Tarkibiy bo'linmalar

chop etish versiyasi

Bosh direktor yordamchisi

Maxmudov Avzal Mamajonovich

Tel: (78) 120-03-50

secretary@uzbekinvest.uz

KOTIBIYATNING VAZIFALARI

  1. Yuqori tashkilotlar va idoralar hamda Kompaniyaning tarkibiy va hududiy tuzilmalari oʻrtasida hujjatlar bilan taʼminlanishi boʻyicha ishlarni tashkil qilish, boshqarish, muvofiqlashtirish, nazorat qilish va amalga oshirish.
  2. Bosh direktor qabulxonasi, Bosh direktor oʻrinbosari qabulxonasi, Kompaniyaning Nazorat guruhi va arxivi ishini tashkil qilish.
  3. Bosh direktorning koʻrsatmalari va topshiriqlarining ijrosini tashkil qilish va amalga oshirish.
  4. Bosh direktorga nomiga keluvchi hujjatlar, korrespondentsiya va boshqaruvchi organlardan keluvchi topshiriqlarni koʻrib chiqish va maʼlumot berish uchun tayyorlash.
  5. Bosh direktor imzosi ositada tayyorlangan xatlar va boshqa hujjatlarning sifatini nazorat qilish.
  6. Bosh kompaniya, hududiy filiallar va ixtisoslashgan shoʻʼba korxonalardagi ijro intizomi holatini monitoringini oʻtkazish.

Bosh menejer vazifasini vaqtincha bajaruvchisi

Abdullayev Abdulaziz Ravshan oʻgʻli

Tel: (71) 235-94-27

strategy@uzbekinvest.uz

DEPARTAMENTNING VAZIFALARI

  1. Kompaniya faoliyati rivojlanishining sugʻurta xizmatlarining mahalliy va xalqaro bozorlarda taraqqiy etishiga yo’naltirilgan strategik yoʻnalishlarini ishlab chiqilishini taʼminlash.
  2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan respublika iqtisodiyotini rivojlantirishning ustuvor vazifalarini ijro etish maqsadida strategik rejalashtirishni, Kompaniyaning chora-tadbirlari rejasini shakllantirish hamda faoliyatini tahlil qilinishini amalga oshirish.
  3. Kompaniya xizmatlarining barqaror taraqqiy etishi, shuningdek Kompaniyaning ijobiy imidjini shakllantirilishiga qaratilgan marketing strategiyasini ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini taʼminlash.
  4. Kompaniyaning xalqaro ISO 9001:2008 standarti talablaringa muvofiq boʻlgan sifat menejmenti tizimining samarali amal qilishi va doimiy tarzda yaxshilanib borilishini taʼminlash.
  5. Kompaning mijozlarining qanoatlanish darajasini oʻrganish maqsadida, ular bilan bogʻlanish uslublarini takomillashtirish hamda taqdim qilinayotgan xizmatlarning sifatini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
  6. Kompaniyaning ishlab chiqarish faoliyatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarda ishtirok etish, mijozlarga xizmat koʻrsatish texnologiyalarini takomillashtirish.
  7. Respublika miqyosidagi hamda xorij sugʻurta kompaniyalari va moliyaviy institutlar bilan hamkorlikni rivojlantirish va kengaytirishda ishtirok etish.

