Namanganda «Uyingizni foydali himoyalang» aksiyasining g'oliblari aniqlandi

chop etish versiyasi
12.12.2018

Joriy yilning 11-dekabr kuni «Uyingizni foydali himoyalang» aksiyasining Namangan viloyatidagi g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbirda «O'zbekinvest» milliy sug'urta kompaniyasi mijozlari, hamkorlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Joriy yilning 1-avgustidan 30-noyabrigacha «Mening uyim – mening Vatanim» sug'urta polisini sotib olgan kompaniya mijozlari o'rtasida o'tkazilgan «Uyingizni foydali himoyalang» aksiyasi respublikamizning barcha hududlarini qamrab oldi va unda 21 ming nafarga yaqin yurtdoshlarimiz ishtirok etdi.

Tasodifiy raqamni tanlash yo'li orqali kompaniyaning Namangan viloyatidagi quyidagi omadli mijozlari g'olib deb topildi va qimmatbaho sovg'alar egalariga aylanishdi:

  1. Yoqubov Ismoiljon (elektron choynak)
  2. Kirgizov Eldor (mikser)
  3. Azizova Robiyajon (buterbrotnitsa)
  4. Obidjonov Mirzohid (dazmol)
  5. Mutalliyev O'tkir (miniduxovka)
  6. Abbosov Nizomjon (mikroto'lqinli pech)
  7. Karimov Abdumo'min (idishlar to'plami - 6 kishi uchun)
  8. Zohidova Ra'no (elektron go'sht maydalagich)
  9. Umarova Saboatjon (konditsioner)
  10. Musayeva Ma'rifoy (muzlatgich)

G'oliblarni tabriklaymiz va aksiyaning barcha ishtirokchilariga kompaniyaga bo'lgan ishonchi uchun minnatdorchilik bildiramiz.

«O'zbekinvest» EIMSK Axborot xizmati