Eksportchiga ko'mak

chop etish versiyasi

EKSPORT-IMPORT OPERATSIYALARINI SUG‘URTALASH

O‘zbekiston bozoridagi eksport operatsiyalarini sug‘urtalash, birinchi navbatda, "O‘zbekinvest" eksport-import sug‘urta kompaniyasi "AJ tomonidan amalga oshiriladi.

Kompaniyaga O‘zbekiston Respublikasi Eksport qaltisliklarini sug‘urtalash davlat agentligi  funksiyalari yuklatilgan va "O‘zbekinvest" eksport-import sug‘urta kompaniyasi" AJ O‘zbekiston Respublikasida eksportni qo‘llab-quvvatlash milliy tizimining bir qismi hisoblanadi.

Tashkil qilingan sana: 21.01.1994 yil

Kompaniyaning ustav kapitali: 282,22 mlrd. So‘m

Kompaniya ta’sischilari:

 O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi - 235,18 mlrd. so‘m

"O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" AJ - 47,04 mlrd. so‘m

Kompaniya infratuzilmasi: 14 ta xududiy filial; 211 ta tuman va shahar bo‘limlariga ega.

Kompaniya missiyasi – O‘zbekiston Respublikasi sug‘urta bozorining rivojlanishiga ko‘maklashish; sifatli eksport sug‘urtasi xizmatlarini taqdim etish.

Bizning yutuqlarimiz:

“O‘zbekinvest”-  sug‘urta bozori yetakchi kompaniyasi bo‘lib, so‘nggi bir necha yillar davomida sug‘urta mukofotlarini yig‘ish bo‘yicha sug‘urta kompaniyalari reytingida eng yuqori o‘rinlarni egallab kelmoqda.

EKSPORTCHILAR UCHUN SUGʻURTA XIZMATLARI

Kompaniya eksportchilarning tashqi bozorlardagi manfaatlarini siyosiy, tijorat yoki logistika qaltisliklaridan himoya qilish maqsadida ko‘plab sug‘urta mahsulotlarini taqdim etadi, shu jumladan:

  • Eksport qiluvchining qisqa yoki uzoq muddatli debitor qarzdorligini sug‘urtalash;
  • Tovar yetkazib beruvchining krediti sug‘urtasi (tovarlarni muddati kechiktirilgan to‘lov shartlarida yetkazib berish);
  • Chet ellik xaridor bankining akkreditiv bo‘yicha majburiyatlarini bajarmasligidan sug‘urtalash;
  • Eksportchining aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun berilgan kreditni sug‘urtalash (eksportoldi moliyalashtirish);
  • O‘zbekiston tijorat banklarining "Xaridorga kredit" turi bo‘yicha eksport kreditlarini sug‘urtalash;
  • Eksport faktoringini sug‘urtalash;
  • Import shartnomasi bo‘yicha avans to‘lovini sug‘urtalash;
  • Eksport shartnomasi bekor bo‘lishidan sug‘urtalash;
  • Logistika tavakkalchiliklaridan sug‘urtalash.

 

KIMLAR BIZNING MIJOZIMIZ BO‘LISHLARI MUMKIN?

Eksportchilar

- Kechiktirilgan to‘lov asosida eksport shartnomalarini tuzuvchi yoki eksportoldi moliyalashtirishga muhtoj bo‘lgan eksportchilar;

Banklar

-Eksport shartnomalari bo‘yicha savdoni moliyalashtirish (kreditlash) sohasida faoliyat yurituvchi tijorat banklari.

Importchilar

-Yangi yetkazib beruvchi bilan oldindan to‘lov asosida ma’lum mahsulotlarni yetkazib berish bo‘yicha import shartnomalarini tuzuvchi importchilar.

 

SUGʻURTALASHNING FOYDALI TOMONLARI

-Eksport-import shartnomalarini amalga oshirishda va tijorat banklari tomonidan eksportoldi moliyalashtirishda yuzaga keluvchi zararlarning 100 foizigacha qoplanishi;

-Chet el bozorlarida sotuv hajmining ortishi;

-Sug‘urta polisidan ta’minot sifatida foydalangan holda, kredit olish imkoniyati;

-Valyuta tushumlari kelib tushmagan taqdirda jarimalardan ozod bo‘lish.

 

SUGʻURTALASH SHARTNOMASI QANDAY TUZILADI?

Sug‘urta himoyasini olish uchun kompaniyaning hududlardagi tegishli filiallariga yoki kompaniyaning Toshkent shahridagi bosh ofisiga sug‘urta shartnomasini tuzish haqida ariza topshirish zarur.