You are here

"O'zbekinvest" EIMSK sug'urta da'vosi bo'yicha joriy yilning 9 oyi yakunlarini e'lon qildi

“O'zbekinvest” eksport-import milliy sug'urta kompaniyasi respublikamizdagi sug'urta bozorining yetakchilaridan biri hisoblanadi. Yildan-yilga mijozlar sonining ortishi bilan sug'urtalangan shaxslardan kelib tushayotgan da'volar asosidagi sug'urta qoplamalari to'lovlarining tartibi ham amalga oshirilmoqda. Shu tariqa, joriy yilning 9 oyi yakunlari bo'yicha, O'zbekinvest kompaniyasi tomonidan turli sug'urta shakllari bo'yicha 4133 ta sug'urta da'vosi tartibga solindi.

Da'vo – sug'urta hodisasi yuz berganidan so'ng sug'urtalanuvchi, uning vorisi yoki uchinchi shaxs tomonidan yetkazilgan zararni qoplash bo'yicha talab qilingan murojaatidir. Da'voni taqdim qilish va tartibga solish tartibi sug'urtalash qoidalarida belgilab beriladi. Odatda, shikoyat yozma shaklda sug'urtalanuvchi blankida rasmiylashtiriladi. Unda sug'urta hodisasining dalillari va mavjud jihatlari keltirilib, yirik zarar qayd etilgan holda, adjaster tomonidan tekshiriladi.

“Joriy yilning 9 oyi yakunlari bo'yicha, O'zbekinvest kompaniyasi tomonidan turli sug'urta shakllari bo'yicha 4133 ta sug'urta da'volari tartibga solindi. Ulardan 69 ta da'vo bo'yicha sug'urta qoplamasini to'lab berish rad etildi, ya'ni ko'rib tuganingizdek, bu to'langan sug'urta qoplamalari umumiy hajmining atigi 1,6 foizini tashkil qilmoqda. Rad etishlarga asosan sug'urtalangan ob'ektning shikastlanishi yuz bergan sabab sug'urta shartlari bilan qoplanmasligi yoki mijoz sug'urta hodisasi ta'n olinishi va qoplama to'lab berilishi uchun yetarlicha hujjatlar to'plamini taqdim etmagani yoki istamagani sabab bo'ldi. Ko'rilayotgan davrda sug'urta qoplamalari hajmi 9 mlrd. so'mni tashkil qilib, ulardan yuridik shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar bo'yicha 6,4 mlrd. so'm, jismoniy shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar asosida 2,6 mlrd. so'm to'lab berildi”, – deya qayd etdi «O'zbekinvest» EIMSK sug'urta da'volarini ko'rib chiqish departamentining menejer assisitenti Bahodir Yusupov.

Qayd etish kerakki, majburiy sug'urta turlari bo'yicha “O'zbekinvest” kompaniyasining to'lavlari hajmi 4,7 mlrd. so'mni, ixtiyoriy sug'urta turlari bo'yicha esa – 4,3 mlrd. so'mni tashkil qildi. 9 oy yakunlari bo'yicha, to'lovlar amalga oshirilgan eng keng tarqalgan sug'urta turlari – mulk, avtotransport va yuklar sug'urtasi bo'ldi. Xususan, yuklar bo'yicha 280 mln. so'm, ko'chmas mulk bo'yicha – 540 mln. so'm va avtotransport bo'yicha – 350 mln. so'mga teng to'lovlar amalga oshirildi. Bular bo'yicha eng tez-tez takrorlangan holatlar yo'l-transport hodisalari va tabiiy ofatlar bo'ldi.

Bundan tashqari, majburiy sug'urta turlari bo'yicha maksimal to'lovlar hajmi Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini sug'urta qilishga to'g'ri kelmoqda. Mazkur sug'urta turi bo'yicha to'lovlar hajmi 2,4 mlrd. so'mni tashkil qildi. Aytish joizki, bu kabi yirik to'lovlar hajmi sug'urta shartnomalari sonining ortishi bilan bog'liq. Vaholanki, sanoat sohasi korxonalarida baxtsiz hodisalar yuz berishi ehtimoli yuqori bo'lib, sug'urtachi ular bo'yicha qoplamalarni to'lab berishi shart. Shunday qilib, 9 oy davomida O'zbekinvest kompaniyasi tomonidan ushbu yo'nalishda 2,4 mlrd. so'm to'lovlar amalga oshirildi.

Qo'shimcha qilish joizki, O'zbekinvest kompaniyasiga sug'urta to'lovi bo'yicha murojaat ham yozma shaklda, ham elektron pochta orqali kompaniya saytiga yoki polisda ko'rsatilgan telefon raqami yordamida taqdim qilinishi mumkin.