Moody`s xalqaro moliyaviy ishonchlilik reytingi

chop etish versiyasi

2024 yilning 14 noyabr kuni «katta uchlik» xalqaro reyting agentliklaridan biri bo‘lgan «Moody’s Ratings» (AQSh) xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasining moliyaviy barqarorlik reytingini “barqaror” prognozi bilan «Ba2» darajasiga ko‘tarilgani haqida rasmiy press-reliz chop etdi.

«O‘zbekinvest» O‘zbekiston bank-moliya sektoridagi «Moody’s» xalqaro reyting agentligi tomonidan «Ba2» moliyaviy mustahkamlik reytingi berilgan birinchi kompaniya hisoblanadi.

«Moody's» agentligining ma'lumotiga ko‘ra, «O‘zbekinvest»ning reytingi va moliyaviy mustahkamligi prognozi (IFSR) quyidagilarga asoslanadi:

  • «O‘zbekinvest» kompaniyasining bozordagi kuchli pozisiyasi;
  • Aaa reytingiga ega moliyaviy institutlar tomonidan boshqariladigan yuqori sifatli investisiya portfeliga ega bo‘lishi
  • sug‘urta risklari bilan bog‘liq kapitalning yuqori darajasi;
  • “O‘zbekinvest” kompaniyasining xalqaro qayta sug‘urta bozoriga e'tiborining ortishi hisobiga geografik va biznes diversifikasiyasi kuchaytirilishi.

«Moody’s» xalqaro reytingi “Ba2” darajasiga ko‘tarilishi kompaniyaning kreditga layoqatliligining yuqori darajasidan dalolat beradi, bu esa kompaniyaning xalqaro qayta sug‘urta bozorlariga faol kirishi, shuningdek, milliy eksportchilarni va O‘zbekistonga sarmoya kiritayotgan xorijiy kompaniyalarni sug‘urta himoyasi bilan ta'minlashni kengaytirish uchun sharoit yaratadi.