Xalqaro reyting agentligi tomonidan berilgan B1 «Moliyaviy barqaror» xalqaro reytingiga ega bo'lgan milliy sug'urta bozorimizdagi yagona kompaniya hisoblanadi.

«O'zbekinvest» EIMSK Qayta sug’urtalash va tavakalchilikni boshqarish departmenti bosh menejeri Alisher Asatullayev “UzReport” AA muxbiriga bergan intervyusida shunday dedi:

–  Hozirgi kunda kompaniya xalqaro sug'urta bozorida ham o'z mavqeiga ega bo'lib, dunyoning 120 dan ortiq eng yirik sug'urta kompaniyalari, sug'urta brokerlari, qayta sug'urta kompaniyalari sug'urta va qayta sugurtalash bo'yicha hamkorlik qilib kelmoqda. Bundan tashqari, «O'zbekinvest» kompaniyasi Eksport kreditlari va investitsiya sug'urtalovchilarining Praga klubi xalqaro Ittifoqining (Bern Ittifoqi) a'zosi hisoblanadi. Bu Ittifoq doirasida 20 dan ortiq mamlakatlar bilan aloqalar o'rnatildi va hamkorlik olib borilmoqda. Kompaniyaning eng muhim vazifalaridan biri bu milliy eksportchilimizga xizmatlar ko'rsatishdir. Bu yo'nalishda kompaniya kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksport faoliyatini qo’llab-quvvatlash jamgarmasi bilan hamkorlik bo'yicha kelishuv imzolagan. Xususan, hisobot davrida milliy eksportchilarimizga 189 mlrd. so'mdan va 27 mln. AQSh dollaridan ortiq sug'urta xizmatlari ko'rsatilgan. O’sish sur'ati 2,5 barobarni tashkil etdi. Yana bir e'tiborga moyil ko'rsatkich - 2008 yilda 16 ta davlatlarga eksport sug'urtasi bo'yicha xizmat ko'rsatilgan bo'lsa, 2014 yilda 33 ta davlatga eksport sug'urtasi bo'yicha xizmatlar ko'rsatilgan. Ya'ni, eksport sug'urtasi bo'yicha davlatlar geografiyasi ikki barobarga oshgan. Respublikamizning chekka hududlarida istiqomat qiladigan aholiga kompaniyamiz tomonidan ko'rsatilayotgan xizmatlarning yetkazish maqsadida, kompaniya tomonidan agentlik tarmog'ini kegaytirishga alohida e'tibor qaratimoqda. Sug'urta agentlarining soni 1000 dan ortiqni tashkil etadi va o'z navbatida agentlik tarmog'ini kengaytirish yo'li bilan yangi ish o'rinlarini yaratishga erishildi.

Hisobot davrida qabul qilingan majburiyatlarning o'sish sur'atlari 6,7 barobarni, sug'urta mukofotlarining o'sish sur'atlari esa 131,3 foizni tashkil etgan. Mijozlarning ishonchini qozonish albatta sug'urta qoplamalarini o'z vaqtida to'liq to'lab berilishi bilan belgilanadi. Hisobot davrida 9 mlrd. so'mga yaqin sug'urta qoplamalari to'langan. Kompaniya faoliyaining yana bir asosiy yo'nalishlaridan biri bu kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga sug'urta xizmatlari ko'rsatishdir. Bu yo'nalishdagi ko'rsatkichlarga to'xtaladigan bo'lsak, joriy muddat yakunlari bo'yicha ushbu subyekt vakillariga ko'rsatilgan xizmatlar xajmi 741 mlrd. so'mni, o'sish esa 163,3 foizni tashkil etgan. Kompaniya xodimlarini malakasini doimiy oshirib borish, sug’urta sohasida mutaxassislarni tayyorlashga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda. Agar shu yo'nalishda oxirgi 10 yilda amalga oshirilgan ishlarni tahliliga qarasak, kompaniya xodimlari jami 2200 ta turli o'quv kurslarida (shundan 180 tasi chet el davlatlarida) ishtirok etib, o'z malakalarini oshirgan.

Kelgusida «Uzbekinvest» oldida turgan galdagi vazifa - jismoniy va yuridik shaxslarning yaqin kelajakdagi sug'urta ximoyasiga bo'lgan extiyojlarini qondirishda o'z xissasini yanada oshirishdan iborat. Shuningdek, kompaniya faoliyatini aktivlashtirish, sugurta bozorida kursatiladigan asosiy va qo'shimcha xizmat turlari darajasini kutarish hamda yurtimiz sug'urta bozorining rivojlanishida Kompaniya investitsion faoliyatini yanada rivojlantirish va shu orqali uning daromadini yanada oshishiga erishish xam ustivor vazifalar jumlasidandir.