Kompaniya haqida

chop etish versiyasi

Korporativ boshqaruv kodeksi

“O‘zbekinvest” eksport-import aksiyadorlik jamiyati sug'urta kompaniyasi umumiy sug'urta bozorida o‘z faoliyatini olib boradi va sug'urta faoliyati klassifikatoriga ko‘ra mavjud 17 turdagi sug‘urtaning barchasi bilan shug‘ullanadi

Tashkil etilgan sana:

  • 1994 yil aprel – “O‘zbekinvest” sug'urta kompaniyasining tashkil etilishi (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 13 apreldagi 206-sonli Qarori)

  • 1997 yil fevral – Eksport va investitsiyalarni sug‘urtalash bo‘yicha mamlakatimizning rasmiy agenti mavqeyi berilib, “O‘zbekinvest” eksport-import sug'urta kompaniyasi etib qayta tashkil etildi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 18 fevraldagi PQ-1710 sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 28 fevraldagi 113-sonli Qarori)

  • 2020 yil 1 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Eksport faoliyatini moliyalashtirish va sug'urta mexanizmlarini kengaytirish to‘g‘risida"gi Farmoni ijrosi doirasida va Respublika Vazirlar Mahkamasining tayinlanishiga javoban "O‘zbekinvest" kompaniyasi aksiyadorlik jamiyatiga aylandi.

Kompaniyaning Ustav jamg‘armasi: 303,45 mlrd so‘m.

Kompaniya ta’sischilari: 

"O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (75,35%);

O‘zbekiston Respublikasi milliy investitsiya jamg‘armasi AJ (20,00%);

Yuridik va jismoniy shaxslar (4,65%).

Kompaniya maqsadi – Maqbul narxlardagi yuqori sifatli sug'urta xizmatlarini taqdim etish orqali O‘zbekiston Respublikasi sug'urta bozorining rivojlanishiga ko‘maklashish.

“O‘zbekinvest” kompaniyasining Ustav vazifalari:

- xorijdagi milliy eksportchilarning iqtisodiy manfaatlarini, chet ellik sheriklarning shartnoma majburiyatlarini bajarishiga to‘sqinlik qiladigan siyosiy, tijoriy va tadbirkorlik xatarlaridan har tomonlama sug'urta himoyasini taʼminlash;

- eksport kreditlarini sug‘urtalashning xalqaro tamoyillariga muvofiq texnologiyalar, tovarlar va xizmatlar eksportini moliyalashtirish uchun kreditlar beradigan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari - tijorat banklariga sug'urta kafolatlarini taqdim etish;

- O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga sarmoya kiritayotgan xorijiy investorlarning mulkiy va shaxsiy manfaatlarini har tomonlama sug'urta himoyasini taʼminlash;

- xalqaro, xorijiy, mahalliy, davlat va xususiy sug'urta tashkilotlari, qo‘shma sug'urta faoliyati va qayta sug'urta operatsiyalari bilan bevosita hamkorlikni rivojlantirish.

Kompaniyaning ish tartibi:

Dushanbadan jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha.

Shanba, yakshanba - dam olish kunlari.

Kompaniya infratuzilmasi:

1. Markaziy apparat;

2. Hududiy filiallar:

  • Toshkent shahri, viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 14 ta filial;

  • 200 dan ortiq tuman bo‘limlari, ulardan 26 ta shahar bo‘limlari;

  • 800 nafardan ortiq sug'urta agentlari.

3. Qo‘shma va maxsuslashtirilgan shoʻba korxonalari:

- «O‘zbekinvest Interneshnl» qo‘shma kompaniyasi

O‘zbekiston Respublikasiga jalb qilinadigan xorijiy investitsiyalarni siyosiy qaltisliklardan sug‘urtalash bo‘yicha kompaniya

- «O‘zbekinvest Assistans» MChJ

Tibbiy va yuridik assistans xizmati

 

- «O‘zbekinvest Hayot» masʼuliyati cheklangan jamiyati sug'urta kompaniyasi

Hayot sug‘urtasi bo‘yicha shoʻba kompaniyasi

Rivojlanish istiqbollari:

 

«O‘zbekinvest» sug‘urta kompaniyasi bozorda yetakchi kompaniyalardan biri bo‘lib, ko‘p yillar davomida yig‘ilgan sug‘urta mukofotlari hajmi bo‘yicha reytinglarda yuqori o‘rinlarni barqaror egallab kelmoqda.

