“O'zbekinvest” kompaniyasi homiyligida shaxmat turniri boshlandi

chop etish versiyasi
05.04.2019

Mamlakatda shaxmatni yanada rivojlantirish, yoshlarni va havaskor va malakali shaxmatchilarni musobaqalarga jalb qilish maqsadida O'zbekiston Shaxmat Federatsiyasi, “Central Chess Club” shaxmat klubi hamda “O'zbekinvest” milliy sug'urta kompaniyasi hamkorligida joriy yil 3-apreldan 12-aprelga qadar poytaxtimizdagi Xalqaro Shaxmat Akademiyasida “Toshkent bahori 2019” reyting musobaqasi bo'lib o'tadi.

2013-yildan buyon an'anaviy tashkil etilayotgan ushbu nufuzli musobaqada respublikaning barcha hududlaridan 150 nafarga yaqin sportchilar ishtirok etmoqda.

Turnir elektron soatlarda shveytsar tizimi bo'yicha o'tkaziladi. 9 tur davom etadigan musobaqa 2 guruhga bo'lingan holda tashkil qilinadi - A va B - A guruhi asosiy guruh bo'lib, xalqaro reytingga ega shaxmatchilar ishtirok etadi. B guruhida esa 2006-yilda tug'ilgan bolalar qatnashadilar.

A va B guruhi g'oliblari o'z yosh toifasida o'tkaziladigan O'zbekiston chempionatida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadilar.

“O'zbekinvest” milliy sug'urta kompaniyasi barcha ishtirokchilarga omad tilaydi.

«O'zbekinvest» EIMSK Axborot xizmati