Bosh menejer

Boltayev Otabek Nagmatovich

Tel: (78) 120-03-68

personnel@uzbekinvest.uz

DEPARTAMENTNING VAZIFALARI

  1. Kompaniyaning ustav vazifalari, strategik maqsadlari, rivojlanish rejalaridan kelib chiqqan holda, Kompaniyaning, uning hududiy tuzilmalarining (filiallarining) tarkibiy tuzilishini shakllantirish va Kompaniya personalini rejalashtirilishini amalga oshirish.
  2. Xodimlarni boshqarishning samarali tizimini yaratish, ishchilarning individual xususiyatlari va kasbiy malakasini hisobga olgan holda, ularning tashabbusli va ijodiy faoliyati uchun shart-sharoitlar yaratish asosida izchil kadrlar siyosatini amalga oshirish.
  3. Rejali ravishda ishga qabul qilish, nomzodlarni koʻrsatish, ularni rotatsiya qilish va joy-joyini almashtirish asosida, ishchilarning malakaviy va kasbiy sifatlarini hisobga olgan holda, xodimlarni tanlab olish tizimini taʼminlash.
  4. Kompaniya ishchilarining mehnat munosabatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga hamda amaldagi ichki meʼyoriy hujjatlarga muvofiq rasmiylashtirish.
  5. Kompaniya talablaridan kelib chiqqan holda, xodimlarni uzluksiz ravishda oʻqitib borish tizimini yaratish va samarador amal qilishi yo’li bilan ishchilarning kerakli boʻlgan darajadagi malakaga ega boʻlishlarini qoʻllab-quvvatlash.
  6. Kompaniyaning barcha tarkibiy tuzilmalarining rahbar lavozimlari uchun amaldagi xodimlar zaxirasini shakllantirish hamda zaxiraga kiritilgan ishchilarni individual oʻqitish rejalariga asosan maqsadga yo’naltirilgan tarzda tayyorlab borilishini taʼminlash.
  7. Kompaniyaning boshqa tarkibiy tuzilmalari bilan birgalikda, har bir ishchining faoliyatiga baho bergan holda ishchilarni moddiy va maʼnaviy rahbatlantirish boʻyicha meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqish va ularning bajarilishini taʼminlash.
  8. Departament faoliyati doirasida Kompaniya sifatni boshqaruv tizimining samarali amal qilishini hamda uning doimiy yaxshilab borilishini taʼminlash.

Xizmat boshligʻi

Vakant

Tel: (78) 120-03-67

audit@uzbekinvest.uz

XIZMATNING VAZIFALARI

  1. Buxgalteriya hisobi tizimiga, tizimdagi maʼlumotlarning ishonchliligi, qonunchilikka rioya etilishi, aktivlarning saqlanganligi, alohida tarkibiy tuzimalarning faoliyati samaradorlini va natijadorligi qismida baho berish
  2. Kompaniyaning ichki buxgalteriya hujjatlarning hisob va hisobotni yuritish borasidagi Oʻzbekiston Respublikasida qoʻyiladigan talablarga muvofiqligini tekshirish.
  3. Kompaniya Direktorlar Kengashini Kompaniya faoliyatini tashkillashtirish boʻyicha yo’lga qoʻyilgan tizimlarning va jarayonlarning samaradorligi yuzasidan ishonarli va mustaqil maʼlumot bilan taʼminlash hamda ularni yanada yaxshilash borasida tavsiyanomalarni ishlab chiqish.
  4. Boshqa auditorlik tashkilotlari bilan hamkorlik munosabatlarini oʻrnatish, Kompaniyada umumiy tashqi audit oʻtkazilishiga koʻmaklashish.
  5. Kompaniyaning tarkibiy tuzilmalariga buxgalteriya hisobini va moliyaviy hisobotni yuritishda uslubiy yordam berish, hududiy filiallar va ixtisoslashgan shoʻʼba korxonalarning buxgalterlariga va mutaxassislariga moliyaviy, soliq, bank va boshqa qonunchilik masalalari yuzasidan maslahat-yordam koʻrsatish.

Departament boshligʻi

Karshibayev Ravshan Karshibayevich

Tel: (78) 120-03-71

law@uzbekinvest.uz

DEPARTAMENTNING VAZIFALARI

  1. Kompaniya va uning tarkibiy tuzilmalarining, ularning rahbarlari faoliyati qonuniyligini taʼminlashda ishtirok etish;
  2. Kompaning va uning tarkibiy tuzilmalari xodimlarining huquqiy madaniyatini oshirishda ishtirok etish;
  3. Kompaning va uning tarkibiy tuzilmalari mulkining butligini saqlashning huquqiy vositalari bilan taʼminlash boʻyicha ishlarni tashkillashtirish;
  4. Kompaniyada huquqiy-shartnomaviy va daʼvo-shikoyat ishlarini yuritishda ishtirok etish;
  5. Sudlar va boshqa idoralarda Kompaniyaning muliky va boshqa manfaatlarini himoya qilish.

