Savol-Javoblar

chop etish versiyasi

Avtotransport vositasi sug'urtasi (KASKO) bahosi bir qancha omillarga bog'liq: - transport vositasi bahosi; - haydovchilar stajlari; - tanlangan xatarlar; - sug'urtalanayotgan transportlar soni; - transport vositasining saqlanish va xavfsizlik sharoitlari; - transport vositasining turi va foydalanish sohalari; - franshizaning qo'llanishi; - foydalaniladigan geografik zonalar.

Transport vositasini sug'urta qilish shartnomasi tuzish uchun quyidagi hujjatlar zarur: - sug'urta qildiruvchi pasporti; - transport vositasining texnik pasporti va boshqalar;

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 24 iyundagi 141-sonli qarorining 4-ilovasi “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish qoidalari”ning III Bo'lim 33-bandiga muvofiq nogironlarga majburiy sug'urta shartnomasi bo'yicha o'ziga tegishli bo'lgan bitta transport vositasi bo'yicha sug'urta mukofotini to'lashda sug'urta qildiruvchilarga sug'urta mukofoti summasining 50 foizi miqdorida siylov (chegirma) beriladi. Shuningdek, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urtasi bo'yicha avtotransport vositasi sug'urta qilinmaydi balki, transport vositalari egalari va transport vositasini boshqarish huquqiga ega bo'lgan shaxslarning uchinchi shaxs oldidagi javobgarligi sug'urta qilinadi.

Sizning murojaatingizga binoan YTHda javobgar shaxsning noma'lumligini inobatga olgan holda siz To'lovlarni kafolatlash jamg'armasidan kompensatsiya to'lovlarini olishingiz mumkin. (“Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida” gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasiga asosan jabrlanuvchining hayoti, sog'lig'i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning o'rnini qoplash hisobiga kompensatsiya to'lovi majburiy sug'urta shartnomasi bo'yicha sug'urta to'lovi quyidagilar oqibatida to'lanishi mumkin bo'lmagan hollarda amalga oshiriladi: – sug'urtalovchiga nisbatan bankrotlik tartib-taomili qo'llanilganligi; – jabrlanuvchiga yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxsning noma'lumligi; – transport vositasi uni g'ayriqonuniy yo'l bilan, egallab olgan shaxs tomonidan foydalanilganligi natijasida zarar yetkazilganligi; – foydalanilayotganda zarar yetkazgan transport vositasining egasi o'z fuqarolik javobgarligini sug'urta qilish bo'yicha majburiyatini bajarmaganligi.) To'lovlarni kafolatlash jamg'armasining manzili: Manzil: 100017, Toshkent sh., Qodiriy k, 2-uy; Telefon: (+998 71) 235-78-01; Faks: (+998 71) 235-94-09; Elektron manzil: office@uzbekinvest.uz www.uzbekinvest.uz

Transport vositasini uning haqiqiy (sug'urta) bahosidan oshmagan summada sug'urtalash mumkin. Yangi transport vositasining haqiqiy bahosi, sotuvchi tashkilotning transport vositasi sotilish vaqtida bergan ma'lumotnoma-hisobi asosida yoki savdo tashkilotlarining o'rtacha chakana narxlari asosida aniqlanadi. Foyladanishda bo'lgan transport vositalarining bahosi sug'urtalovchi (mijoz) bilan kelishgan holda transport vositasining ishlab chiqarilgan yili va texnik holatidan kelib chiqib, sug'urta kompaniyasi eksperti tomonidan belgilanadi.

Transport vositasini uning haqiqiy (sug'urta) bahosidan oshmagan summada sug'urtalash mumkin. Yangi transport vositasining haqiqiy bahosi, sotuvchi tashkilotning transport vositasi sotilish vaqtida bergan ma'lumotnoma-hisobi asosida yoki savdo tashkilotlarining o'rtacha chakana narxlari asosida aniqlanadi. Foyladanishda bo'lgan transport vositalarining bahosi sug'urtalovchi (mijoz) bilan kelishgan holda transport vositasining ishlab chiqarilgan yili va texnik holatidan kelib chiqib, sug'urta kompaniyasi eksperti tomonidan belgilanadi.