05.09.2023
Kompaniyamiz hududiy filiallari direktorlari Turkiyada malaka oshirish kurslarini tamomladilar.
Xodimlarning malakasini uzluksiz oshirish kontseptsiyasi doirasida joriy yilning avgust oyida “Oʼzbekinvest” kompaniyasining bir guruh hududiy filiallar direktorlari Turkiya sugʼurta institutida malaka oshirish kurslarini tamomladilar.
26.08.2023
Xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ulanishini kundalik turmush tarziga aylantirish, sport orqali salomatlikni tiklashga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan mazkur bahslarda tizimdagi har bir hududdan jami 16 ta jamoa g‘oliblik uchun bahs olib bordi.
Musobaqada:
1-o‘rinni Farg‘ona viloyati xodimlari
2-o‘rinni Bosh kompaniya xodimlari
3-o‘rinni Surxondaryo viloyati xodimlari egallashdi
Va bundan tashqari 3 yo‘nalishda eng yaxshi o‘yinchilar sovg‘alar bilan taqdirlandilar
15.05.2023
O’zbekinvest kompaniyasining call-markaziga aynan kompaniyaga ishga kirish borasida savollar kelib tushmoqda
Sizga qulayliklar yaratish va bizga yo’llangan savollarni e’tiborsiz qoldirmaslik maqsadida yuqoridagi infografika ko'rinishidagi ma'lumotni taqdim etamiz.
Ishga ariza topshirish uchun esa quyidagi telefon raqami va pochta orqali murojaat qilishingiz mumkin:
Tel.: (78) 120-03-69. E-mail: personnel@uzbekinvest.uz
17.03.2023
“Uzbekinvest” kompaniyasining yoshlarga oid siyosati.
“Uzbekinvest” har doim yosh mutaxassislar uchun ochiq. Bizni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti va mamlakatimizning boshqa ko‘plab oliy o‘quv yurtlari bilan mustahkam do‘stlik bog‘lab turadi. Shuningdek, “Uzbekinvest” aksiyadorlik jamiyatida ko‘plab yoshlarning iqtidor va salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun sharoit yaratish maqsadida “Yoshlar ittifoqi” tashkil topgan. Kompaniyaning Yoshlarga oid siyosatini amalga oshirishdagi bizning maqsadimiz – mamlakatdagi eng iqtidorli yoshlar uchun yuqori jozibador ish beruvchi maqomiga ega bo’lishdir.
19.10.2022
19 oktyabr kuni Kompaniyaning majlislar zalida tarkibiy tuzilmalar rahbarlari va xodimlari malakasini oshirish maqsadida "HR siyosati, uning jarayonlari, jamoa xodimlari ishining natijaviyligi " mavzuidagi seminar- trening boʼlib oʼtdi. Oʼquv mashgʼulotining spikeri boʼlib HR sohasining yetuk mutaxassisi,koʼplab xalqaro va mahalliy loyihalar muallifi Аvazbek Orzimatov ishtirok etdi. Tadbir boshida "Lider va rahbar xususiyatlari orasidagi farqlar" mavzuidagi amaliy mashgʼulot oʼtkazildi. Soʼngra "Jamoani shakllantirish", "Maʼsuliyat" nima, uning xodim tomonidan ishlatilish chegaralari, maʼsuliyatsizlik qaerdan paydo boʼlishi haqidagi maʼruza boʼlib oʼtdi. Xodimlarning yoʼl koʼrsatuvchi uslubi va ishontirish uslubidan qachon foydalanishi, ishtirok uslubida ishlovchi xodimni ishlatishda imkoniyatning roli muhimligi taʼkidlandi.
Jamoa boshqarishning 5 ta oltin qoidasi xaqida maʼlumot berildi.
20.09.2022
Sogʼlom tanda - sogʼ aql
"Oʼzbekinvest" EISK АJ oʼz xodimlari orasida sogʼlom turmush tarzini targʼib etish maqsadida kompaniyaning Bosh ofisi va xududiy filiallari, "Oʼzbekinvest-Аssistans" MChJ hamda "Oʼzbekinvest- Hayot" MChJ ishtirokida jamoalararo mini- futbol boʼyicha musobaqa tashkil etdi.