Bosh menejer vazifasini bajaruvchi

Rasulov Aziz Safiyevich

Tel: (0 371) 120-03-58

claims@uzbekinvest.uz

DEPARTAMENTNING VAZIFALARI

  1. Sugʻurtalanuvchilar, naf oluvchilar, shuningdek ularning vakillari tomonidan sugʻurta hodisasi natijasidan yetkazilgan zararni qoplab berish toʻgʻrisida berilgan talabnomalar (daʼvolar)ni oʻrnatilgan protseduraga muvofiq ravishda koʻrib chiqish va tartibga solish.
  2. Kompaniyada daʼvo hamda daʼvo-shikoyat ishlarining yuritilishini takomillashtirish.
  3. Sugʻurta hodisasining roʻy berishida aybdor boʻlgan shaxslarga nisbatan regress talabi huquqini amalga oshirish.
  4. Sugʻurta daʼvosini koʻrib chiqilishi bilan bogʻliq boʻlgan daʼvolarda hamda aybdor boʻlgan shaxslarga nisbatan regress talabi huquqini amalga oshirishda sudlarda va boshqa tashkilotlarda oʻrnatilgan tartibda Kompaniyaning manfaatlarini taqdim etish.
  5. Filiallarning hamda «Oʻzbekinvest Assistans» Servis agentligining sugʻurta daʼvolarini koʻrib chiqish masalalaridagi faoliyatini tahlil qilish va uni yaxshilash.
  6. Sugʻurta hamda yuridik kompaniyalari, ekspert tashkilotlari va vakolatli davlat organlari bilan daʼvolarni koʻrib chiqish va tartibga solish borasida oʻzaro hamkorlikni amalga oshirish va rivojlantirish.
  7. Kompaniya sifatni boshqaruv tizimining samarali amal qilishini hamda uning doimiy yaxshilab borilishini taʼminlash.

Bosh menejer

Galimov Ilxom Shavkatovich

Tel: (78) 120-03-70

iti@uzbekinvest.uz

DEPARTAMENTNING VAZIFALARI

  1. Kompaniyaning sugʻurta faoliyati uchun zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish.
  2. Sugʻurta xizmatlarining Internet orqali yoʻlga qoʻyilishiga qaratilgan axborot-amaliy tizimlarni yaratish.
  3. Kompaniyaning sugʻurta, moliya va boshqa faoliyatini boshqarish boʻyicha axborot-tahliliy dasturlarni ishlab chiqish va joriy etish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.
  4. Tarmoqlarni tizim administratorligini amalga oshirish va axborot xavfsizligini taʼminlash.
  5. Kompaniyaning veb-saytini oʻz vaqtida yangilab borilishini taʼminlash, interaktiv sugʻurta xizmatlari koʻrsatilishini taʼminlash.
  6. «Oʻzbekinvest» EIMSKning axborot xavfsizligini taʼminlash boʻyicha Yoʻriqnomasiga (RD-66) muvofiq Kompaniyaning axborot xavfsizligini taʼminlash.
  7. Kompaniya ishchilarining kompьyuter texnikasi, periferik qurilmalar, axborotni aloqa liniyalari orqali uzatish-qabul qilish, dasturiy vositalardan foydalanish masalalaridagi malakasini oshirish.
  8. Departament vakolatlari chegarasida Kompaniya sifatni boshqaruv tizimining samarali amal qilishini hamda uning doimiy yaxshilab borilishini taʼminlash.
  9. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, shuningdek axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi vazirliklar va idoralarning tegishli tuzilmalari bilan hamkorlikni tashkillashtirish.

