Logistika tavakkalchiliklarini sugʻurtalash

chop etish versiyasi

Bu eksport qilinadigan mahsulotlarni tashish yoki vaqtincha saqlash paytida texnogen va tabiiy hodisalar ta’siri yoki o‘g‘irlik/o‘zlashtirish oqibatida tovarlarga zarar yetkazilishi xavfidan sug‘urtalashdir.  Agar eksport shartnomasi shartlariga muvofiq, sotuvchi tovarlarni yetkazib berish jarayonida uning xavfsizligi uchun javobgar bo‘lsa, eksportchi logistika tavakkalchiliklarini sug‘urtalash polisini sotib olishi o‘rinli bo‘ladi.

QAMROV DOIRASI

Eksportchi sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalanuvchi hisoblanadi.

Sug‘urta predmeti - tashilayotgan yukning tashish yoki vaqtincha saqlash jarayonida  yo‘qotilishi/buzilish yoki to‘liq nobud bo‘lishi natijasida yuzaga kelgan zararlar.

Sug‘urta bilan yo‘ldagi tovarlarga transport tavakkalchiliklari yoki tovarlarni vaqtincha saqlash vaqtida tabiiy yoki texnogen xodisalar ta’siri natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflar  qoplanadi.

Sug‘urta summasi jo‘natilayotgan tovarning miqdoriga asosan belgilanadi.

Sug‘urta shartnomasi bo‘yicha tovon puli zararning 100 foizigacha qoplanadi.

Sug‘urta muddati sug‘urta qildiruvchi arizasiga ko‘ra belgilanadi va odatda tovarlarni tashish muddatiga to‘g‘ri keladi.

Sug‘urta shartnomasi asosida alohida eksport shartnomasi yoki sug‘urta qildiruvchining eksport portfeliga kiruvchi barcha shartnomalar sug‘urta qilinishi mumkin.

SUGʻURTA MAHSULOTI NARXI

Sug‘urta mukofotining miqdori eksport qilinadigan tovarlarning xususiyatlariga, qadoqlanishiga, transport vositasining turiga va tashish yo‘nalishiga qarab belgilanadi.

KERAKLI HUJJATLAR

  • Eksport shartnomasi
  • To‘ldirilgan anketa-ariza

  1. Eksport shartnomasini tuzish;
  2. Eksport shartnomasini TSOYEAT-da ro‘yxatdan o‘tkazish;
  3. Logistika tavakkalchiliklarini sug‘urtalash shartnomasini imzolash;
  4. Shartnoma shartlariga muvofiq mahsulotlarni jo‘natish;
  5. Tashilayotgan yukning yo‘qolishi, to‘liq nobud bo‘lishi yoki zarar ko‘rishi;
  6. Sug‘urta hodisasi yuz bergan taqdirda zararni qoplash.