"O‘zbekinvest EISK" AJ aksiyadorlari umumiy yig‘ilishi to‘g‘risida nizom
"O‘zbekinvest EISK" AJ kuzatuv kengashi to‘g‘risida nizom
"O‘zbekinvest EISK" AJ taftish komissiyasi to‘g‘risida nizom
"O‘zbekinvest EISK" AJ ijroiya organi to‘g‘risida nizo
Bosh menejer |
Raximov Timur Furqatovich |
Tel: (78) 120-03-59 |
DEPARTAMENTNING VAZIFALARI
- Tarif stavkalarini belgilash boʻyicha aktuar hisoblarni oʻtkazish.
- Sugʻurta turlari boʻyicha sugʻurta zaxiralarini shakllantirish uchun hisobotlarni tayyorlash va majburiy sugʻurta balanslangan portfeli ustidan nazorat qilish.
- Kompaniya sugʻurta majburiyatlari boʻyicha qaltisliklarni identifikatsiya qilish va baholash.
- Kompaniya sugʻurta faoliyati boʻyicha statistik maʼlumotlarni yigʻish va tahlil qilish.
- Birgalikdagi qayta sugʻurta operasiyalarini amalga oshirish orqali qayta sugʻurtalash bozori istiqbollarini oʻrganish.
- Ichki va xalqaro qayta sugʻurtalash bozorlarida Kompaniya sugʻurta majburiyatlarini joylashtirish.
- Mahalliy eksportchilar kapitali, texnologiyalari, tovar va xizmatlarini siyosiy, tijorat va tadbirkorlik qaltisliklaridan xalqaro bozorda sugʻurta himoyasi bilan taʼminlash.
- Sugʻurta himoyasini taqdim etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi investitsion dasturlarini tahlil qilish.
- Xalqaro moliya va sugʻurta tashkilotlari, eksport-kredit agentliklari va respublika tijorat banklari bilan hamkorlikni rivojlantirish va kengaytirish.
- Majburiy sugʻurta turlarini rivojlantirish va h. k.
Bosh menejer |
Mirzoev Sayfullo Fayzulloevich |
Tel: (78) 120-03-78 |
DEPARTAMENTNING VAZIFALARI
- Tarif stavkalarini belgilash boʻyicha aktuar hisoblarni oʻtkazish.
- Sugʻurta turlari boʻyicha sugʻurta zaxiralarini shakllantirish uchun hisobotlarni tayyorlash va majburiy sugʻurta balanslangan portfeli ustidan nazorat qilish.
- Kompaniya sugʻurta majburiyatlari boʻyicha qaltisliklarni identifikatsiya qilish va baholash.
- Kompaniya sugʻurta faoliyati boʻyicha statistik maʼlumotlarni yigʻish va tahlil qilish.
- Birgalikdagi qayta sugʻurta operasiyalarini amalga oshirish orqali qayta sugʻurtalash bozori istiqbollarini oʻrganish.
- Ichki va xalqaro qayta sugʻurtalash bozorlarida Kompaniya sugʻurta majburiyatlarini joylashtirish.
- Mahalliy eksportchilar kapitali, texnologiyalari, tovar va xizmatlarini siyosiy, tijorat va tadbirkorlik qaltisliklaridan xalqaro bozorda sugʻurta himoyasi bilan taʼminlash.
- Sugʻurta himoyasini taqdim etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi investitsion dasturlarini tahlil qilish.
- Xalqaro moliya va sugʻurta tashkilotlari, eksport-kredit agentliklari va respublika tijorat banklari bilan hamkorlikni rivojlantirish va kengaytirish.
- Majburiy sugʻurta turlarini rivojlantirish va h. k.
Bosh menejer |
Arifhodjaeva Iroda Saloxutdinovna |
Tel: (78) 120-03-57 |
DEPARTAMENTNING VAZIFALARI
- Jismoniy shaxslar kesimida ixtiyoriy, majburiy sugʻurta turlarini va sugʻurta mahsulotlari onlayn savdosini rivojlantirish.
- Jismoniy shaxslar uchun yangi sugʻurta mahsulotlarini joriy etish va ilgari surish.
- Jismoniy shaxslar kesimida ixtiyoriy sugʻurta turlari boʻyicha taqdim etiladigan xizmatlar hajmini oshirish.
- Ixtiyoriy sugʻurta turlari va transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi majburiy sugʻurtasi boʻyicha savdoning yangi va samarali texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish.
