«Sug'urta sohasini yoritgan eng faol jurnalist» tanlovi to'g'risida E'LON

chop etish versiyasi
29.12.2017

Mamlakatimizda aholining sug'urtaga oid xabardorlik darajasini oshirish, sohaga oid qabul qilinayotgan qonun hujjatlari va ularga kiritilayotgan o'zgartirishlar, «O'zbekinvest» eksport-import milliy sug'urta kompaniyasi tomonidan ko'rsatilayotgan xizmatlar, sug'urta qoidalari, sug'urta shartnomasi shartlari, sug'urta da'volarini ko'rib chiqish tartibi va sug'urtaga oid boshqa masalalar to'g'risida keng jamoatchilikni xabardor etishda ommaviy axborot vositalari, jurnalistlar ishtiroki va rolini oshirish, ularni rag'batlantirish maqsadida «O'zbekinvest» eksport-import milliy sug'urta kompaniyasi «Sug'urta sohasini yoritgan eng faol jurnalist» tanlovini e'lon qiladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun nomzod quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:

  1. «O'zbekinvest» eksport-import milliy sug'urta kompaniyasi nomiga tanlovda qatnashish to'g'risida murojaat – erkin xat.
  2. ommaviy axborot vositalarida 2018-yilning 1-yanvaridan 1-iyunigacha bo'lgan davrda e'lon qilingan, sug'urta sohasi yoritilgan ijodiy ishlar[i] ro'yxati (shu jumladan, ularning nusxasi).

Mukofotlar:

birinchi o'ringa – tashakkurnoma va noutbuk

ikkinchi o'ringa – tashakkurnoma va planshet

uchinchi o'ringa – tashakkurnoma va mobil telefon

Bundan tashqari Mustaqil ekspert komissiyasi xulosasi va takliflari asosida Tanlov ishtirokchilariga nominatsiyalar bo'yicha rag'batlantiruvchi esdalik sovg'alari topshirilishi mumkin.

Hujjatlar 2018-yil 2-iyun soat 1700 gacha qabul qilinadi.

Tanlovda ommaviy axborot vositalari muxbirlari, mustaqil jurnalistlar, blogerlar va boshqalar ishtirok etishi mumkin.

Tanlovning yakuniy taqdirlash marosimi 2018-yil iyun oyining ikkinchi yarmida, 27-iyun – matbuot va OAV xodimlari kuni munosabati bilan o'tkaziladi.

Tanlov uchun murojaatlar quyidagi manzilda qabul qilinadi: Toshkent shahri, 100017, Abdulla Qodiriy ko'chasi, 2-uy. (yoki site-admin@uzbekinvest.uz elektron pochtasiga).

Hujjatlar to'g'ridan-to'g'ri topshirilganda, arizalar «O'zbekinvest» eksport-import milliy sug'urta kompaniyasi bosh binosida shanba va yakshanba kunlaridan tashqari har kuni soat 900 dan 1800 gacha qabul qilinadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun qo'shimcha ma'lumotlarni www.uzbekinvest.uz sayti yoki +99871 120-03-53 telefon raqami orqali olish mumkin.

Tanlovda faol ishtirok eting va g'oliblikni qo'lga kiriting!

Tanlov tashkiliy qo'mitasi

[i] «O'zbekinvest» kompaniyasi faoliyati va kompaniya tomonidan ko'rsatilyotgan xizmatlarga bag'ishlangan ijodiy ishlarga alohida e'tibor beriladi. Materiallar o'zbek, rus va ingliz tillarida bo'lishi mumkin.