Eksportchining aylanma mablagʼlarini toʼldirish uchun berilgan kreditni sugʼurtalash

chop etish versiyasi

EKSPORTCHINING AYLANMA MABLAGʻLARINI TO‘LDIRISH UCHUN BERILGAN KREDITINI SUGʻURTALASH (eksportoldi moliyalashtirish)

Bu eksportchiga eksport faoliyatini kengaytirish uchun O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari tomonidan berilgan kreditning qaytarilmaslik xavfidan sug‘urta qilishdir.  Ushbu sug‘urta turida eksportchi chet ellik xaridor bilan eksport shartnomasini tuzganida va eksport mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun mablag‘ yetarli bo‘lmagan hollarda qo‘llaniladi.  Eksportchi eksportoldi moliyalashtirish kreditini olish uchun O‘zbekiston Respublikasi tijorat bankiga murojaat qiladi.  Kredit qaytmasligidan sug‘urtash polisi berilgan kredit uchun kafolat bo‘lib hisoblanadi.

QAMROV DOIRASI

Bank sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalanuvchi xisoblanadi.

Eksportchining kredit shartnomasi bo‘yicha to‘lash majburiyatlari sug‘urta predmeti hisoblanadi.

Sug‘urta shartnomasiga ko‘ra chet ellik xaridor bilan bog‘liq siyosiy va tijorat qaltisliklari hamda kredit mablag‘larini olgan eksportchining tijorat qaltisliklari qoplanadi.

Sug‘urta summasi kredit miqdorining 50 foizigacha hamda eksport shartnomasi summasining 85 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.

Sug‘urta shartnomasi bo‘yicha tovon puli 100 foizgacha to‘lab beriladi.

Sug‘urta muddati kredit shartnomasining amal qilish muddatiga mos ravishda tuziladi.

SUGʻURTA MAHSULOTI NARXI

Sug‘urta mukofotining miqdori so‘ralgan sug‘urta muddatiga, mamlakatning qaltislik darajasiga,   chet ellik xaridor va eksportchining moliyaviy holatiga va kredit uchun berilgan kafolatga qarab belgilanadi.

Sug‘urta mukofoti xarajatlari eksport qiluvchiga O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan qoplab berilishi mumkin.

KERAKLI HUJJATLAR

  • Eksport shartnomasi;
  • To‘ldirilgan anketa-ariza;
  • Kredit shartnomasi;
  • Chet ellik xaridorning nizomi va ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;
  • Chet ellik xaridor va eksportchining so‘nggi 3 yillik uchun tuzilgan balansi, daromadlari va zararlari to‘g‘risidagi hisoboti.
  • Eksportchining nizomi va ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomalari;

  1. Eksport shartnomasini tuzish;
  2. Eksport shartnomasini TSOYEAT-da ro‘yxatdan o‘tkazish;
  3. Kredit shartnomasini imzolash
  4. Eksportchining aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun berilgan kredit qaytmasligidan sug‘urtalash shartnomasini imzolash;
  5. Kredit shartnomasiga muvofiq moliyalashtirishni amalga oshirish;
  6. Shartnoma shartlariga muvofiq mahsulotlarni yetkazib berish;
  7. 7a Eksport shartnomasi bo‘yicha chet ellik xaridor tomonidan to‘lamaslik; 7b.Kredit shartnomasi shartlariga muvofiq eksportchi tomonidan to‘lamaslik;
  8. Sug‘urta hodisasi yuz bergan taqdirda zararni qoplash.