EKSPORT SHARTNOMASI BEKOR BO‘LISHIDAN SUGʻURTALASH
Bu chet ellik xaridor tomonidan siyosiy tavakkalchiliklar tufayli eksport shartnomasining bekor qilinishi xavfidan sug‘urtalashdir. Eksport shartnomasi tuzilgandan keyin eksportchi chet ellik xaridor buyurtmasi bo‘yicha mahsulot ishlab chiqaradi. Ushbu davrda xaridor mamlakatida siyosiy mojarolar yuz berishi va buning natijasida xaridor yuk jo‘natilishidan oldin shartnomani bekor qilishga majbur bo‘lishi mumkin. Bu davr mobaynida eksportchi mahsulot ishlab chiqarish uchun ma’lum xarajatlarni amalga oshiradi va shartnoma bekor qilinganligi sababli mahsulotlarini sota olmaydi hamda mahsulotlar uchun pulini ololmaydi. Sug‘urta kompaniyasi ushbu turdagi muammoni eksport shartnomasining bekor bo‘lishidan sug‘urtalash orqali hal qilishi mumkin.
QAMROV DOIRASI
Eksportchi sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalanuvchi hisoblanadi.
Sug‘urta predmeti - bu chet ellik xaridorning eksport shartnomasi bo‘yicha mahsulotlarni jo‘natilishigacha bo‘lgan davrdagi sotib olish majburiyatlari hisoblanadi.
Sug‘urta summasi eksport shartnomasi summasining 100 foiz miqdorigacha belgilanadi.
Sug‘urta himoyasi xorijiy xaridorning mamlakatida yuzaga keladigan siyosiy tavakkalchiliklarni qoplaydi.
Sug‘urta shartnomasi bo‘yicha tovon puli zararning 100 foizigacha bo‘lgan miqdorni tashkil etadi.
Sug‘urta muddati eksport shartnomasi muddatiga mos ravishda belgilanadi.
SUGʻURTA MAHSULOTI NARXI
Sug‘urta mukofotining miqdori so‘ralgan sug‘urta davriga, yetkazib berish muddatiga, mamlakatning qaltislik darajasiga qarab belgilanadi.
KERAKLI HUJJATLAR
- Eksport shartnomasi;
- To‘ldirilgan anketa-ariza.
- Eksport shartnomasini tuzish;
- Eksport shartnomasi bekor bo‘lishidan sug‘urtalash shartnomasini imzolash;
- Chet ellik xaridor tomonidan eksport shartnomasi bekor qilinganligi sababli chet ellik xaridorga tayyor mahsulotlarni jo‘natishning imkoniyati mavjud bo‘lmasligi;
- Sug‘urta hodisasi yuz bergan taqdirda zararni qoplash.