You are here

"O'ZBEKINVEST HAYOT" SK investitsiyalari 2015 yilda 137% dan ziyodga o'sdi

"O'ZBEKINVEST HAYOT" SK investitsiyalari 2015 yilda 137% dan ziyodga o'sdi - O'zbekiston yangiliklari

Hayotni sug'urtalovchi kompaniyalarda investitsiya faoliyati xuddi sug'urta faoliyatidek ahamiyatga egaligini hisobga olsak, mablag'larni oqilona joylashtirish  layf-kompaniyalar ishini muhim qismidir.

Shu yilning 5 oyi mobaynida “O'zbekinvest Hayot” SK turli moliya instrumentlariga 25,1 mlrd so'mdan ziyod investitsiya kiritdi. Kompaniyainvestitsiya  portfelining tuzulmasi esa, 2014 yilning shu davri bilan solishtirganda, yangi yo'nalish, ya'ni boshqa yuridik shaxslarning nizom kapitalida ishtirok etish hisobiga o'zgardi. Shunga qaramay, asosiy ulush avvalgidek, investitsiyalashning eng daromadli manbalari hisobiga to'g'ri kelmoqda. Bular – tijorat banklaridagi depozitlar va qimmatli qog'ozlar bo'lib, ularga investitsiya qo'yilmalarining 84,5 foizga yaqini yo'naltirildi va ularning har biri deyarli teng ulushga ega bo'ldi.

 Shu tariqa, hisobot davrida “O'zbekinvest Hayot” SK investitsion qo'yilmalari hajmining o'sishi 2014 yilning 1 iyun holatidagi natijalar bilan solishtirganda 137,5% dan ziyodni tashkil qildi.

 Investitsiya faoliyatini Kompaniya ixtisoslashgan – hayotni uzoq muddatga sug'urtalashdan kelib chiqib kengaytirish zarurligini hisobga olib, joriy qo'yilmalar rentabelligini baholash va investitsiya bozoridagi takliflarni o'rganish bo'yicha muntazam ish olib borilmoqda.

 "UzReport"