- Jismoniy shaxslar kesimida hududiy filiallar sugʻurta faoliyati tahlilini amalga oshirish.
- Ixtiyoriy sugʻurta turlari, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi majburiy sugʻurtasi va onlayn sugʻurta boʻyicha hududiy filiallarga uslubiy va amaliy yordam koʻrsatish.
- Jismoniy shaxslar boʻyicha aholiga taqdim etilayotgan xizmatlar hajmi va koʻlamini kengaytirish yuzasidan hududiy filiallar faoliyatini muvofiqlashtirish va h. k.
Bosh menejer |
Umarov Anvar Utqurovich |
Tel: (78) 120-03-55 |
DEPАRTАMENTNING VАZIFАLАRI
- Birgalikda qayta sugʼurtalash operatsiyalari orqali istiqbolli qayta sugʼurtalash bozorlarini rivojlantirish.
- Kompaniyaning sugʼurta majburiyatlarini ichki va xalqaro qayta sugʼurtalash bozorlarida joylashtirish.
- Kompaniyaning xalqaro bozorda tan olinishini va ishonchli moliyaviy barqaror sugʼurta kompaniyasi obroʼsini shakllantirishni taʼminlaydigan strategiyani ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish.
- Kompaniyaning oʼz faoliyatida sifat menejmenti tizimining samarali ishlashini va doimiy yaxshilanishini taʼminlash.
- Xalqaro sifat standartlariga javob beradigan xizmat turlarini takomillashtirish orqali tashqi va ichki bozorlarda Kompaniyaning raqobatbardoshligini taʼminlash.
- Kompaniyaning ishlab chiqarish faoliyatini takomillashtirish, xizmatlar sifatini oshirish va mijozlarga xizmat koʼrsatish texnologiyalarini takomillashtirishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqishda ishtirok etish.
Bosh menejer |
Murodov Ozod Olimovich |
Tel: (78) 120-03-64 |
DEPARTAMENTNING VAZIFALARI
- Sugʻurtalanuvchilar, naf oluvchilar, shuningdek ularning vakillari tomonidan sugʻurta hodisasi natijasidan yetkazilgan zararni qoplab berish toʻgʻrisida berilgan talabnomalar (daʼvolar)ni oʻrnatilgan protseduraga muvofiq ravishda koʻrib chiqish va tartibga solish.
- Kompaniyada daʼvo hamda daʼvo-shikoyat ishlarining yuritilishini takomillashtirish.
- Sugʻurta hodisasining roʻy berishida aybdor boʻlgan shaxslarga nisbatan regress talabi huquqini amalga oshirish.
- Sugʻurta daʼvosini koʻrib chiqilishi bilan bogʻliq boʻlgan daʼvolarda hamda aybdor boʻlgan shaxslarga nisbatan regress talabi huquqini amalga oshirishda sudlarda va boshqa tashkilotlarda oʻrnatilgan tartibda Kompaniyaning manfaatlarini taqdim etish.
- Filiallarning hamda «Oʻzbekinvest Assistans» Servis agentligining sugʻurta daʼvolarini koʻrib chiqish masalalaridagi faoliyatini tahlil qilish va uni yaxshilash.
- Sugʻurta hamda yuridik kompaniyalari, ekspert tashkilotlari va vakolatli davlat organlari bilan daʼvolarni koʻrib chiqish va tartibga solish borasida oʻzaro hamkorlikni amalga oshirish va rivojlantirish.
- Kompaniya sifatni boshqaruv tizimining samarali amal qilishini hamda uning doimiy yaxshilab borilishini taʼminlash.
Bosh menejer |
Aripxodjaeva Shohista Shoraxmatovna |
Tel: (78) 120-03-69 |
DEPARTAMENTNING VAZIFALARI
- Kompaniyaning ustav vazifalari, strategik maqsadlari, rivojlanish rejalaridan kelib chiqqan holda, Kompaniyaning, uning hududiy tuzilmalarining (filiallarining) tarkibiy tuzilishini shakllantirish va Kompaniya personalini rejalashtirilishini amalga oshirish.
- Xodimlarni boshqarishning samarali tizimini yaratish, ishchilarning individual xususiyatlari va kasbiy malakasini hisobga olgan holda, ularning tashabbusli va ijodiy faoliyati uchun shart-sharoitlar yaratish asosida izchil kadrlar siyosatini amalga oshirish.
