You are here

«O‘zbekinvest» kompaniyasida Sug‘urta markazi tashkil etildi

2012 - «Mustahkam oila yili»da Sug‘urta markazi va «O‘zbekinvest» kompaniyasining hududiy bo‘linmalari tomonidan aholi hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun «Mening oilam», «Mening uyim», «Mening avtomobilim», «Mening sog‘lig‘im» va «Mening biznesim» kabi yangi xaridorbop sug‘urta mahsulotlari taqdim etilmoqda.

Sug‘urta markazining asosiy vazifalaridan biri kompaniyaning ixtiyoriy sug‘urta turlari bo‘yicha xizmatlarini taqdim etish va kompaniya taqdim etayotgan xizmatlarni mijozlarga yaqin bo‘lishini, shu jumladan borish qiyin bo‘lgan uzoq qishlok joylarda taqdim etilishini ta’minlashdir.

Sug‘urta markazi aholiga hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik vakillariga ehtiyoj va tanlangan qaltisliklardan kelib chikib, turli sug‘urta mahsulotlarini taklif etadi va sug‘urta shartnomasi amal qilishi davrida sifatli sug‘urta xizmatlari bilan  ta’minlaydi.

Sug‘urta markazi va kompaniyaning hududiy bo‘linmalarida sug‘urta agentlarini jalb etish va ularning malakasini doimiy oshirish tizimi yaratilgan. Keng tarqalgan agentlik tarmog‘i orqali aholiga va yakka tadbirkorlarga sifatli sug‘urta xizmatlari ko‘rsatilmoqda.

03.07.2014