You are here

"O'zbekinvest" eksport-import milliy sug'urta kompaniyasi xalqaro hamkorlikni kengaytirmoqda

Jumladan, xalqaro sug'urta bozorida Marsh, Cooper Gay, AFM Insurance, AON Kazakhstan, AsiaRe, Cooper Gay, ENC Plus, Guy Carpenter, Jiang Tai, Malakut, Willis CIS, Komill Global NR Service kabi 20dan ortiq brokerlik tashkilotlari bilan mustahkam aloqalar o'rnatilgan.


 

Shuningdek, Alfa Straxovaniye, Allianz, Arab Insurence Group, CNA International, Eurasia Insurance, Ingostrakh, Korean Re, Trust Re kabi 20 dan ortiq qayta sug'urtalash kompaniyalari bilan hamkorlik qilib kelinmoqda.

2014 yil davomida “O'zbekinvest” kompaniyasi tomonidan qariyb 7,4 mlrd. so'm miqdorida qayta sug'urtalash mukofoti olingan bo'lib, bu 2013 yilga nisbatan 1138,19 % ga ko'pdir. Qayta sug'urtaga ketgan mukofotlar hajmi esa 32,8 mlrd. so'mni tashkil etdi.

Shu o'rinda ta'kidlash joizki, “O'zbekinvest” kompaniyasi xalqaro sug'urta bozorida o'z mavqeyiga ega bo'lib va o'z ulishini oshirish maqsadida xalqaro sug'urta bozori sub'ektlari bilan doimiy ravishda ishlar olib bormoqda. Jumladan O'zbekinvest kompaniyasi Koreyaning qayta sug'urta brokeri “Komil Global” bilan samarali hamkorlik qilib kelmoqda. “Komil Global”ning Prezidenti Choy janoblari bilan kompaniyada o'tkazilgan uchrashuvning maqsadi rejalashtirilgan yirik loyihalarni sug'urtalash va qayta sug'urtalash bo'yicha muzokaralar olib borishdir. Muzokaralar davomida tomonlar hamkorlikni yanada rivojlantirish va yangi loyihalar bilan ishlar olib borish bo'yicha o'z takliflarini berdilar. Muzokaralar natijasida tomonlar bir qancha bajarilishi kerak bo'lgan ishlar va vazifalarni belgilab olishdi.

Bundan tashqari “Skala Straxovoy broker” MCHJ, Koreyaning “HIS Insurance Services Co. LTD” va Londonning Willis Limited brokerlari bilan sug'urta brokerlik xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha shartnomalar, Koreyaning KSure Savdo sug'urta korporatsiyasi bilan o'zaro hamkorlik bo'yicha memorandum imzolandi. Shuningdek, “O'zbekinvest” kompaniyasining xalqaro sug'urta bozorida salohiyatini mustahkamlash maqsadida Bern Ittifoqi investitsiyalari va eksport kreditlarini sug'urtalovchilari uyushmasi Praga klubi, Kazeksportgarant va boshqa tashkilotlar bilan turli uchrashuv va tajriba almashishlar tashkil etilib, o'zaro hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha kelishuvlarga erishildi.