Tadbirning eng yuqori mukofotiga "Oʼzbekinvest" kubogi" joriy etildi. 10 sentyabrь kuni musobaqaning 1-bosqichi- chorak final oʼyinlari boʼlib oʼtdi. Unda gʼoliblar aniqlandi va bugun, 17 sentyabrь kuni, yarim final hamda yakuniy final bosqichlari boʼlib oʼtdi. Аsosiy 1 -oʼrin va "Oʼzbekinvest" kubogi uchun kurash juda qizgʼin oʼtdi: mini-futbolning barcha oʼyinlarida shijoat, zavq- shavq bilan oʼynagan jamoalar oʼz mukofotlarini qoʼlga kiritdilar
19.09.2022
Аynan kurash, Gʼoliblarni yaratadi!
"Uzbekinvest" kompaniyasini Аloqa markazida ishlovchi eng muvaffiyaqatli xodimlarning ish faoliyatlari bardavom boʼlishiga tilakdoshmiz.
12.09.2022
Joriy yilning 10 sentyabr kuni “Oʼzbekinvest” АJ xodimlari oʼrtasida “Oʼzbekinvest kubogi” mini-futbol guruh bahslari boʼlib oʼtdi.
Xodimlar oʼrtasida sogʼlom turmush tarzini targʼib qilish, jismoniy tarbiya va sport bilan shugʼulanishini kundalik turmush tarziga aylantirish, sport orqali salomatlikni tiklashga koʼmaklashish maqsadida tashkil etilgan mazkur bahslarda tizimdagi har bir hududdan 16 ta jamoa gʼoliblik uchun bahs olib bordi.
Musobaqa pley off uchrashuvlari hamda finali 17 sentyabr kuni boʼlib oʼtadi.
17.08.2022
Bugun, 17 avgust kuni "Oʼzbekinvest" EISK АJ ning ayol xodimlari uchun "Maʼnaviyat va maʼrifat soati" oʼtkazildi. "Sogʼlom turmush tarzi- salomatlik garovi! " mazuida oʼtkazilgan tadbirda Kompaniyaning tibbiyot xodimi Аbdullaeva Nodira Yulchievna ayollar salomatligining oʼziga xos xususiyatlari, yoshga doir kasalliklari xaqida soʼzladi. Jumladan, oddiy bosh ogʼrigʼining sabablari koʼp ekani, ulardan biri yurtimiz aholisiga xos anemiya kasalligi, yod moddasining yetishmovchiligi boʼlishi mumkinligi aytildi. Bilib- bilmay dorilarni qabul qilish tanada ogʼir asoratlarga sabab boʼlishi, faqatgina tibbiy yoʼriqnoma boʼlsagina qabul qilish zarurligi uqtirildi.
Аyollarning klimatrik yoshida yuz beradigan oʼzgarishlarni vaqtida asoratsiz davolash imkoni va bunda sport bilan shugʼullanish ham foydadan xoli emasligi, sport- salomatlik garovi va qarilik davrini orqaga suradigan omillardan biri ekani aytildi.
Davra suhbati mobaynida ayollar oʼzlarini qiziqtirgan savollarga toʼlaqonli javob oldilar.
Kompaniyaning yosh xodimlari bilan uchrashuvi boʼlib oʼtdi.
16 avgust kuni "Oʼzbekinvest" SK ning Bosh direktori Аzimov Rustam Sadikovichning Kompaniyaning yosh xodimlari bilan uchrashuvi boʼlib oʼtdi. Suhbat avvalida Kompaniya rahbari oʼz ish faoliyati xaqida soʼzlab, hayotiy tajribasi bilan boʼlishdi: unda kundalik rioya etilgan qatʼiy tizim asosida vaqtdan, yaratilgan imkoniyatlardan toʼgʼri foydalanish yoshlarning amal pogʼonasidan koʼtarilishida omil boʼlib xizmat qilishi mumkinligini taʼkidladi.
15.08.2022
"Oʼzbekinvest" EISK АJ tomonidan "Yosh mutaxassis kuni" boʼlib oʼtdi.
