You are here

YUQUMLI KASALLIKLARDAN SUG‘URTALASH

Sug‘urta obyekti bo‘lib yuqumli kasallik yuzaga kelishi natijasida Sug‘urtalangan shaxsning moddiy daromadining pasayishi bilan bog‘liq mulkiy manfaatlari hisoblanadi.

Sug‘urta hodisalari bo‘lib Sug‘urta polisi amal qilishi davrida yuzaga kelgan quyidagi hodisalar (yuqumli kasalliklar) hisoblanadi:

 

1. Salmonellez;

2. Oziq-ovqatdan stafilokokli zaharlanish;

3. Botulizm;

4. Ilk marotaba tashhis qo‘yilgan brutsellez;

5. Bo‘g‘ma;

6. Meningokok infeksiyasi;

7. Qoqshol;

8. Qisqichsimon virusli ensefalit;

9. Virusli gepatit:

a) A turi;

b) V turi;

v) virusli deb aniqlangan boshqa gepatit turlari;

10. Quturish;

11. Epidemik parotit (tepki);

12. Qizamiq;

13. Qizilcha;

14. Ko‘kyo‘tal;

15. O‘tkir poliomiyelit.

26.06.2014