- Rejali ravishda ishga qabul qilish, nomzodlarni koʻrsatish, ularni rotatsiya qilish va joy-joyini almashtirish asosida, ishchilarning malakaviy va kasbiy sifatlarini hisobga olgan holda, xodimlarni tanlab olish tizimini taʼminlash.
- Kompaniya ishchilarining mehnat munosabatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga hamda amaldagi ichki meʼyoriy hujjatlarga muvofiq rasmiylashtirish.
- Kompaniya talablaridan kelib chiqqan holda, xodimlarni uzluksiz ravishda oʻqitib borish tizimini yaratish va samarador amal qilishi yo’li bilan ishchilarning kerakli boʻlgan darajadagi malakaga ega boʻlishlarini qoʻllab-quvvatlash.
- Kompaniyaning barcha tarkibiy tuzilmalarining rahbar lavozimlari uchun amaldagi xodimlar zaxirasini shakllantirish hamda zaxiraga kiritilgan ishchilarni individual oʻqitish rejalariga asosan maqsadga yo’naltirilgan tarzda tayyorlab borilishini taʼminlash.
- Kompaniyaning boshqa tarkibiy tuzilmalari bilan birgalikda, har bir ishchining faoliyatiga baho bergan holda ishchilarni moddiy va maʼnaviy rahbatlantirish boʻyicha meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqish va ularning bajarilishini taʼminlash.
- Departament faoliyati doirasida Kompaniya sifatni boshqaruv tizimining samarali amal qilishini hamda uning doimiy yaxshilab borilishini taʼminlash.
Bosh menejer |
Galimov Ilxom Shavkatovich |
DEPARTAMENTNING VAZIFALARI
- Kompaniyaning sugʻurta faoliyati uchun zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish.
- Sugʻurta xizmatlarining Internet orqali yoʻlga qoʻyilishiga qaratilgan axborot-amaliy tizimlarni yaratish.
- Kompaniyaning sugʻurta, moliya va boshqa faoliyatini boshqarish boʻyicha axborot-tahliliy dasturlarni ishlab chiqish va joriy etish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.
- Tarmoqlarni tizim administratorligini amalga oshirish va axborot xavfsizligini taʼminlash.
- Kompaniyaning veb-saytini oʻz vaqtida yangilab borilishini taʼminlash, interaktiv sugʻurta xizmatlari koʻrsatilishini taʼminlash.
- «Oʻzbekinvest» EISKning axborot xavfsizligini taʼminlash boʻyicha Yoʻriqnomasiga muvofiq Kompaniyaning axborot xavfsizligini taʼminlash.
- Kompaniya ishchilarining kompьyuter texnikasi, periferik qurilmalar, axborotni aloqa liniyalari orqali uzatish-qabul qilish, dasturiy vositalardan foydalanish masalalaridagi malakasini oshirish.
- Departament vakolatlari chegarasida Kompaniya sifatni boshqaruv tizimining samarali amal qilishini hamda uning doimiy yaxshilab borilishini taʼminlash.
- Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, shuningdek axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi vazirliklar va idoralarning tegishli tuzilmalari bilan hamkorlikni tashkillashtirish.
Moliya direktori |
Latipov Sarvar Ilhomjon o'g'li |
Tel: (78) 120-03-52 |
BOSHQARMANING VAZIFALARI
- Sugʻurta badallarini oʻz vaqtida toʻlash uchun Kompaniya hisob raqamlarini mablagʻlar bilan taʼminlash hamda likvidlik, diversifikatsiya, qaytarish, daromadlilikni hisobga olgan holda Kompaniyaning sugʻurta zaxiralarini joylashtirish samaradorligini taʼminlash.
- Kompaniya sugʻurta zaxiralari investitsiyasini tezkor instrumentlar bilan taʼminlash.
- Xarajatlar mexanizmi asosida Kompaniya prognoz koʻrsatkichlarini boshqarish va shakllantirish.
- Ixtisoslashgan shoʻʼba korxonalar va filiallarni moliyalashtirishni tashkil etish.
- Kompaniyaning tezkor boshqaruvi va raqbariyati uchun zarur faoliyat natijalari va xoʻjalik jarayoni haqida ishonchli va batafsil maʼlumotni shakllantirish.
- Kompaniya mulki saqlanishi va harakati, qimmatbaho materiallari va pul mablagʻlarining toʻgʻri sarflanishi boʻyicha nazoratni amalga oshirish.
- Xoʻjalik-moliyaviy faoliyatda salbiy holatlar boʻyicha oʻz vaqtida ogohlantirish.
