Kompaniyaning Qashqadaryo viloyati filialida mutaxassislar uchun seminar-trening tashkil etildi

chop etish versiyasi
29.03.2023

"Sug‘urta maktabi" tomonidan Kompaniya xodimlari va sug‘urta agentlari kasb malakasini oshirish maqsadida tizimli ravishda o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etib borilmoqda.2023 yil 29 mart kuni "Sug‘urta maktabi" mutaxassislari tomonidan Qashqadaryo viloyat filialida "Sug‘urta qonunchiligining asoslari va sug‘urta shartnomalarini (polislarini) rasmiylashtirish tartibi" mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Bunday o‘quv mashg‘ulotlari Kompaniya xodimlarining va sug‘urta agentlarining sug‘urta sohasi bo‘yicha bilimlarini va mijozlar bilan ishlash mahoratlarini oshishiga yaqindan yordam beradi."Sug‘urta maktabi" tomonidan tasdiqlangan dastur asosida boshqa hududiy filiallarda ham o‘quv mashg‘ulotlari davom ettirish rejalashtirilgan.