«Uyingizni foydali himoyalang» aksiyasi yakunlandi

chop etish versiyasi
29.12.2018

2018-yilning 29-dekabr kuni «O'zbekinvest» milliy sug'urta kompaniyasi tomonidan o'tkazilgan «Uyingizni foydali himoyalang» aksiyasining Toshkent shahri, Toshkent va Farg'ona viloyatlaridagi g'oliblarini taqdirlash marosimi o'tkazildi.

Kompaniya mijozlari, hamkorlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan ushbu tadbirda aksiyaning g'oliblari aniqlanib, ularga qimmatbaho zamonaviy maishiy texnika vositalari topshirildi.

Ta'kidlash kerakki, kompaniyaning imijini oshirish, sug'urta xizmatlarini targ'ib qilish va aholining sug'urta haqidagi xabardorlik darajasini oshirish maqsadida qator reklama-marketing aksiyalarini o'tkazish yaxshi an'anaga aylangan. Xususan, 2018-yilda majburiy avtosug'urta polisini sotib olgan mijozlar o'rtasida «Omadli polis sohibi» marketing aksiyasi o'tkazilib, g'oliblariga zamonaviy qimmatbaho maishiy texnika vasitalari, Rossiyada bo'lib o'tgan Futbol bo'yicha jahon chempionati o'yinlariga yo'llanmalar taqdim etuvchi «Jahon futboli ishqibozi» va O'zbekiston Respublikasi mutaqiligining 27 yilligi arafasida «Men O'zbekistonni sevaman» aksiyalari o'tkazildi.

Ushbu tadbirlarning navbatdagisi sifatida joriy yilning 1-avgustidan 30-noyabrigacha «Mening uyim – mening Vatanim» sug'urta polisini sotib olgan mijozlar o'rtasida «Uyingizni foydali himoyalang» aksiyasi o'tkazildi. Aksiya respublikamizning barcha hududlarini qamrab oldi va unda 21 ming nafarga yaqin yurtdoshlarimiz ishtirok etdi.

Tasodifiy raqamni tanlash yo'li orqali quyidagi omadli ishtirokchilar g'olib deb topildi va qimmatbaho sovg'alar egalariga aylanishdi:

Elektron choynak – Normatova Dilovar (Toshkent viloyati)

Mikser – Zokirov Shukuriddin (Toshkent shahri)

Toster – Xolmatov Muhammad (Toshkent viloyati)

Dazmol – Haitmatov Ergashvoy (Toshkent viloyati)

Miniduxovka – Azimov O'tkir (Toshkent viloyati)

Mikroto'lqinli pech – Turdiyeva Malohat (Toshkent viloyati)

Idishlar to'plami (6 kishi uchun) – Rahimov Toir (Toshkent viloyati)

Elektron go'sht maydalagich – Zokirova Sharipa (Toshkent viloyati)

Konditsioner – Umaraliyev Yodgor (Toshkent viloyati)

Muzlatgich – Tashpo'latov Sohibjon (Toshkent viloyati)

G'oliblarni tabriklaymiz va aksiyaning barcha ishtirokchilariga kompaniyaga bo'lgan ishonchi uchun minnatdorchilik bildiramiz.

«O'zbekinvest» EIMSK Axborot xizmati