“O'zbekinvest” kompaniyasi homiyligida o'tkazilgan shaxmat turniri g'oliblari aniqlandi

chop etish versiyasi
12.04.2019

Joriy yilning 3-aprelidan 12-apreliga qadar poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida an'anaviy “Toshkent bahori 2019” reyting musobaqasi bo'lib o'tdi. Ushbu nufuzli musobaqa O'zbekiston shaxmat federatsiyasi, “Central Chess Club” shaxmat klubi hamda joriy yil 13-aprel sanasida o'zining 25 yilligini nishonlayotgan “O'zbekinvest” milliy sug'urta kompaniyasi hamkorligida tashkil etildi.

2013-yildan buyon an'anaviy o'tkazilib kelinayotgan “Toshkent bahori” musobaqalarining joriy yildagi turnirlarida respublikaning barcha hududlaridan 150 nafarga yaqin sportchilar ishtirok etdi.

Umumiy sovrin jamg'armasi 6 400 000 so'mni tashkil etgan turnir elektron soatlarda shveytsar tizimi bo'yicha o'tkazildi. 9 tur davom etgan musobaqa 2 (A va B) guruhga bo'lingan holda tashkil qilindi. A guruhi asosiy guruh bo'lib, xalqaro reytinga ega shaxmatchilar ishtirok etdi. B guruhida esa 2006-yilda tug'ilgan bolalar qatnashdi.

A guruhi g'olib va sovrindorlari:

1-o'rin – Rahmatullayev Almas

2-o'rin – Safarov Doniyor

3-o'rin – Madaminov Muhiddin

Faxriylar orasida eng yaxshi natija:

1-o'rin – Yuldashev Shavkat

Qizlar orasida eng yaxshi natijalar:

1-o'rin – Yuliya Xegay

2-o'rin – Sardorova Robiyaxon

10 yoshgacha o'g'il-qizlar orasida eng yaxshi natija:

1-o'rin – Omonov Asrorjon

12 yoshgacha o'g'il-qizlar orasida eng yaxshi natija:

1-o'rin – Suyarov Muhammadzohid

14 yoshgacha o'g'il-qizlar orasida eng yaxshi natija:

1-o'rin – Faxriddinxo'jayev Umarxon

16 yoshgacha o'g'il-qizlar orasida eng yaxshi natija:

1-o'rin – Bahrillayev Bahrom

B guruhi g'olib va sovrindorlari:

1-o'rin – Rahmatullaeyv Akjol

2-o'rin – Umarov Behruz

3-o'rin – Avazxonov Alixon

Turnir yakunida musobaqaning g'olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan pul va boshqa esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

A va B guruhi g'oliblari o'z yosh toifasida o'tkaziladigan O'zbekiston chempionatida ishtirok etish huquqiga ega bo'lishdi.

“O'zbekinvest” milliy sug'urta kompaniyasi shaxmat musobaqasining barcha ishtirokchilari va g'oliblarini tabriklaydi!

«O'zbekinvest» EIMSK Axborot xizmati