Murojaatlarni ko'rib chiqish

chop etish versiyasi

Murojaatni to‘g‘ridan-to‘g‘ri vеb-saytdan jo‘natish imkoniyati.

Murojaatlarni yuborish

Hurmatli tashrif buyuruvchilar. 

Elektron murojaatni amalga oshirish tartibi bilan tanishib chiqishingizni so’raymiz!

“O’zbekinvest” kompaniyasi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish bo’yicha interaktiv xizmatni taqdim qilishning asosiy maqsadi murojaat qiluvchilar uchun qulay sharoit yaratish, ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamoatchilik bilan aloqalarni mustahkamlashdir.

Sizlarga shuni ma`lum qilamizki, spam xurujlaridan himoya qilish maqsadida, murojaatlarni yuborish imkoniyati faqat tizimdan ro’yxatdan o’tgan foydalanuvchilarga ruxsat etiladi. Sizlardan ornatilgan tartibda  ro'yxatdan o'tishni va o’z loginingiz bilan tizimga kirishingizni so’raymiz. Murojaatlarni yuborish giperhavolasi tizimga kirgandan so’ng, chap menyuning eng oxirgi bandida paydo bo’ladi.

Jismoniy va yuridik shaxslarning davlat organiga umumiy masalalar bo‘yicha, shu jumladan, axborot taqdim etish so‘rovnomasi bilan murojaatlarini tashkilot tomonidan ko‘rib chiqish tartibi va muddatlari ta’rifi:

Murojaat kelib tushgan kundan e’tiboran 30 kungacha bo’lgan muddat ichida, qo’shimcha o’rganish va tekshirishni talab etmaydigan ariza yoki shikoyatlar esa 15 kundan kechiktirilmay ko’rib chiqiladi. Ariza yoki shikoyatni ko’rib chiqish uchun tekshiruv o’tkazish, qo’shimcha materiallar talab qilib olish yoki boshqa chora-tadbirlar ko’rish zarur bo’lgan xollarda, ariza yoki shikoyatni ko’rib chiqish muddati Kompaniya Bosh direktori tomonidan istisno tariqasida uzog’i bilan 30 kunga uzaytirilishi mumkin va bu haqda ariza yoki shikoyat bergan shaxsga ma’lum qilinadi. Taklif Kompaniyaga kelib tushgan kundan e’tiboran 1 oygacha bo’lgan muddatda ko’rib chiqiladi.

Shuningdek, Kompaniya rahbariyati tomonidan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarini qabul qilish kunlari quyidagi jadval asosida belgilab qo’yilgan:

Qabul bo’yicha kompaniyaning mas'ul rahbarlari

Qabul kunlari

Qabul vaqtlari

Bosh dirеktor R.Azimov 

Seshanba

11:00 – 13:00

Payshanba

11:00 – 13:00

Bosh dirеktorning birinchi o'rinbosari R. Xalikov 

Dushanba

9:00 – 12:00

Chorshanba

9:00 – 12:00

Bosh dirеktorning o’rinbosari A.Asatullaev

Seshanba

15:00 – 18:00

Shanba

9:00 – 12:00

Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat va xavfsizlikni ta'minlash departamenti Bosh menejeri A.Abdullayev

Chorshanba

9:00 – 12:00

Juma

9:00 – 12:00

“O’zbеkinvеst” EISK AJ rahbarlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarni qabuli Toshkеnt shahri, Cho'ponota ko’chasi, 6-uyda amalga oshiriladi. Qabulga oldindan yozilish uchun (0-371) 120-03-50 tеlеfon raqami orqali murojaat qilinadi va maxsus kitobga ro’o’yxatga olinadi.

"O'zbekinvest" eksport-import sug'urta kompaniyasi AJ rahbariyati tomonidan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarini sayyor qabul qilish

JADVALI

Mas'ul rahbarlar

Biriktirilgan hududlar

Qabullarni o'tkazish oylari*

Qabullarni tashkillashtirish uchun ma'sullar

Bosh direktorning o'rinbosari A.Asatullayev

Toshkent shahri

Fevral

I. Madraximov

Toshkent viloyati

Mart

N. Ismatullayev

Samarqand viloyati

May

D.Тulayev

Buxoro viloyati

Iyun

N.Аlimjanov

Navoiy viloyati

Iyul

N.Хаitov

Sirdaryo viloyati

Oktabr

U. Oripov

Jizzax viloyati

Noyabr

Y. Parmonov

 

Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat va xavfsizlikni ta'minlash departamenti Bosh menejeri A.Abdullayev

Qashqadaryo viloyati

Mart

N. Muzaffarov

Хоrazm viloyati

Aprel

О.Аbdullayev

Farg’ona viloyati

Маy

A. Mamasaidov

Namangan viloyati

Iyun

M. Xakimov

Andijon viloyati

Iyul

Sh. Ismailov

Surxondaryo viloyati

Avgust

О.Soibnazarov

Qoraqalpog’iston Respublikasi

Sentabr

М.Мuyatdinov

 

*Izoh – Mas'ul rahbarlar biriktirilgan hududiy filiallar va sayyor shaxsiy qabullar o'tkazish muddatlari zarurat bo'lganda o'zgartirilishi mumkin.

"O'zbekinvest" EISK AJga 2024-yil 9 oy davomida kelib tushgan murojaatlar statiskasi
  Kelib tushgan murojaatlar soni Qanoatlantirilgan Tushuntirish berilgan Tegishligi bo'yicha boshqa tashkilotga yuborilgan Ko'rmasdan qoldirilgan (Qonuning 29-30 moddasiga asosan) Rad etilgan O'rganish jaraniyoda
1-chorak 46 32 7 0 0 7 0
2-chorak 45 26 3 0 5 8 3
3-chorak 26 15 6 0 0 5 0