You are here

Majburiy sug’urta orqali tashuvchilarning mulkiy manfaatlari himoya qilinadi

Parlament quyi palatasida O’zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi farksiyasining navbatdagi yig’ilish bo'lib o’tdi. Unda Qonunchilik palatasi majlisi muhokamasiga kiritilishi rejalashtirilayotgan bir qator qonun loyihalari muhokama qilindi. Dastlab deputatlar «Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida»gi qonun loyihasini ikkinchi o’qishda ko’rib chiqishdi.

Ta’kidlash kerakki, loyiha majburiy sug’urta orqali O’zbekiston hududida barcha turdagi transport vositalarida tashishni amalga oshirishda yo’lovchilarning hayoti, sog’lig'i va mol-mulkiga yetkazilgan zarar o’rnining qoplanishini kafolatlashga qaratilgan. Muhokamada ta’kidlanganidek, bu harajatlarni kamaytirish yo’li bilan tashuvchilarning mulkiy manfaatlari himoyasini ta’minlaydi.

Shuningdek, ushbu qonun loyihasi yangi ish o'rinlarini yaratish, sug'urta bozori va transport infratuzilmasini rivojlantirish, ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga imkon beradi. Mazkur qonun loyihasi muhokamasida fraksiya a’zolari faol ishtirok etib, uni takomillashtirish bilan bog’liq amaliy taklif va tavsiyalar berishdi hamda uni ikkinchi o'qishda qo’llab-quvvatlashdi.

Ushbu qonunning qabul qilinishi ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish, shuningdek bir qator qonun hujjatlarini o’z kuchini yo'qotgan, deb topishni taqozo qiladi. Shu munosabat bilan umumiy foydalanishdagi havo, temir yo’l, ichki suv va avtomobil transporti yo’lovchilarining majburiy shaxsiy sug’urtasi o’rniga tashuvchining fuqarolik javobgarligi majburiy sug’urtasini amalga oshirish va bu boradagi majburiyatning tashuvchilar tomonidan bajarilishini ta’minlash hamda uni nazorat qilish mexanizmini yaratish maqsadida qator qonunlar qayta ko’rib chiqilmoqda.