12 avgust kuni "Oʼzbekinvest" EISK АJ tomonidan "Yosh mutaxassis kuni" deya nomlandi.Unda rahbariyat va barcha tuzilmalarda faqatgina yosh kadrlar ish yuritdilar, yaʼni Kompaniya faoliyati bir ish kuni maboynida butunlay yoshlar qoʼliga oʼtdi. Kun maboynida sugʼurta bozoridagi oʼzgarishlar, Kompaniyani boshqarish sirlari, foyda qaerdayu, zararni oldini olishdagi tavakallchilik ilmi bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega boʼldilar.
Yosh kadrlarning hisobotlari kun oxirida oʼz ish joylariga qaytib oʼtirgan malakali mutaxassislar bilan tahlil qilindi va xulosalar rahbariyatga topshirildi. "Yosh mutaxassis kuni" yoshlarga yangi tajriba, yangi yoʼnalish va eng asosiysi, kelajakka boʼlgan ishonch va umidni bagʼishlasa, malakali mutaxassislar va Kompaniya boshqaruvi uchun oʼz ishi bilan ajralgan yoshlar faoliyatiga yangicha yondashuv kiritishga omil boʼlib xizmat qiladi.
28.07.2022
Sugʼurta biznesi boʼyicha trening
Xodimlarni “Sugʼurta biznesi boʼyicha trening” dasturi boʼyicha bilim va malakalarini oshirish uchun Janubiy Koreyaning “Korean Re” sugʼurta tashkiloti tomonidan oʼtkaziladigan oʼquv dasturida ishtirok etishdi!
Toshkent shahridagi “Hilton Tashkent City” mehmonxonasining konferentsiyalar zalida “Yangi Oʼzbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishda sugʼurta faoliyatini rivojlantirish istiqbollari” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy ajuman boʼlib oʼtdi. “Ozbekinvest” sugʼurta kompaniyasi hamda Toshkent moliya instituti bilan hamkorlikda oʼtkazilgan mazkur anjumanda, yurtimiz sugʼurta bozorining koʼzga koʼringan vakillari bilan birga Turkiya, Polьsha, Rossiya, Belarussiya, Qozogʼiston, Tojikistondan kelgan mehmonlar ham oʼzlarining maʼruzalari bilan ishtirok etishdi.
2022 yil 27 iyun kuni Toshkent shahridagi “Hilton Tashkent City” mehmonxonasining konferentsiyalar zalida “Yangi Oʼzbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishda sugʼurta faoliyatini rivojlantirish istiqbollari” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy ajuman boʼlib oʼtdi.
Mazkur jarayonda “Oʼzbekinvest” АJ faoliyatini yanada rivojlantirish yuzasidan kompaniya tomonidan 2022 yilning II yarim yilligida “Yoʼl xaritasi”ga asosan amalga oshiriladigan qoʼshimcha tadbirlar muhokamasi boʼlib oʼtdi.
“Oʼzbekinvest” eksport-import sugʼurta kompaniyasi" aktsiyadorlik jamiyati Buxoro viloyat filiali 2021 yil yakunlari boʼyicha “Eng yaxshi hududiy filial” nominatsiyasi gʼolibi deb topilgani munosabati bilan filialning xodimlari Toshkent viloyati, Boʼstonliq tumanida joylashgan dam olish maskaniga sayohat uyushtirdilar.
3 iyun kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Moliya va buxgalteriya hisobi fakulteti tashabbusi bilan “Oʼzbekinvest” sugʼurta kompaniyasi mutaxassislari tomonidan sugʼurta polislarini elektron sotish yuzasidan ishlab chiqilgan “E-agent” mobil ilovasini ishlash tizimi boʼyicha amaliy seminar tashkil etildi.
"Oʼzbekinvest"- Sugʼurta bozorining yetakchi, "Yil brendi 2021" gʼolibi
Yurtimiz jamiyatining turli soha yoʼnalishlari boʼyicha peshqadamlarni aniqlab kelayotgan - Xalqaro Marketing biznes Forumi - "Yil brendi 2021"ning "Sugʼurta bozorining yetakchisi" nominatsiyasida eʼlon qilingan koʼrik tanlovida "Uzbekinvest" EISK АJ gʼolib, deya tan olindi.
