«O'zbekinvest» milliy sug'urta kompaniyasi 5 ta oilaviy juftlikka Dubayga sayohat yo'llanmasini taqdim etdi

chop etish versiyasi
05.02.2019

«O'zbekinvest» milliy sug'urta kompaniyasi sug'urta xizmatlarini ommalashtirish va sug'urta himoyasi afzalliklarini aholi o'rtasida keng targ'ib qilish maqsadida 2018-yilning 1-oktabridan 2019-yilning 31-yanvariga qadar «Dubayga sayohat» aksiyasini o'tkazdi.

Ushbu aksiya doirasida transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish polisini «O'zbekinvest» milliy sug'urta kompaniyasidan xarid qilgan 5 ta oilaviy juftlik, ya'ni 10 nafar omadli mijozga Dubayga bir haftalik sayohat yo'llanmasini qo'lga kiritish imkoniyati taqdim etildi. Yo'llanma Dubay shahriga borib-kelish avia chiptasi, besh yulduzli mehmonxonada yashash, viza, sug'urta va transfer xarajatlari hamda aksiya g'olibidan olinadigan daromad solig'ini o'z ichiga olgan.

Tadbirning ommaviy axborot vositalarida keng targ'ib qilinishi natijasida respublikamizning barcha hududlaridan qariyb 22 ming nafar yurtdoshlarimiz aksiyada qatnashdi. Ayniqsa, Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo, Navoiy va Farg'ona viloyatlari aholisi ko'proq faollik ko'rsatgan.

Joriy yilning 5-fevral kuni poytaxtimizdagi «Samarqand darvoza» savdo markazida taniqli sport yulduzlari – Rio 2016 Olimpiya o'yinlari chempioni, jahon chempioni, ikki karra Osiyo chempioni Ruslan Nuriddinov, Rio 2016 Olimpiya o'yinlarining oltin medali sohibi, ikki karra Osiyo chempioni Hasanboy Do'smatov, dzyudo bo'yicha ikki karra jahon chempioni, uch karra Olimpiya o'yinlarining bronza medali sohibi Rishod Sobirov, 2012 va 2016-yillardagi Olimpiya o'yinlari ishtirokchisi, 2015-yildagi jahon chempionati kumush medali, Osiyo o'yinlarining bronza medali sohibi Ixtiyor Navro'zov hamda ommaviy axborot vositalari va savdo markazi tashrif buyuruvchilari ishtirokida shaffof tarzda aylanma barabandan tasodifiy raqamni tanlash yo'li orqali omadi kulgan 5 ta oilaviy juftlik, ya'ni 10 nafar yurtdoshlarimiz g'olib deb topildi va ularga Dubayga sayohat yo'llanmasi tantanali taqdim etildi.

Shuningdek, tadbir davomida sug'urtaga oid qiziqarli savollarga javob bergan tadbir ishtirokchilariga ham kompaniya tomonidan esdalik sovg'alar taqdim etildi.

Aksiya ishtirokchilari va g'oliblari joriy yilda o'zining 25 yillik yubileyini nishonlayotgan «O'zbekinvest» milliy sug'urta kompaniyasiga o'z minnatdorchiligini, kompaniya faoliyatiga rivoj va kompaniyaning doimiy mijozi bo'lish istagini bildirdilar.

«Dubayga sayohat» aksiyasi g'oliblari:

  1. Hasanova Madina Ahat qizi (Toshkent shahri).
  2. Berdiyorov Bahodir Jaylavovich (Sirdaryo viloyati).
  3. Xolmirzaнev Furqat Qayumovich (Toshkent viloyati).
  4. Karimov Fozilbek Qamariddinovich (Xorazm viloyati).
  5. Mardonov Asatilla Urozaliyevich (Samarqand viloyati).

«O'zbekinvest» EIMSK Axborot xizmati