EKSPORT FAKTORINGINI SUGʻURTALASH
Bu tijorat banki tomonidan eksportchiga eksport shartnomasi asosida yetkazib berilgan tovarlar uchun to‘lov talabnomasi evaziga taqdim etilgan pul mablag‘larining chet ellik xaridor tomonidan qaytarilmasligidan sug‘urtalashdir. Ushbu sug‘urta turi eksportchi chet ellik xaridor bilan akkreditiv yoki kechiktirilgan to‘lov shartlari asosida eksport shartnomasini tuzgan taqdirda qo‘llaniladi. Eksportchi tovarlarni jo‘natib bo‘lgandan so‘ng, eksport shartnomasi bo‘yicha to‘lovni kutmasdan, eksport shartnomasi bo‘yicha to‘lov talabnomasini faktoring shartnomasi asosida bankga topshirish evaziga bankdan pul mablag‘larini olishi mumkin. Eksport faktoringini sug‘urtalash polisi - bu bank tomonidan berilgan pul mablag‘larining ta’minoti hisoblanadi.
QAMROV DOIRASI
Bank sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalanuvchi hisoblanadi.
Chet ellik xaridorning eksport shartnomasi bo‘yicha to‘lov majburiyati hamda eksportchi tomonidan bankga taqdim qilingan to‘lov talabnomasi sug‘urta predmeti bo‘lib hisoblanadi.
Sug‘urta chet ellik xaridor mamlakatida yuzaga keladigan siyosiy va tijorat tavakkalchiliklarini qoplaydi.
Sug‘urta summasi bank tomonidan taqdim qilingan mablag‘larning 100 foizigacha bo‘lgan miqdorda belgilanadi.
Sug‘urta shartnomasi bo‘yicha tovon puli 100 foiz miqdorgacha qoplanadi.
Sug‘urta shartnomasi muddati faktoring shartnomasining amal qilish muddatiga mos ravishda belgilanadi.
SUGʻURTA MAHSULOTI NARXI
Sug‘urta mukofotining miqdori so‘ralgan sug‘urta davriga, mamlakatning qaltislik darajasiga, chet ellik xaridorning moliyaviy holatiga va moliyalashtirish bo‘yicha mavjud bo‘lgan ta’minotga qarab belgilanadi.
Sug‘urta mukofoti xarajatlari eksport qiluvchiga O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan qoplab berilishi mumkin.
KERAKLI HUJJATLAR
- Eksport shartnomasi;
- To‘ldirilgan anketa-ariza;
- Faktoring shartnomasi;
- Chet ellik xaridorning nizomi va ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;
- Chet ellik xaridorning so‘nggi 3 yil uchun balans hamda daromadlari va zararlari to‘g‘risidagi hisoboti.
- 1.Eksport shartnomasini tuzish;
- Eksport shartnomasini TSOYEAT-da ro‘yxatdan o‘tkazish;
- Faktoring shartnomasini imzolash
- Eksport faktoringini sug‘urtalash shartnomasini imzolash;
- Mahsulotlarni shartnoma shartlariga muvofiq yetkazib berish;
- Faktoring shartnomasi shartlariga muvofiq moliyalashtirishni taqdim etish;
- Chet ellik xaridor tomonidan eksport shartnomasi bo‘yicha to‘lov majburiyatlarini bajarmaslik;
- Sug‘urta hodisasi yuz bergan taqdirda zararni qoplash.