Qashqadaryoda «Uyingizni foydali himoyalang» aksiyasi o'tkazildi

chop etish versiyasi
24.12.2018

Joriy yilning 21-dekabr kuni «O'zbekinvest» milliy sug'urta kompaniyasi tomonidan o'tkazilgan «Uyingizni foydali himoyalang» aksiyasining Qashqadaryo viloyatidagi g'oliblarini taqdirlash marosimi o'tkazildi.

Kompaniya mijozlari, hamkorlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan ushbu tadbirda aksiyaning 10 nafar g'olibiga qimmatbaho zamonaviy maishiy texnika vositalari topshirildi.

Tasodifiy raqamni tanlash yo'li orqali kompaniyaning Qashqadaryo viloyatidagi quyidagi omadli mijozlari g'olib deb topildi va qimmatbaho sovg'alar egalariga aylanishdi:

  1. Nizomov Behruz (elektron choynak)
  2. Elomonova Fazilat (mikser)
  3. Safarov Abdulaziz (buterbrotnitsa)
  4. Rustamova Dilbar (dazmol)
  5. Yarashov Dadash (miniduxovka)
  6. Sayidov Istam (mikroto'lqinli pech)
  7. Jo'rayev Shuhrat (idishlar to'plami - 6 kishi uchun)
  8. Ibragimov Obid (elektron go'sht maydalagich)
  9. Samandarova Norbibi (konditsioner)
  10. Berdiyev G'ayrat (muzlatgich)

G'oliblarni tabriklaymiz va aksiyaning barcha ishtirokchilariga kompaniyaga bo'lgan ishonchi uchun minnatdorchilik bildiramiz.

 
 

«O'zbekinvest» EIMSK Axborot xizmati