Kompaniyani xalqaro qayta sug‘urtalash bozorlariga faol chiqarish va o‘zbekistonlik eksportchilarni chet elda sug‘urta jihatidan qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish maqsadida, «O‘zbekinvest» xalqaro reyting agentliklari bilan hamkorlik ishlarini olib bormoqda.

Xususan:

-        2024-yil noyabr oyida xalqaro «Moody's Ratings» agentligi «O‘zbekinvest» sug‘urta kompaniyasining moliyaviy barqarorlik reytingini «Ba3» darajasidan «Ba2», «Barqaror» darajasiga oshirganini rasman e’lon qildi. Shuningdek, 2025 yil iyun oyida ushbu agentlik mazkur reyting bo‘yicha prognozni «Ijobiy» darajaga ko‘tardi, bu esa kompaniyaning yuqori kredit qobiliyatidan dalolat beradi.

Moody's ta’kidlaganidek, mazkur moliyaviy barqarorlik reytingi (IFSR) va uning prognozi «O‘zbekinvest» kompaniyasining sug‘urta bozoridagi kuchli pozitsiyasi, Aaa reytingiga ega moliyaviy institutlar tomonidan boshqariladigan yuqori sifatli investitsiya portfeli, sug‘urta xatarlariga nisbatan yuqori kapital darajasi hamda kompaniyaning xalqaro qayta sug‘urta bozoriga bo‘lgan katta e’tibori tufayli yuzaga kelgan geografik va biznes diversifikatsiyasining kuchayishiga asoslanadi.

-        2025-yil may oyida xalqaro «A.M.Best Company Inc.» agentligi «O‘zbekinvest» kompaniyasining moliyaviy barqarorlik reytingi (FSR)ni B darajasida va emitentning uzoq muddatli kredit reytingi (ICR)ni bb darajasida belgiladi, har ikkala reyting bo‘yicha prognoz — «barqaror».

Analitiklarning fikricha, kompaniya balansi barqarorligi kapitalizatsiyaning yuqori darajasi va kapital yetarliligi koeffitsiyentining maksimal bahosiga asoslanadi. Bu holat, ehtiyotkorlikka asoslangan investitsiya siyosati — aktivlarni AAA reytingli xalqaro bozorlarda joylashtirish va xatar tahlilini takomillashtirish bilan birga, anderrayting natijalarining sezilarli yaxshilanishiga xizmat qilmoqda.

-        2024-yil avgust oyida milliy reyting agentligi «Ahbor-Reyting» «O‘zbekinvest» kompaniyasiga milliy shkaladagi eng yuqori to‘lov qobiliyati reytingi — «uzA++», prognoz — «barqaror»ni berdi.

Ushbu reyting darajasi sug‘urta polisi egalari oldidagi majburiyatlarni o‘z vaqtida va to‘liq bajarish qobiliyati juda yuqori bo‘lgan kompaniyalarga beriladigan eng yuqori bahodir.

Reyting agentligi ushbu yuqori bahoga ta’sir etuvchi bir qator ijobiy omillarni qayd etdi: keng hududiy qamrov va sug‘urta xizmatlarining turli xilligi, bozordagi yuqori ulush va yetakchi pozitsiyalar, hududlar bo‘yicha sug‘urta tushumlarining ijobiy diversifikatsiyasi, kompaniyaning faol ishbilarmonlik siyosati va sug‘urta xizmatlari bozoridagi asosiy segmentlarni tez o‘zlashtirishi, zamonaviy axborot texnologiyalari va moliyaviy vositalarni joriy etish, yuqori to‘lov qobiliyati, tajribali boshqaruv jamoasi mavjudligi.

Mijozlar sadoqatini oshirish maqsadida boshqaruv tizimi va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini tahlil qilish va samaradorligini oshirish — sug‘urta bozorida yetakchi pozitsiyani saqlab qolish va faoliyatni rivojlantirishning strategik asosi hisoblanadi.

-        2025-yil may oyida kompaniyaning Sifat menejmenti tizimi bo‘yicha qayta sertifikatlashtirish auditi muvaffaqiyatli o‘tkazildi va uning natijasida «ISO 9001:2015» xalqaro standartiga muvofiqlik sertifikati yana bir bor uzaytirildi.

Kompaniyaning kelgusi o‘sish strategiyasi quyidagilarga qaratilgan: korporativ va chakana sektorlarda bozordagi pozitsiyalarni mustahkamlash, yangi zamonaviy sug‘urta mahsulotlari va dasturlarini joriy etish, sug‘urta faoliyatida axborot texnologiyalarini rivojlantirish, mijozlarning ehtiyojlariga mos ravishda sotuv va sotuvdan keyingi xizmat jarayonlarini doimiy takomillashtirish.