Sirdaryoda «Uyingizni foydali himoyalang» aksiyasi o'tkazildi

chop etish versiyasi
28.12.2018

yilning 28-dekabr kuni «O'zbekinvest» milliy sug'urta kompaniyasi tomonidan o'tkazilgan «Uyingizni foydali himoyalang» aksiyasining Sirdaryo viloyatidagi g'oliblarini taqdirlash marosimi o'tkazildi.

Kompaniya mijozlari, hamkorlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan ushbu tadbirda aksiyaning 10 nafar g'olibiga qimmatbaho zamonaviy maishiy texnika vositalari topshirildi.

Tasodifiy raqamni tanlash yo'li orqali kompaniyaning Sirdaryo viloyatidagi quyidagi omadli mijozlari g'olib deb topildi va qimmatbaho sovg'alar egalariga aylanishdi:

  1. Yo'ldoshev Abdumannob (elektron choynak)
  2. Sultonov Ikromjon (mikser)
  3. Alabekov Ahatqul (buterbrotnitsa)
  4. Umarova Sayyora (dazmol)
  5. Boyboyev Murod (miniduxovka)
  6. Kuchiyeva Gulnora (mikroto'lqinli pech)
  7. Umarov Abrorjon (idishlar to'plami - 6 kishi uchun)
  8. Gaipova Nazira (elektron go'sht maydalagich)
  9. Qarshieva Guzal (konditsioner)
  10. Jumaboyev Behruz (muzlatgich)

G'oliblarni tabriklaymiz va aksiyaning barcha ishtirokchilariga kompaniyaga bo'lgan ishonchi uchun minnatdorchilik bildiramiz.

«O'zbekinvest» EIMSK Axborot xizmati