“O‘zbekinvest” va O‘zbekiston Milliy universitetining hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

chop etish versiyasi
29.03.2024

Joriy yilning 29-mart kuni “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi Bosh direktori R.Azimov O‘zbekiston Milliy universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Sh.Toshmatov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

R.Azimov tomonidan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida “O‘zbekinvest” kompaniyasi o‘z faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri deb talaba yoshlarning sug‘urta sohasi bo‘yicha ilmiy salohiyatlarini va sug‘urta biznesidagi amaliy ko‘nikmalarini oshirish, kasbiy tayyorgarlik sifatlarini takomillashtirish, ilmiy izlanish faoliyatini rag‘batlantirish belgilangani alohida ta’kidlandi.

Sh.Toshmatov O‘zbekiston Milliy universiteti bilan “O‘zbekinvest” kompaniyasi o‘rtasidagi uzoq muddatli hamkorlik o‘quv jarayonini sug‘urta biznesining amaliy jihatlarini o‘rganish bilan uzviy bog‘lash, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash maqsadida talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini rag‘batlantirish uchun yaxshi imkoniyat yaratayotganini alohida ta'kidladi.

Suhbat davomida ikki tomonlama hamkorlik masalalari, jumladan, “O‘zbekinevst” eksport-import sug‘urta kompaniyasi va O‘zbekiston Milliy universiteti o‘rtasida 2019-yilning fevral oyida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan qabul qilingan Kadrlarni tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni aktuallashtirish chora-tadbirlari ham muhokama qilindi.