Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o'rtasida shaxmat turniri o'tkazildi

chop etish versiyasi
20.12.2018

2018-yilning 19-dekabr kuni Toshkent shahridagi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o'rtasida shaxmat bo'yicha xayriya musobaqa o'tkazildi. Unda “O'zbekinvest” milliy sug'urta kompaniyasi, O'zbekiston shaxmat federatsiyasi, Toshkent shahar Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, OAV vakillari hamda mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari ishtirok etishdi.

“O'zbekinvest” kompaniyasi homiyligida tashkil etilgan ushbu turnirda SOS-bolalar mahallasi, 22-, 23- va 30-sonli mehribonlik uylaridan 30 nafar yosh sportchilar dona surdilar.

Turnir yakuniga ko'ra, SOS-bolalar mahallasi birinchi, 22-sonli mehribonlik uyi ikkinchi va 23-sonil mehribonlik uyi uchinchi o'rinni egalladi.

Musobaqa g'oliblari va barcha ishtirokchilariga esdalik va qimmatbaho sovg'alar topshildi.

 
 

“O'zbekinvest” EIMSK Axborot xizmati