«O'zbekinvest» kompaniyasi oktabr oyida 4,4 mlrd. so'm sug'urta qoplamalarini to'lab berdi

chop etish versiyasi
02.10.2017

«O'zbekinvest» eksport-import milliy sug'urta kompaniyasi tomonidan joriy yilning oktabr oyida mijozlardan kelib tushgan 407 ta sug'urta hodisasi bo'yicha da'volar ko'rib chiqilib, jami 4,4 mlrd. so'm sug'urta qoplamalari to'lab berildi.

Ta'kidlash kerakki, mijoz va kompaniya o'rtasida tuzilgan sug'urta shartnomasiga muvofiq qabul qilingan majburiyatlarni bajarish, korxona va tashkilotlar, tadbirkorlik sub'ektlari va jismoniy shaxslar mol-mulki, sog'lig'i va hayotiga baxtsiz hodisa oqibatida yetkadigan zararni qoplab berish «O'zbekinvest» kompaniyasi faoliyatining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.

2017-yilning oktabr oyi davomida to'lab berilgan sug'urta da'volarining 65 foizi yuridik shaxslardan kelib tushgan bo'lsa, 35 foizi jismoniy shaxslar hissasiga to'g'ri keladi.

Joriy yilning faqat oktabr oyida to'lab berilgan ayrim sug'urta qoplamalariga murojaat qilsak, sodir bo'lgan sug'urta hodisalari yuzasidan berilgan da'vo arizalarining ko'rib chiqilishi natijasida qurilish-montaj qaltisliklarini sug'urtalash bo'yicha yetkazilgan zararlarni qoplab berish uchun Toshkent shahrida neftgaz sohasida faoliyat yurituvchi korxonaga 308 mln. so'm, ish beruvchining fuqarolik javobgarligi majburiy sug'urtasi bo'yicha yetkazilgan zararlarni qoplab berish uchun Toshkent shahrida qurilish sohasida faoliyat yurituvchi korxona xodimiga 353 mln. so'm sug'urta qoplamalari to'lab berildi.

Shuningdek, joriy yil boshidan buyon «O'zbekinvest» kompaniyasi o'z mijozlariga jami 16,3 mlrd. so'm sug'urta qoplamalarini to'lab bergan.