- Ratsional hisob va iqtisodiy tartibga rioya qilish.
- Kompaniyaning sifat menejmenti tizimini doimiy yaxshilash va samarali ishlashini taʼminlash.
Xizmat boshligʻi |
Abduhalilov Shohrux Musurmon o'g'li |
Tel: (78) 120-03-67 |
XIZMATNING VAZIFALARI
- Buxgalteriya hisobi tizimiga, tizimdagi maʼlumotlarning ishonchliligi, qonunchilikka rioya etilishi, aktivlarning saqlanganligi, alohida tarkibiy tuzimalarning faoliyati samaradorlini va natijadorligi qismida baho berish
- Kompaniyaning ichki buxgalteriya hujjatlarning hisob va hisobotni yuritish borasidagi Oʻzbekiston Respublikasida qoʻyiladigan talablarga muvofiqligini tekshirish.
- Kompaniya Direktorlar Kengashini Kompaniya faoliyatini tashkillashtirish boʻyicha yo’lga qoʻyilgan tizimlarning va jarayonlarning samaradorligi yuzasidan ishonarli va mustaqil maʼlumot bilan taʼminlash hamda ularni yanada yaxshilash borasida tavsiyanomalarni ishlab chiqish.
- Boshqa auditorlik tashkilotlari bilan hamkorlik munosabatlarini oʻrnatish, Kompaniyada umumiy tashqi audit oʻtkazilishiga koʻmaklashish.
- Kompaniyaning tarkibiy tuzilmalariga buxgalteriya hisobini va moliyaviy hisobotni yuritishda uslubiy yordam berish, hududiy filiallar va ixtisoslashgan shoʻʼba korxonalarning buxgalterlariga va mutaxassislariga moliyaviy, soliq, bank va boshqa qonunchilik masalalari yuzasidan maslahat-yordam koʻrsatish.
Bosh menejer |
Abdullayev Abdulaziz Ravshan oʻgʻli |
Tel: (78) 120-03-54 |
DEPARTAMENTNING VAZIFALARI
- Kompaniya faoliyati rivojlanishining sugʻurta xizmatlarining mahalliy va xalqaro bozorlarda taraqqiy etishiga yo’naltirilgan strategik yoʻnalishlarini ishlab chiqilishini taʼminlash.
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan respublika iqtisodiyotini rivojlantirishning ustuvor vazifalarini ijro etish maqsadida strategik rejalashtirishni, Kompaniyaning chora-tadbirlari rejasini shakllantirish hamda faoliyatini tahlil qilinishini amalga oshirish.
- Kompaniya xizmatlarining barqaror taraqqiy etishi, shuningdek Kompaniyaning ijobiy imidjini shakllantirilishiga qaratilgan marketing strategiyasini ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini taʼminlash.
- Kompaniyaning xalqaro ISO 9001:2008 standarti talablaringa muvofiq boʻlgan sifat menejmenti tizimining samarali amal qilishi va doimiy tarzda yaxshilanib borilishini taʼminlash.
- Kompaning mijozlarining qanoatlanish darajasini oʻrganish maqsadida, ular bilan bogʻlanish uslublarini takomillashtirish hamda taqdim qilinayotgan xizmatlarning sifatini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
- Kompaniyaning ishlab chiqarish faoliyatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarda ishtirok etish, mijozlarga xizmat koʻrsatish texnologiyalarini takomillashtirish.
- Respublika miqyosidagi hamda xorij sugʻurta kompaniyalari va moliyaviy institutlar bilan hamkorlikni rivojlantirish va kengaytirishda ishtirok etish.
Bosh menejer |
Ismatullaev Nurmuhammad Nasrullo o'g'li |
DEPАRTАMENTNING VАZIFАLАRI
- Xalqaro amaliyotda qabul qilingan yangi sugʼurta mahsulotlarini va sugʼurta dasturlarini respublika bozori ehtiyojlariga mos ravishda ishlab chiqish va amalga oshirish.
- Аmaldagi sugʼurta mahsulotlari va texnologiyalarini modernizatsiya qilish va takomillashtirish hamda ularni tajriba asosida tatbiq etish, tizimlashtirish va sugʼurta sohasida mavjud metodologiyani birlashtirish.
- Sugʼurta mahsulotlari va dasturlarini sotishning yangi kanallarini ishlab chiqish.
- Kompaniyaning hududiy boʼlinmalariga sugʼurta faoliyatini amalga oshirishda uslubiy va amaliy yordam koʼrsatish.
