| № | Lavozim / Boʼlim / Departament | Lavozimga qoʼyiladigan talablar | Vazifalari | Ish sharoitlari |
| 1 | Sug‘urta sohasida xodimlar salohiyatini rivojlantirish markazi - Sug‘urta maktabi - menejer | Oliy maʼlumot (iqtisodiyot, moliya, sug‘urta yoki boshqaruv sohasida). Sug‘urta, kadrlar rivojlantirish yoki taʼlim tashkilotlarida kamida 3 yil ish tajribasi. Sug‘urta bozori, mahsulotlar va normativ hujjatlar bo‘yicha bilim. Taʼlim jarayonlarini rejalashtirish va tashkil etish ko‘nikmalari. Liderlik, jamoa bilan ishlash va axborotni tahlil qilish qobiliyati. Kompyuter va ofis dasturlarini yaxshi bilish. |
Sug‘urta sohasidagi malaka oshirish, o‘quv va trening dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish. O‘quv jarayonini tashkil etish, trenerlar va ekspertlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish. Xodimlar salohiyatini baholash va rivojlantirish dasturlarini shakllantirish. Markaz faoliyatini samarali boshqarish, hisobot va tahlil yuritish. |
Ish jadvali: 5/2 |
| 2 | Aktuar hisob-kitoblar va sug‘urta zaxiralarini shakllantirish departamenti- bosh menejeri | Oliy maʼlumot (Aktuar matematikasi, iqtisodiyot, moliya, statistika yoki sug‘urta sohasida). Sug‘urta yoki moliya sohasida kamida 5 yil, shundan kamida 2 yili rahbarlik lavozimida. Aktuar hisob-kitob usullari va sug‘urta zaxiralarini shakllantirish qoidalarini mukammal bilish. Excel, SPSS, R yoki boshqa tahliliy dasturlar bilan ishlash tajribasi. IFRS 17, Solvency II va mahalliy regulyativ talablar bo‘yicha bilim. Statistik tahlil, tavakkalchilik modellash va prognozlash ko‘nikmalari. |
Sug‘urta kompaniyasi majburiyatlarini baholash va Aktuar hisob-kitoblarni amalga oshirish. Sug‘urta zaxiralarini hisoblash, tahlil qilish va normativ talablarga muvofiq shakllantirish. Tavakkalchilikni baholash, tarif siyosati va premiyalar hisobini metodik jihatdan taʼminlash. Davlat nazorat organlari uchun hisobotlarni tayyorlash va taqdim etish. Departament faoliyatini boshqarish, jamoani muvofiqlashtirish va ichki nazoratni taʼminlash. |
Ish jadvali: 5/2 |
| 3 | Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat va xavfsizlikni taʼminlash departamenti –menejer assistenti | Oliy maʼlumot (huquq, xavfsizlik, boshqaruv yoki iqtisodiyot sohasida). Maʼmuriy yoki huquqiy yo‘nalishda kamida 3 yil ish tajribasi (ijtimoiy tashkilot yoki davlat organida bo‘lsa afzal). Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi milliy qonunchilik va ichki nazorat standartlari bo‘yicha asosiy bilimlar. Ofis dasturlari (MS Word, Excel, PowerPoint) bilan ishlash ko‘nikmasi. Hujjat aylanmasi va xizmat yozishmalari madaniyatini bilish. Tashkiliy va ijro intizomi yuqori bo‘lishi. |
Departament rahbarini tashkiliy va maʼmuriy jihatdan qo‘llab-quvvatlash. Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat va xavfsizlik bilan bog‘liq hujjatlarni tayyorlash, rasmiylashtirish va yuritish. Hisobotlar, maʼlumotnomalar va xizmat yozishmalari loyihalarini tayyorlashda yordam berish. Tekshiruvlar, monitoring va profilaktika tadbirlarida ishtirok etishni tashkil etish. Departament faoliyati bo‘yicha maʼlumotlar bazasini yangilab borish va maxfiy maʼlumotlar bilan ishlashda qoidalarga rioya etish. |
Ish jadvali: 5/2 |
| 4 | Hisobxona buxgalteriya hisobi menejeri | Oliy (buxgalteriya, moliyaviy, iqtisodiy) maʼlumot va buxgalter lavozimida kamida 2 yil ish tajribasi. Mol-mulk, majburiyatlar va xo‘jalik operatsiyalari hisobini va hisobotini tashkil yetish bo‘yicha qonun hujjatlari, qarorlar, farmoyishlar, farmoyishlar, boshqa yo‘riqnomalar, uslubiy va meʼyoriy materiallar. Buxgalteriya hisobi turlari bo‘yicha nizomlar, ko‘rsatmalar va hujjat aylanishining belgilangan tartibi. Inventarizatsiya qilish qoidalari, balans va hisobotlarni tuzish tartibi va muddatlari. Xo‘jalik shartnomalarini, shuningdek sug‘urta va qayta sug‘urtalash shartnomalarini tuzish va bajarish tartibi. Korxonada amaldagi mehnatga haq to‘lash tizimi. | Buxgalteriya hisobi bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi (asosiy vositalar, tovar-moddiy zaxiralar, pul mablag‘lari, ishlab chiqarish xarajatlari, xodimlar bilan hisob-kitoblar, yetkazib beruvchilar va mijozlar bilan hisob-kitoblar, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun hisob-kitoblar, soliqlar, chegirmalar va boshqa to‘lovlar). Buxgalteriya hisobining tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha birlamchi hujjatlarni qabul qilish va nazorat qilishni amalga oshiradi va ularni "1-C Buxgalteriya" dasturida qayta ishlashga tayyorlaydi. Buxgalteriya hujjatlarining saqlanishini nazorat qiladi, ularni arxivga topshirish uchun belgilangan tartibda rasmiylashtiradi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri bosh buxgalterga hisobot beradi. | Ish jadvali: 5/2 |
