Kompaniyaning korporativ sug‘urtalash va eksport qaltisliklari sug‘urtasi bo‘yicha faol va samarali ishlab kelayotgan xodimlari taqdirlandi

chop etish versiyasi
19.04.2024

2024 yil 19 aprel kuni “O‘zbekinvest” kompaniyasi Bosh ofisi binosida korporativ va eksport operatsiyalarini sug‘urtalash yuzasidan yo‘nalishlar bo‘yicha belgilangan ko‘rsatkichlarini ijobiy bajargan xodimlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

"O‘zbekinvest" kompaniyasining hududiy filiallari korporativ mijozlarni sug‘urtalash va eksport sug‘urtasi bo‘yicha eng yaxshi mas'ul xodimlar:

  • "Korporativ mijozlarni sug‘urtalash" bo‘yicha eng yaxshi xodim - Yusupov G‘anijon Baxadirovich (Xorazm viloyati)
  • "Eksportyorlarni kompleks sug‘urtalash" bo‘yicha eng yaxshi xodim - Xayrullina Venera Rafikovna (Sirdaryo viloyati)
  • "Investisiya ob'ektlari sug‘urtasi" bo‘yicha eng yaxshi xodim - Sultonov Akmal Mustafxonovich (Qashqadaryo viloyati)
  • "Byudjet tashkilotlarini sug‘urtalash ishlarini samarali tashkil etgan" eng yaxshi xodim - Jalmuxamedov Asilbek Aristanbekovich (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)
  • “Kichik biznes va tadbirkorlik sub'ektlariga zamonaviy sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha" eng yaxshi xodim - Raxmanov Akram Azimoch (Buxoro viloyati)
  • "Eksport shartnomalarini tuzish bo‘yicha" eng yaxshi xodim - Aliqulov G‘olib Abdimuminovich (Toshkent shahri)

O‘zining professionalligi, tashabbuskorligi, jamoaviyligi bilan ajralib turgan xodimlar hamkasblari uchun yorqin o‘rnak bo‘ldi.

“O‘zbekinvest” kompaniyasi Bosh direktori R.Azimov xodimlarga mehnatlari va jamoaviy qadriyatlarga sodiqligi uchun minnatdorchilik bildirdi.Barcha muvaffaqiyatli xodimlarga kompaniyaning faxriy yorliqlari va mukofotlar topshirildi.