Boshqarma boshligʻi

Azimov Kamolitdin Sharafutdinovich

Tel: (78) 120-03-55

administration@uzbekinvest.uz

MAʼMURIY XOʻJALIK XIZMATINING VAZIFALARI

  1. Kompaniyaga xoʻjalik xizmat koʻrsatish va moddiy-texnik taʼminlash boʻyicha ishlarni amalga oshirish.
  2. Kompaniya avtotransportining uzluksiz ishlashini taʼminlash, ularni taʼmirlash va texnik koʻrikdan oʻtkazilishini amalga oshirish, yoqilgʻi-moylash materiallari va zarur ehtiyot qismlar bilan taʼminlash.
  3. Kompaniya xodimlarining oʻz mansab majburiyatlarini muvaffaqiyatli bajarishlari uchun zarur boʻlgan mehnat va xavfsizlik shart-sharoitlari bilan taʼminlash.
  4. Kompaniyaning Toshkent shahridagi hududlari va binolarini (Aviasozlar mavzesi, 4-kvartal, 68-uy hamda A.Qodiriy koʻchasi, 2-uy), moddiy-texnik va pul mablagʻlarini oʻgʻirlik va boshqa jinoiy taqdidlardan, yongʻindan, avariyalardan, tabiiy ofatlardan, jamoat tartibsizliklaridan ishonchli himoya qilinishini taʼminlash.
  5. Oʻz faoliyatida Kompaniya sifatni boshqaruv tizimining samarali amal qilishini hamda uning doimiy yaxshilab borilishini taʼminlash.

Etakchi mutaxassis

Norov Ortikxuja Isroilovich

Tel: (78) 120-03-53

site-admin@uzbekinvest.uz

AXBOROT XIZMATINING ASOSIY VAZIFALARI

  1. Kompaniya rahbariyati tomonidan belgilab beriluvchi axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirish.
  2. Kompaniyanig asosiy faoliyati boʻyicha axborot materiallarini milliy ommaviy axborot vositalarida tarqatilishini (nashr etilishini) taʼminlash
  3. Sugʻurta hamda respublikaning tashqi iqtisodiy faoliyati sohasida davlat ustuvorliklarini amalga oshirish doirasidagi Kompaniya faoliyatining dolzarb jihatlariga oid axborotlarni milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida yoritish.
  1. Kompaniyaning Internet-vakolatxonasini doimiy takomillashtirish va yangilab borish, uning samarali ishlashini taʼminlash.
  2. Kompaniyaning PR-faoliyatiga nisbatan jamoat fikrini hamda mahalliy va respublika ommaviy axborot vositalari fikrini tahlil qilish va bu haqda Kompaniya rahbariyatiga maʼlumot berish.
  3. Kompaniyaning ijobiy imidjini shakllashtirishga yo’naltirilgan hamda Kompaniyaning sugʻurta xizmatlari bozorida taraqqiy etishini taʼminlashga qaratilgan doimiy PR-strategiyani amalga oshirish.
  4. Boʻlim faoliyati doirasida Kompaniya sifatni boshqaruv tizimining samarali amal qilishini hamda uning doimiy yaxshilab borilishini taʼminlash.

 

Moliya direktori

Rasulov Aziz Safiyevich

Tel: (78) 120-03-64

accounts@uzbekinvest.uz

BOSHQARMANING VAZIFALARI

  1. Sugʻurta badallarini oʻz vaqtida toʻlash uchun Kompaniya hisob raqamlarini mablagʻlar bilan taʼminlash hamda likvidlik, diversifikatsiya, qaytarish, daromadlilikni hisobga olgan holda Kompaniyaning sugʻurta zaxiralarini joylashtirish samaradorligini taʼminlash.
  2. Kompaniya sugʻurta zaxiralari investitsiyasini tezkor instrumentlar bilan taʼminlash.
  3. Xarajatlar mexanizmi asosida Kompaniya prognoz koʻrsatkichlarini boshqarish va shakllantirish.
  4. Ixtisoslashgan shoʻʼba korxonalar va filiallarni moliyalashtirishni tashkil etish.
  5. Kompaniyaning tezkor boshqaruvi va raqbariyati uchun zarur faoliyat natijalari va xoʻjalik jarayoni haqida ishonchli va batafsil maʼlumotni shakllantirish.
  6. Kompaniya mulki saqlanishi va harakati, qimmatbaho materiallari va pul mablagʻlarining toʻgʻri sarflanishi boʻyicha nazoratni amalga oshirish.
  7. Xoʻjalik-moliyaviy faoliyatda salbiy holatlar boʻyicha oʻz vaqtida ogohlantirish.
  8. Ratsional hisob va iqtisodiy tartibga rioya qilish.
  9. Kompaniyaning sifat menejmenti tizimini doimiy yaxshilash va samarali ishlashini taʼminlash.