Axborot xizmati rahbari |
Gulyamova Diyora Saidalimovna |
Tel: (78) 120-03-81 d.gulyamova@uzbekinvest.uz |
AXBOROT XIZMATINING ASOSIY VAZIFALARI
- Kompaniya rahbariyati tomonidan belgilab beriluvchi axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirish.
- Kompaniyanig asosiy faoliyati boʻyicha axborot materiallarini milliy ommaviy axborot vositalarida tarqatilishini (nashr etilishini) taʼminlash
- Sugʻurta hamda respublikaning tashqi iqtisodiy faoliyati sohasida davlat ustuvorliklarini amalga oshirish doirasidagi Kompaniya faoliyatining dolzarb jihatlariga oid axborotlarni milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida yoritish.
- Kompaniyaning Internet-vakolatxonasini doimiy takomillashtirish va yangilab borish, uning samarali ishlashini taʼminlash.
- Kompaniyaning PR-faoliyatiga nisbatan jamoat fikrini hamda mahalliy va respublika ommaviy axborot vositalari fikrini tahlil qilish va bu haqda Kompaniya rahbariyatiga maʼlumot berish.
- Kompaniyaning ijobiy imidjini shakllashtirishga yo’naltirilgan hamda Kompaniyaning sugʻurta xizmatlari bozorida taraqqiy etishini taʼminlashga qaratilgan doimiy PR-strategiyani amalga oshirish.
- Boʻlim faoliyati doirasida Kompaniya sifatni boshqaruv tizimining samarali amal qilishini hamda uning doimiy yaxshilab borilishini taʼminlash.
Departament boshligʻi |
Yusupov Bahodir Umarovich |
Tel: (78) 120-03-71 |
DEPARTAMENTNING VAZIFALARI
- Kompaniya va uning tarkibiy tuzilmalarining, ularning rahbarlari faoliyati qonuniyligini taʼminlashda ishtirok etish;
- Kompaning va uning tarkibiy tuzilmalari xodimlarining huquqiy madaniyatini oshirishda ishtirok etish;
- Kompaning va uning tarkibiy tuzilmalari mulkining butligini saqlashning huquqiy vositalari bilan taʼminlash boʻyicha ishlarni tashkillashtirish;
- Kompaniyada huquqiy-shartnomaviy va daʼvo-shikoyat ishlarini yuritishda ishtirok etish;
- Sudlar va boshqa idoralarda Kompaniyaning muliky va boshqa manfaatlarini himoya qilish.
Bosh menejer |
Mirsadikov Miradil Abdullaevich |
DEPАRTАMENTNING VАZIFАLАRI
- Seminarlar, treninglar, malaka oshirish va sugʼurta faoliyatining turli yoʼnalishlari boʼyicha xodimlar malakasini oshirishning boshqa shakllari orqali korporativ oʼqitish va kompaniya xodimlari malakasini oshirishning ichki ishlab chiqarish tizimini yaratish va amalga oshirish.
Boshqarma boshligʻi |
Isaev Dadajon Baxtiyarovich |
Tel: (78) 120-03-66 |
MAʼMURIY XOʻJALIK XIZMATINING VAZIFALARI
- Kompaniyaga xoʻjalik xizmat koʻrsatish va moddiy-texnik taʼminlash boʻyicha ishlarni amalga oshirish.
- Kompaniya avtotransportining uzluksiz ishlashini taʼminlash, ularni taʼmirlash va texnik koʻrikdan oʻtkazilishini amalga oshirish, yoqilgʻi-moylash materiallari va zarur ehtiyot qismlar bilan taʼminlash.
- Kompaniya xodimlarining oʻz mansab majburiyatlarini muvaffaqiyatli bajarishlari uchun zarur boʻlgan mehnat va xavfsizlik shart-sharoitlari bilan taʼminlash.
- Kompaniyaning Toshkent shahridagi hududlari va binolarini (Aviasozlar mavzesi, 4-kvartal, 68-uy hamda A.Qodiriy koʻchasi, 2-uy), moddiy-texnik va pul mablagʻlarini oʻgʻirlik va boshqa jinoiy taqdidlardan, yongʻindan, avariyalardan, tabiiy ofatlardan, jamoat tartibsizliklaridan ishonchli himoya qilinishini taʼminlash.
- Oʻz faoliyatida Kompaniya sifatni boshqaruv tizimining samarali amal qilishini hamda uning doimiy yaxshilab borilishini taʼminlash.