“O‘zbekinvest” kompaniyasida “Aktuar faoliyatining fanlararo xususiyati” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi

chop etish versiyasi
02.02.2024

Joriy yilning 2 fevral kuni “O‘zbekinvest” kompaniyasi bosh ofisida Professional aktuarlar uyushmasi (Rossiya) bilan hamkorlikda “Aktuar faoliyatining fanlararo xususiyati” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminar ma’ruzachisi Rossiyadagi yetakchi aktuarlardan biri, Oliy Iqtisodiyot maktabi Ijtimoiy siyosat instituti ilmiy xodimi D.V.Pomazkin bo‘ldi.

Seminarda so‘zga chiqqan “O‘zbekinvest” kompaniyasi Bosh direktori R.Azimov sug‘urta kompaniyaning moliyaviy barqarorligida aktuar hisob-kitoblarning muhimligini ta’kidladi.

Seminar davomida kompaniya xodimlari aktuar faoliyatning funktsiyalarining matematik statistika va ehtimollar nazariyasidagi qo'llash sohalari: sug'urta faoliyati, davlat boshqaruvi, moliya va bank faoliyati kabilar bilan tanishdilar.

Shuningdek, ushbu seminar i.f.n. Pomazkin D.V. va “O‘zbekinvest” kompaniyasi oʻrtasidagi samarali kasbiy hamkorlikning boshlanishi ekanligi taʼkidlandi.