Muhandis

Mamatov Axbobjon Akbarovich

Tel: (78)120-03-56

MEHNAT MUHOFAZASI VA TEXNIK XAVFZISLIK BOʻYICHA MUHANDISNING VAZIFALARI

  1. Xavfsiz va sogʻlom mehnat sharoitlarini yaratish boʻyicha ishlarni tashkil etadi, mehnat muhofazasi sohasidagi tadbirlar oʻtkazilishi, Kompaniyada amaldagi qonun hujjatlari, instruksiyalar, mehnat muhofazasi boʻyicha qoida va normalar, texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi, mehnat shartlari boʻyicha belgilangan imtiyozlarning xodimlarga berilishi ustidan nazorat qiladi.
  2. Xavfsiz va sogʻlom mehnat sharoitlarini yaratish boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqadi va joriy etadi, ularning bajarilishini nazorat qiladi.
  3. Ish joylarida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi boʻyicha instruktajga rioya qilinishi nazoratini amalga oshiradi.
  4. Mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasini targʻibotini tashkil etadi.

Bosh menejer

 

Sharipov 

Nurilla Xamidovich

Tel: (78) 120-03-56

n.sharipov@uzbekinvest.uz

DEPARTAMENTNING VAZIFALARI

  1. Tarif stavkalarini belgilash boʻyicha aktuar hisoblarni oʻtkazish.
  2. Sugʻurta turlari boʻyicha sugʻurta zaxiralarini shakllantirish uchun hisobotlarni tayyorlash va majburiy sugʻurta balanslangan portfeli ustidan nazorat qilish.
  3. Kompaniya sugʻurta majburiyatlari boʻyicha qaltisliklarni identifikatsiya qilish va baholash.
  4. Kompaniya sugʻurta faoliyati boʻyicha statistik maʼlumotlarni yigʻish va tahlil qilish.
  5. Birgalikdagi qayta sugʻurta operasiyalarini amalga oshirish orqali qayta sugʻurtalash bozori istiqbollarini oʻrganish.
  6. Ichki va xalqaro qayta sugʻurtalash bozorlarida Kompaniya sugʻurta majburiyatlarini joylashtirish.
  7. Mahalliy eksportchilar kapitali, texnologiyalari, tovar va xizmatlarini siyosiy, tijorat va tadbirkorlik qaltisliklaridan xalqaro bozorda sugʻurta himoyasi bilan taʼminlash.
  8. Sugʻurta himoyasini taqdim etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi investitsion dasturlarini tahlil qilish.
  9. Xalqaro moliya va sugʻurta tashkilotlari, eksport-kredit agentliklari va respublika tijorat banklari bilan hamkorlikni rivojlantirish va kengaytirish.
  10. Majburiy sugʻurta turlarini rivojlantirish va h. k.

 

Bosh menejer

Aminjanov Shuhrat Marifovich          

Tel: (78) 120-03-57

reinsur@uzbekinvest.uz

DEPARTAMENTNING VAZIFALARI

  1. Jismoniy shaxslar kesimida ixtiyoriy, majburiy sugʻurta turlarini va sugʻurta mahsulotlari onlayn savdosini rivojlantirish.
  2. Jismoniy shaxslar uchun yangi sugʻurta mahsulotlarini joriy etish va ilgari surish.
  3. Jismoniy shaxslar kesimida ixtiyoriy sugʻurta turlari boʻyicha taqdim etiladigan xizmatlar hajmini oshirish.
  4. Ixtiyoriy sugʻurta turlari va transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi majburiy sugʻurtasi boʻyicha savdoning yangi va samarali texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish.
  5. Jismoniy shaxslar kesimida hududiy filiallar sugʻurta faoliyati tahlilini amalga oshirish.
  6. Ixtiyoriy sugʻurta turlari, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi majburiy sugʻurtasi va onlayn sugʻurta boʻyicha hududiy filiallarga uslubiy va amaliy yordam koʻrsatish.
  7. Jismoniy shaxslar boʻyicha aholiga taqdim etilayotgan xizmatlar hajmi va koʻlamini kengaytirish yuzasidan hududiy filiallar faoliyatini muvofiqlashtirish va h. k.

