You are here

Yuklarni sug‘urtalash

(asosiy shartlar)

Sug‘urta himoyasi

Yuk zararlanishi, nobud bo‘lishi (yo‘qolsa) natijasida ko‘rilgan zarar qoplanadi.

Sug‘urta umumiy qabul qilingan xalqaro standartlar bo‘yicha London sug‘urtalovchilari shartlari asosida amalga oshilib, Siz sug‘urta qoplamasi darajasini o‘zingiz tanlaysiz (to‘liq, qisman yoki eng kam).

1. Barcha qaltislkilar uchun javobgarlik bilan – umumiy va xususiy avariyada to‘lovlarni o‘z ichiga oladigan eng katta qoplama;

2. Xususiy avariya uchun javobgarlik – shartnomada aniq ko‘rsatilgan qaltislkilar qoplanib, «barcha qaltislkilar uchun javobgarlik» shartiga nisbatan kamroq qaltisliklar qoplanadi;

3. Umumiy avariya – qisman zarar qoplanmaydi.

 

Asosiy shartlar

Quyidagilar holatdarda mol-mulk yo‘kolgan yoki zararlangan bo‘lsa, qoplama to‘lanmaydi:

 

- qasddan yoki qo‘pol sovuqqonlikka yo‘l qo‘yilsa, shuningdek masul ishlovchilar tomonidan yuk tashish, jo‘natish va saqlash qoidalari buzilsa;

- tashqi qadog‘i but bo‘lgan holda yuk kamomadi aniqlansa;

- sug‘urtalangan yukning tabiiy sirqib chiqishi, og‘irligini yoki hajmini yo‘kotishi, me’yoriy eskirishi;

- sug‘urtalangan yukning yetarlicha yoki tegishlicha qadoqlanmaganligi yoki tayyorlanmaganligi;

- yetkazib berishning kechikishi, umumiy avariya tartibida qoplanishi lozim bo‘lgan holatlar bundan mustasno;

- hashorat, kemiruvchi, chuvalchanglar tomonidan zarar yetkazilishi.

 

Sug‘urta shartnomasida boshqa istisnolar ham ko‘rsatilishi mumkin.

 

Franshiza

Franshiza (shartsiz) – zararning qoplanmaydigan qismi. Franshiza miqdori qanchalik katta bo‘lsa, Siz bizning xizmatlarimiz uchun shunchalik kam to‘lasiz. Franshiza hisoblangan zarar pulidan chegirib qolinadi.

 

To‘lov tartibi

Yuqning hammasi yoki bir qismi to‘liq nobud bo‘lganda (yo‘kolganda) – sug‘urta puli chegarasida ko‘rilgan zarar miqdorida;

Yukning hammasi yoki bir qismi zararlanganda – sug‘urta puli chegarasida tiklanish xarajatlari miqdorida.

Sug‘urta markazi xizmatingizga muntazir

Tel. (8 371) 147 17 17

e-mail: center@uzbekinvest.uz