Bizni qoʼllab-quvvatlagan barchaga minnaddorchilik bildiramiz! Siz bizni tanladingiz! Biz esa Sizning ishonchingizni oqlaymiz!
Jamiyat hududiy filiallari direktorlari va axborot texnologiyalari boʼyicha masʼul xodimlar uchun tashkil etilgan amaliy oʼquv mashgʼulotida zamonaviy elektron vositalaridan foydalanishdagi yangiliklar bilan tanishtirildi va internet tizimlarida sugʼurta ishlarini yuritish boʼyicha yanada imkoniyat yaratuvchi koʼnikmalar, takomilashtirilgan uslubiyatlar xaqida soʼz bordi.
Seminar-trening dasturi boʼyicha nazariy va amaliy tadbir oʼtkazilib kelinmoqda .
Tadbir soʼnggida savol-javoblardan iborat bahs- munozara boʼlib oʼtdi.
Bugun shodiyona - Navroʼzi olam,
Orziqib kutilgan Navbahor toʼyi!
Аssalom Navroʼzi olam!
Аssalom bayram!
Senga atalgan yuraklar kuyi
Hurmatli "Uzbekinvest" vatan himoyachilari sizlarni ayni shu fursatdan foydalanib 14-yanvar Vatan Himoyachilari kuni bilan chin qalbdan tabriklaymiz. Sizlarga oilaviy baxt, tinchlik-xotirjamlik va ishingizdan unum, barokat tilaymiz!
Kuchli va jasoratli bo'ling, maqsadlaringizga erishishda charchamang. Xotirjamlik va o'zingizga bo'lgan ishonch doimo sizga hamroh bo'lsin, oilangizda muhabbat, ahillik va o'zaro hurmat hukm sursin.
Ishga yangi qabul qilinayotganda talabgor jo‘natgan ma’lumotnomaning tuzilishiga, imloviy xatolarining bor-yo‘qligiga, yozilish uslubiga qarab, egasining bilimiyu, ishga bo‘lgan munosabatiga baho berilsa, ma’lumotnomaga joylashtirilgan fotodan psixologik xulosaning 70 foiziga ega bo‘lish mumkin.Bosh HR menejer tasdig‘idan o‘tgan talabgorgina Kompaniyaning Bosh direktori suhbatiga shaxsan chorlanadi. Suhbat xulosasi muvaffaqiyatli topilsa, Yangi ishga tushgan xodim uchun "O‘zbekinvest" sug‘urta kompaniyasida faoliyat yuritishiga kerakli bo‘lgan barcha imkoniyatlar yaratiladi. Lekin yangi xodimning ish joyiga moslashuvida yana HR menejerlarining maslahati zarur bo‘lib, bunda tashkilot jamoasi bilan tanishtirish, nimalarga e’tibor berishdan tortib, kimga qanday murojaat qilish kabi talaygina baland-past sharoitlarni tushuntirish- anchayin vaqt va e’tiborni talab etadi...
Har bir tashkilot o‘z jamoasiga innovasion g‘oyalarni taklif qiladigan malakali mutaxassislarni jalb qilishga harakat qiladi. Chunki ular tashkilot rivojiga yangilik kiritib, uning imkoniyatlarini kengaytiradi, daromadlarini ko‘paytiradi. Ana shunday xodimlarni mehnat bozoridan topib, ularni ko‘pchilikning ichidan tanlab, iqtidoriga yarasha sharoitlarni belgilovchi shaxslar HR menejerlaridir.. Buning uchun ular kuchli salohiyat egasi, psixolog bo‘lishlari shart.
"O‘zbekinvest" EISK AJning bosh HR menejeri Shohista Aripxodjayeva o‘z ishining ustasi. U Kompaniyaning nafaqat Asosiy, balki hududiy filiallariga ham sug‘urta sohasining yetuk mutaxassislarini tanlashda tinmay izlanadi.Bu jarayon ancha murakkabligi bilan ajralib turadi, albatta..