Bosh menejer

Mirzoyev Sayfullo Fayzulloyevich

Tel: (78) 120-03-74

sayfullo.mirzoev@uzbekinvest.uz

DEPARTAMENTNING VAZIFALARI

  1. Hududiy filiallarning joriy rivojlantirish rejalarini aniqlashtiradi va ularga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtiradi.
  2. Jismoniy shaxslar va kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subʼektlari uchun sugʻurta xizmatlarini faol targʻib qilish.
  3. Yangi va samarali savdo texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish, Kompaniyaning hududi yfiliallarida yangi sotish kanallarini yaratish boʻyicha ishlarni tashkil etish.
  4. Filiallar sugʻurta faoliyati tahlilini amalga oshirish.
  5. Aholi va kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subʼektlariga taqdim etilayotgan xizmatlarhajmi va koʻlamini kengaytirishni taʼminlash boʻyicha hududiy filiallar faoliyatini muvofiqlashtirish.
  6. Kompaniya xizmatlarini barqaror targʻib qilishga qaratilgan marketing strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek, Kompaniya ijobiy imijini shakllantirishni taʼminlash.
  7. Respublika bozori talablaridan kelib chiqib, xalqaro amaliyotda qabul qilingan yangi sugʻurta mahsulotlari va ularni sotish texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish.

Bosh menejer

Shamsutdinov Baxodir Raximovich

Tel: (78) 120-09-74

b_shamsuddinov@uzbekinvest.uz

DEPARTAMENTNING VAZIFALARI

  1. Seminarlar, treninglar, malaka oshirsh va sugʻurta faoliyatining turli yoʻnalishlari boʻyicha xodimlar malakasini oshirishning boshqa shakllari orqali korporativ oʻqitish va kompaniya xodimlari malakasini oshirishning ichki ishlab chiqarish tizimini yaratish va amalga oshirish.

Bosh menejer

Sharipov Nurilla Xamidovich

Tel: (78) 120-03-56

export@uzbekinvest.uz

DEPARTAMENTNING VAZIFALARI

  1. Tarif stavkalarini belgilash boʻyicha aktuar hisoblarni oʻtkazish.
  2. Sugʻurta turlari boʻyicha sugʻurta zaxiralarini shakllantirish uchun hisobotlarni tayyorlash va majburiy sugʻurta balanslangan portfeli ustidan nazorat qilish.
  3. Kompaniya sugʻurta majburiyatlari boʻyicha qaltisliklarni identifikatsiya qilish va baholash.
  4. Kompaniya sugʻurta faoliyati boʻyicha statistik maʼlumotlarni yigʻish va tahlil qilish.
  5. Birgalikdagi qayta sugʻurta operasiyalarini amalga oshirish orqali qayta sugʻurtalash bozori istiqbollarini oʻrganish.
  6. Ichki va xalqaro qayta sugʻurtalash bozorlarida Kompaniya sugʻurta majburiyatlarini joylashtirish.
  7. Mahalliy eksportchilar kapitali, texnologiyalari, tovar va xizmatlarini siyosiy, tijorat va tadbirkorlik qaltisliklaridan xalqaro bozorda sugʻurta himoyasi bilan taʼminlash.
  8. Sugʻurta himoyasini taqdim etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi investitsion dasturlarini tahlil qilish.
  9. Xalqaro moliya va sugʻurta tashkilotlari, eksport-kredit agentliklari va respublika tijorat banklari bilan hamkorlikni rivojlantirish va kengaytirish.
  10. Majburiy sugʻurta turlarini rivojlantirish va h. k.